So’nggi yangiliklar

15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   2 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  3 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  6 12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   1 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  2 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  4 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  11 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  14 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1

Futzal. Associaciya kubogiga bo'lgan munosabat Yangiliklar

Futzal. Associaciya kubogiga bo'lgan munosabat

14 oktyabrda futzal bo'yicha Associaciya kubogi-2015 finali bo'lib o'tdi. Unda “Ardus” jamoasi “Olmaliq”ni 3:1 hisobida mag'lub etdi. Quyida ana shu o'yinga doir ayrim jihatlarga to'xtalib o'tamiz.
  • REKLAMA

Aslida Associaciya kubogining guruh va pley off bahslari 24-28 sentyabr kunlari bo'lib o'tgan edi, final esa 29 sentyabrda o'tishi ko'zda tutilgandi. Ammo, “O'zbekiston” sport majmuasi dzyudo bo'yicha Gran-Pri turkumiga kiruvchi yirik xalqaro turnirga mezbonlik qilgani sababli hal qiluvchi o'yin 14 oktyabrga ko'chirildi. Bu jamoalarning mavsumga tayyorgarligini tekshirib ko'rish uchun o'tkaziladigan ananaviy turnir, musobaqa asosan murabbiylar uchun kim qanday holatda ekanligini ko'rib olishi uchun zarur. Ammo, har qanday holatda ham final o'z nomi bilan final. Ushbu finalni bevosita OFK dan tashrif buyurgan delegaciya vakillari ham kuzatib borishi oldindan malum edi. Bu esa bellashuvni har tomonlama maksimal darajada o'tkazish zarur degani. Buning uchun majmua muxlislar bilan to'lishi muhim. Muxlis odatdagidan ko'proq keldi, lekin zal to'lmadi. Nima uchun?


CHunki, uchrashuv oldidan na rasmiy sayt orqali, na ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar orqali final haqida hech qanday anons va malumotlar berilmadi.
Radio orqali anons berish mumkin edi, radioda ikki kunlik anons berish juda qimmat bo'lmasa kerak.

Sport telekanali orqali ham anons berish mumkin edi. Lekin, bu ham bo'lmadi. Vaholanki, Sport TV da anons berish uchun O'zbekiston futzal associaciyasi rasmiy xat jo'natsa kifoya.

Katta futbolda targ'ibot haminqadar bo'lgan paytda mini futboldan yuqori darajali targ'ibotni kutish to'g'ri emasdir dersiz. Lekin, futzal targ'iboti futbol bilan bog'liq bo'lmasligi kerak. Bu boshqa sport turi, uning rivoji, targ'iboti ham bo'lak bo'lmog'i lozim. Futzalimizning futbolimizdan ustun taraflari bor, demak bu borada ham oldinga o'tib olish mumkin.


  • O'YIN

“Ardus” hamda “Olmaliq” jamoalari o'rtasidagi bellashuvlar hamisha tomoshabop bo'lib kelmoqda. Bu ikki klubning imkoniyatlari va kuchi bir-biriga yaqin. Bitta o'yindan iborat finallarda hozircha “Ardus” ustunlik qilayotgan bo'lsa, davomiy finalda o'tgan mavsum “konchilar”ning qo'li baland keldi. O'yinchilarni bitta o'yinga tayyorlashda Pulpis (Xose Mariya Mendez) juda kuchli mutaxassis ekanligini shu kuni yana bir bor isbotladi. Eng asosiy o'yinchisi bo'lmish Artur Yunusovsiz harakat qilgan “Ardus” munosib o'yin ko'rsatdi va haqli tarzda g'olib bo'ldi. O'tgan mavsum kubok finalida ham Toshkentliklar g'alaba qozonishgan edi. O'tgan mavsum chempionat finalida esa birinchi bahsda “Ardus” g'alaba qozongan keyin “Olmaliq” ketma-ket uchta o'yinni yutib O'zbekiston chempioniga aylangan edi.

Associaciya kubogi-2015 finalida Pulpis va Odushev shogirdlari pressing uyushtirish evaziga raqibga bosim o'tkazishga urinishdi. SHu kuni “Olmaliq”ning birinchi to'rtligida o'zgarish bo'ldi. Oliy liganing amaldagi to'purari Javlon Anorov nima uchundir birinchi to'rtlikda tushmadi. Balki unda kichik jarohat bordir. “Ardus”da yuqorida aytib o'tganimizdek Artur Yunusov yarim finalda olgan qizil kartochkasi sababli parketga chiqa olmadi.

“Ardus” azolari imkoyatlardan yaxshiroq foydalanishdi. SHu narsa g'alaba omili bo'ldi. Yosh o'yinchilardagi kuchli xohish va “azart” ham muhim rol o'ynadi. Bu final Davron Abdurahmonovga atalgan ekan, u jamoasining barcha goliga mualliflik qildi. Bunday natija yosh o'yinchiga adrenalin bo'lishi aniq.


  • FINALNI OFK DELEGACIYASI VAKILLARI KUZATIB BORISHDI

Final kuni OFK vakillari kelasi yili Osiyo chempionati o'tadigan “Universal” va “O'zbekiston” sport majmualarini inspekciya qildi. OFK vakillari musobaqaning asosiy maydoni bo'ladigan “O'zbekiston” sport majmuasini kuzatishdi va final o'yini paytida yana bir jihatni kuzatishlarini takidlashgan ekan. Kechqurun o'yin paytida ular lyuksmetr yordamida zaldagi yorug'likni tekshirishdi. Bunda ular zalning barcha tomonlaridagi yorug'lik darajasini ko'rib chiqishdi. Xulosalar qanday bo'lgani bizga malum emas. Bir narsa aniqki o'yin kuni zaldagi yorug'lik biz o'rganib qolgan avvalgi holatdan ancha yaxshi edi, demak bitta muammo bartaraf etilgan.

OFK vakillari ijobiy natijalar bilan ortga qaytishganiga umid qilamiz.


  • XULOSA

Katta futbolda mavsum avvalida PFL kubogi o'tkaziladi, futzalda esa Associaciya kubogi. Futboldagi klublarimiz PFL kubogiga qanday munosabatda bo'lishlari sir emas, unda etakchi jamoalarimizning o'rinbosarlari qatnashadi. Tashkiliy jihatdan ham PFL kubogi g'aribdek ko'rinadi.
Associaciya kubogining nufuzi esa ortib bormoqda. Bu borada mini futbolimiz katta futbolimizdan oldinga o'tib ketdi. Mavsumga tayyorgarlik vazifasini o'tab beruvchi turnir futzalda tashkiliy jihatdan yaqoriroq pog'onada. Lekin, optimal darajada emas.

Tolibjon Qosimov

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика