Futzal: 2 dekabr kuni Osiyo chempionatiga qura tashlanadi
27 okt 2015 12:39
Yangiliklar
Futzal: 2 dekabr kuni Osiyo chempionatiga qura tashlanadi
Qura tashlash marosimi 2015 yilning 2 dekabr kuni, Toshkentdagi “Zarafshon” kino-koncert saroyida o'tkaziladigan bo'ldi. Unda final bosqichida qatnashadigan jamoalar vakillari ishtirok etadi.
Ayni vaqtda ushbu musobaqaning saralash bosqichi o'yinlari bo'lib o'tmoqda. Yaponiya, Eron va O'zbekiston terma jamoalari 2014 yili Vetnamda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida eng yaxshi natija ko'rsatgan jamoalar sifatida to'g'ridan-to'g'ri ushbu Osiyo chempionatining final bosqichiga yo'llanma olgan. O'zbekiston navbatdagi Osiyo chempionati mezboni sifatida ham to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmaga ega bo'lgani uchun avvalgi chempionatda to'rtinchi yaxshi natijani qayd etgan Kuvayt terma jamoasi ham final bosqichiga saralashsiz yo'llanma oldi.
Eslatib o'tamiz, Toshkent mezbonlik qiladigan Osiyo CHempionati 2016 yilning 9 - 21 fevral kunlari bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar