So’nggi yangiliklar

19:57АПЛ. "Челси" Лондон дербисида "Вест Хэм"га жавобсиз 5та гол урди  7 19:56Суперлига-2024. Бир киши кам бўлиб қолган "Локомотив" "Навбаҳор"га йирик ҳисобда ютқазди  42 19:35Суперлига. "Бунёдкор" - "Сурхон" 0:2 (матнли трансляция)  19 19:32"Ливерпуль" — "Тоттенхэм". Салоҳ ва Сон асосий таркибда  0 18:54"Барселона" Левандовскига АПЛдан ўринбосар топди, номзод сизни ҳайрон қолдиради  17 18:27Нидерландия чемпиони номи маълум бўлди  1 17:26А Серия. "Кальяри" ўз майдонида ўн киши бўлиб дуранг қайд этди, Шомуродов эса...  18 17:24"Бунёдкор" — "Сурхон". Таркиблар маълум  2 16:51"Навбаҳор" — "Локомотив". Таркиблар маълум  6 16:29Breaking News: "Жирона" келаси мавсум ЕЧЛда иштирок этмаслиги мумкин  13 16:02Ферлан Менди "Реал"даги тақдири деярли ҳал бўлди  5 15:11"Реал"га қарши жавоб ўйин олдидан "Бавария"да йўқотиш  2 14:48Эрон чемпионати. Остон Ўрунов индивидуал мукофотни қўлга киритди  2 13:53Тухель итальян грандини бошқариши мумкин  3 13:16Винисиус "Реал"нинг муддатидан аввалги чемпионлигига икки сўз билан изоҳ берди  6

Futzal bo'yicha FIFA Jahon chempionati-2024 mezbon shaharlari elon qilindi Yangiliklar

Futzal bo'yicha FIFA Jahon chempionati-2024 mezbon shaharlari elon qilindi

Yurtimiz so'nggi yillarda xalqaro miqyosidagi nufuzli futbol va futzal bo'yicha musobaqalarni qabul qilish yuzasidan katta qadamlarni tashlamoqda.

Ayniqsa, FIFAning 2024-yilgi futzal bo'yicha Jahon chempionati mezbonligini O'zbekistonga ishonib topshirishi bu borada olib borilgan keng ko'lamli ishlarning mahsuli bo'ldi. 

Futzal bo'yicha dunyo mundialining hal qiluvchi uchrashuvlari mezboni sifatida uchta betakror shaharlar – poytaxt Toshkent, qadimiy Ipak yo'li chorrahasida joylashgan Buxoro va vodiy durdonasi sanaladigan Andijon tanlab olindi. 

Markaziy Osiyoda ilk bor o'tadigan FIFA shafeligidagi musobaqada dunyoning eng kuchli 24 terma jamoasi futzal bo'yicha Jahon chempionligi uchun kurash olib boradi. Tarixda 10-bor tashkil etilayotgan musobaqada amaldagi g'olib Portugaliyadan tortib, besh karra chempion Braziliya, shuningdek, Franciya va Yangi Zelandiya kabi debyutantlar joriy yilning 14-sentyabr va 6-oktyabr kunlari yurtimizda jam bo'lishadi. Toshkent, Buxoro va Andijon shaharlari mezbonlik qiladigan mundialning qura tashlash marosimi kelasi oy yurtimizda tashkil etiladi. 

"Biz O'zbekistonning boy va rang barang madaniyatini aks ettiruvchi uchta shahri mezbon sifatida tanlab olinganidan juda ham mamnunmiz. Ishonchim komil – 24 ta ishtirokchi terma jamoa buerda o'zini xuddi uydagidek his etadi va eng yaxshi sharoitlarda mashg'ulot va o'yinlarini o'tkazish imkoniga ega bo'lishadi. 

Mazkur musobaqa O'zbekistonda, umuman Markaziy Osiyoda o'tkaziladigan dastlabki FIFA turniri sanaladi va bu jihat musobaqaning qiymati va ahamiyatini yanada oshiradi. Bu tashkilotimizning yanada global miqyos kasb etish bo'yicha maqsadlariga to'la mushtarak keladi", – dedi FIFA musobaqalar o'tkazish bo'limi rahbari Haime Yarza. 

Bu xususda O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov shunday dedi: 

"Bu ajoyib tadbirga mezbonlik qilish biz uchun katta sharaf. O'zbekiston jadal suratlar bilan rivojlanayotgan ajoyib mamlakat va biz endi dunyoning eng yaxshi futzalchilari va murabbiylarini qabul qilish va ularni ushbu maftunkor maskan bilan yanada yaxshiroq tanishtirishga hozirlik ko'rishimiz mumkin. Futzalning butun dunyoga mashhurligini inobatga olgan holda, butun jahondan minglab muxlislar tribunalarni to'ldirib, o'z jamoalarini qo'llab-quvvatlashi, barchaning ushbu tadbirdan bahramand bo'lishi va ajoyib muhit yaratishlarini kutyapmiz".

Qayd etish joiz, futzal bo'yicha FIFA Jahon chempionati-2024 rasmiy qura tashlash marosimi shu yilning 26-may sanasida tashkil etiladi.

Reyting: +15   

Fikrlar

+3   
19 apr 15:02:33
football4fans
Д И Н А М О жон foydalanuvchining fikriga javob berish
Тошкент Самарканд Бухоро ва Хоразмда буганда яхши буларди
Siz tarixiy shaharlar sifatida aytgan boʻlishingiz mumkin, lekin bularnki futbol muhiti boʻyicha toʻgʻri tanlov boʻlibdi
+3   
19 apr 14:54:03
Forever
Д И Н А М О жон foydalanuvchining fikriga javob berish
Тошкент Самарканд Бухоро ва Хоразмда буганда яхши буларди
Nimaga Andijonga nima qigan
+2   
19 apr 18:23:02
Asqarov Tursunboy
Andijonda barpo etilgan arena juda gôzal zamonaviy barpo etilgan kôrsangiz kôzingiz quvnaydi
+2   
19 apr 14:39:40
vueLtax7
Yuzimiz yorug' bo'lsin bunday Jahon Miqyosidagi Turnirlar kop bo'lsin
+1   
19 apr 15:00:27
Abdulboyis Karimov
Forever foydalanuvchining fikriga javob berish
Nimaga Andijonga nima qigan
Анжан мухлислик буйича НОМЕР 1 футбол ва футзал мухлислар учун
   
20 apr 12:02:04
Davronbek Abduvaliev
Пахтакорим foydalanuvchining fikriga javob berish
Бухорода қурилиш авжида! Самарқанд танланса бўлармиди дейман, тағин билмадим
Ха, Самарқандда хам ўтказилса яхши бўларди.
   
20 apr 12:01:52
Davronbek Abduvaliev
Пахтакорим foydalanuvchining fikriga javob berish
Бухорода қурилиш авжида! Самарқанд танланса бўлармиди дейман, тағин билмадим
Ха, Самарқандда хам ўтказилса яхши бўларди.
   
19 apr 20:01:44
Д И Н А М О жон
Э койил минус босган кулларинг дард курмасин
   
19 apr 17:04:40
Uzb_futbol8
Mirabbos1990 foydalanuvchining fikriga javob berish
Андижонда янги арена курилди жахон стандартига жавоб берадиган усти ёпик ута чиройли тушди президент келиб очиб берган у ерни
Qancha sig‘imli
   
19 apr 17:02:06
Real__Buxoro
Пахтакорим foydalanuvchining fikriga javob berish
Бухорода қурилиш авжида! Самарқанд танланса бўлармиди дейман, тағин билмадим
Buxoroda juda zo‘r arena qurilgan do'stim hali foto yoki videosi chiqsa ko‘rarsiz
   
19 apr 17:00:13
Abror_Tursunov
Eng asosiysi Buxoro va Andijonda kamida 4 yulduzli mehmonxonalar yetarlimikan? Xar bir terma kamanda , taahkilotchilar va ancha muhlislar sig'armikan ?
   
19 apr 15:58:57
Озод Ачилов
Самарқандни ҳам танлаш керак эди,
   
19 apr 15:24:09
Mirabbos1990
Forever foydalanuvchining fikriga javob berish
Nimaga Andijonga nima qigan
Андижонда янги арена курилди жахон стандартига жавоб берадиган усти ёпик ута чиройли тушди президент келиб очиб берган у ерни
   
19 apr 15:04:00
Abdulboyis Karimov
Бошка вилоятлардаям жахон микесидаги турнир булишига тилакдошмиз
-1   
19 apr 15:59:39
Озод Ачилов
Самарқандни ҳам танлаш керак эди, Манимча тўртта шаҳар бўлса ҳам ҳес ким эътироз билдирмасди!!!(Шахсий фикр)
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика