Futzal. Artur Yunusov jamoasi bilan bronza medalni qo'lga kiritdi
12 avg 2015 12:40
Yangiliklar
Futzal. Artur Yunusov jamoasi bilan bronza medalni qo'lga kiritdi
Futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etish uchun Vetnamning "Tay Son Nam" jamoasiga borib qo'shilgan Artur Yunusov bronza medalini qo'lga kiritdi.
Uchinchi o'rin uchun kechgan bahsda "Tay Son Nam" Iroqning "Naft Al-Vasat" jamoasini 7:3 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Eslatib o'tamiz, Artur yarim finalda Quvaytning "Qodisiya" klubiga qarshi o'yinda jamoasini asosiy vaqtdagi mag'lubiyatdan saqlab qolgan, ammo penaltilar seriyasida gol ura olmagan edi.
Fikrlar