So’nggi yangiliklar

14:11Россиялик спорт шифокори намоз мушаклар шикастланишининг олдини олишда ёрдам беришини айтди  0 13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0 13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  4 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  1 12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  2 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  5 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  3 09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1 08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  2 08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  9 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  4 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  7 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0

Futzal. Abdulla Bo'riev: "O'zbekiston terma jamoasi avvalgi natijasini yaxshilashiga umid qilaman" Yangiliklar

Futzal. Abdulla Bo'riev: "O'zbekiston terma jamoasi avvalgi natijasini yaxshilashiga umid qilaman"

O'zbekiston futzal terma jamoasi sobiq o'yinchisi Abdulla Bo'riev yurtimizda bo'lib o'tadigan Jahon chempionati oldidan fikrlarini bildirdi.

"Jahon chempionatini O'zbekistonda o'tayotgani bilan chin qalbimdan tabriklayman. Bu juda katta voqea hisoblanadi. Mundialda uchinchi marotaba ishtirok etamiz. Bu avvalgilaridan ahamiyatlisi mezbon ekanligimizda. Futzalchilarimiz muxlislar qarshisida to'p tepishadi. Boz ustiga ketma-ket uzluksiz bu musobaqada ishtirok etib kelyapmiz. 

Xose Venansio Lopes boshchiligida Osiyo chempionatida ishtirok etib kelishdi. Ko'rindiki, Eron ham tarkibida o'zgarishlar qildi. Bu tarkibi bo'shroqdek taassurot qoldirdi. Bizning jamoa yomon o'yin ko'rsatgani yo'q. Yangi murabbiy ko'proq yoshlarga urg'u berdi. CHempionatimizni kuzatdi va o'ziga yoqqan tarkibni yig'di. Afsuski, jarohatdan hech kim kafolatlanmagan. Bu omil o'z so'zini aytmasdan qolmaydi. Murabbiyning taktikasi boshida ko'proq pressing qilish edi. Endi balki jarohatlar ko'payganidanmi, taktika o'zgardi, ko'proq himoya va standart vaziyatga etibor qaratmoqda. Nimadir olib kirdi, ammo kam deb o'ylayman. 

Jahon chempionatidagi imkoniyatlarimizni o'rtacha deb o'ylayman. Tarkibimiz optimal holatda emas. Agarda aksi bo'lganida yuqoriroq baholash mumkin edi. Bu safar avvalgi natijani takrorlasak kerak. Umid qilamanki, yigitlar natijani yaxshilashadi.

Avvalgi Jahon chempionatida Anasxon, Ixtiyor o'zini ko'rsatgan. Ayni paytda tarkibda yoshlar ko'p. Ajralib turayotgani Abror deb o'ylayman. Jarohat sabab tarkibga kira olmayotgan Muzaffar Axadjonovni ham aytgan bo'lardim. 

Favoritlar futbolda bo'lgani kabi Braziliya, Ispaniya, Argentina, Portugaliya. Terma jamoamizning Braziliya bilan o'yinini tomosha qildim. Yigitlar hali optimal sport formada emas. Terma jamoamizga omad tilayman",- deydi Abdulla Bo'riev.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика