So’nggi yangiliklar

18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  0 18:08U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23. Таркиблар маълум  4 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  1 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  6 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   16 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  5 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  11 12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   2 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  2

Futzal. AGMK – "Neftchi" uchrashuvidan so'ng murabbiylar fikrlari Yangiliklar

Futzal. AGMK – "Neftchi" uchrashuvidan so'ng murabbiylar fikrlari

Xabaringiz bor, bugun Farg'onadagi "Samo" arenada futzal bo'yicha Oliy liga bahslariga start berildi.

Kunning ikkinchi uchrashuvida AGMK va "Neftchi" klublari o'zaro to'qnash keldilar va uchrashuvda olmaliqliklar 7:0 hisobida g'alabaga erishishdi. 

Quyida o'yin yakunida har ikki jamoa murabbiylari tomonidan bildirilgan fikrlar etiboringizga havola etiladi.

Farruh Zokirov ("Neftchi" bosh murabbiyi): "Jamoamiz ushbu mavsumdan Oliy ligada qatnashish huquqini qo'lga kiritdi. Tarkibda asosan, mahalliy futzalchilar jam bo'lgan. Ular o'yinlar davomida tajriba to'plab borishadi. Maqsadimiz – asosan, vodiy viloyatlaridan bo'lgan mahalliy yosh futzalchilarni ham Oliy ligada o'ynash olishlarini ko'rsatish. Bugungi o'yinni yomon boshlamadik. AGMK nomdor jamoa ekanligi yigitlarni bir oz hayajonga soldi. Guvohi bo'ldikki, har qanday jamoa bilan tengma-teng o'ynasa bo'ladi. Oldindagi o'yinlarga jiddiy ruhda tayyorgarlik ko'ramiz".

Aleksandr Petrov (AGMK bosh murabbiyi): "Avvalo, farg'onaliklarni ajoyib zalga ega bo'lganliklari bilan tabriklayman. Bunday arenalarning ko'payishi futzal rivojiga hissa qo'shadi. O'zbekiston terma jamoasining 6 nafar azosi AGMKni tark etdi. Taktik ishlanmalarni yo'lga qo'yib, yuqori maqsadlar sari intilamiz. Mezbon jamoa tarkibi yoshlardan iborat, ularga kelgusida omad tilayman. Rahbariyat etibor qaratsa, ishonamanki, jamoa albatta, o'z o'rnini topib ketadi va kuchayadi".

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика