So’nggi yangiliklar

23:10Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" (матнли трансляция)  14 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  5 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  4

Futzal bo'yicha JCH. Ravshan Eliboev: “So'nggi imkoniyatimizdan foydalanmoqchimiz” Yangiliklar

Futzal bo'yicha JCH. Ravshan Eliboev: “So'nggi imkoniyatimizdan foydalanmoqchimiz”

Xabaringiz bor, Litvada futzal bo'yicha jahon chempionati davom etmoqda.

O'zbekiston milliy terma jamoasi 2-tur doirasida Rossiyaga qarshi maydonga tushib, 2:4 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Uchrashuvdan so'ng terma jamoamiz darvozasini ishonchli qo'riqlagan Ravshan Eliboev bilan suhbatlashdik.

- Avvalambor Assalamu aleykum! Rossiyaga qarshi o'yin haqida nima deyishim mumkin? Birinchidan tajribamiz kamlik qildi. Ikkinchidan, o'yin avvalida bizda hayojon kuzatildi. Natijada jahonning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o'ynagan bo'lsak-da, raqib darvozasi oldida etarlicha vaziyatga ega bo'ldik. Afsuski imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Biz oxirigacha kurashdik. Lekin havfli vaziyatlarni golga aylantirishda tajribasizlik natijasida omadsizlikka uchardik.

- Rossiya terma jamoasi qaysi jihati bilan ajralib turdi?


- Bu terma jamoada bunday xalqaro musobaqalarda to'p tepish bo'yicha katta tajribga ega. SHuningdek, ularda mahalliylashtirilgan legioner futbolchilar jamoaning o'yinini yanada kuchaytirmoqda. SHu jihalari bilan bizdan ustunlik qildi.

- Uchrashuv avvalida asosiy tarkibga kiritilishingizni kutganmidingiz?


- Yo'q albatta. Asosiy tarkibda maydonga tushishimni eshitib juda xursand bo'ldim. SHu o'rinda terma jamoamiz bosh murabbiyi Bahodir aka Ahmedovga minnatdorchilik bildiraman. Ular muhim bahsda menga ishonch bildirdi. Rossiyaga qarshi o'yin orqali ancha tajriba ottirdim. Garchi o'yin davomida bir nechta vaziyatlarda jamoani goldan qutqarib qolgan bo'lsam-da, o'z o'yinimdan qoniqish hosil qilmadim.

- Misrga qarshi o'yin oldidan muxlislarga nima deya olasiz?


- Misr jiddiy raqib ekanligini juda yaxshi bilamiz. Tailandda o'tkazilgan musobaqada ularga qarshi o'ynaganmiz. Garchi o'sha uchrashuvda 4:0 hisobida g'alaba qozongan bo'lsak-da, raqib biz bilan tengma-teng o'ynagandi. Misrga qarshi bahsda g'alaba uchun maydonga chiqamiz. So'nggi imkoniyatimizdan foydalangan holda keyingi bosqichga yo'llanma olmoqchimiz.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика