"Futbolning chinakam muxlisalari"ga ataladi
08 mar 2015 09:37
Yangiliklar


"Futbolning chinakam muxlisalari"ga ataladi
Bugungi bayramga atalgan "Futbolning chinakam muxlisalari" deb nomlangan tabrik sherni qabul qiling.
Futbolga qiziqish o'tganmi otadan,
Yoki sabab bo'lganmikan erlari.
Balki o'zi shundaydir asli tabiatan,
Futbolning chinakam muxlisalari.
Endi esin tanigan jajji qiz edi,
Futbolga olib borgandi padari.
Esida stadion to'la muxlis edi,
Futbolning chinakam muxlisalari.
Akasi futbolchi bulmoqchi edi,
Armonga aylanganda bu orzulari.
O'sha kun alamdan yig'lagan edi,
Futbolning chinakam muxlisalari.
Yillar o'tdi ulg'aydi jajji qizaloq,
Ortda qoldi stadionda o'tgan kunlari.
Xozir xam borgisi keladi, biroq...
Futbolning chinakam muxlisalari.
SAga kirasiz kunda, kunora,
Qiziqtirar yuzerlarning fikrlari.
Afsus, "xaligiday" kommentlar borda,
Futbolning chinakam muxlisalari.
So'kishib, urushib alamdan chiqar,
Jamoasi yutqazgan erkaklar bari.
Ular kimga aytsin ichiga yutar,
Futbolning chinakam muxlisalari.
Ayolligingizni bilib qay yuzer,
Gap otganda og'ir botdi so'zlari.
O'shalar nomidan so'rayman uzr,
Futbolning chinakam muxlisalari.
Yuragimda yomon niyat yo'k mening,
Siz uchun sherimning xar satrlari.
Baxtimizga sog' buling siz O'zbegimning,
Muslima, Munisa, Muxlisalari.
"FK Davr"
Yoki sabab bo'lganmikan erlari.
Balki o'zi shundaydir asli tabiatan,
Futbolning chinakam muxlisalari.
Endi esin tanigan jajji qiz edi,
Futbolga olib borgandi padari.
Esida stadion to'la muxlis edi,
Futbolning chinakam muxlisalari.
Akasi futbolchi bulmoqchi edi,
Armonga aylanganda bu orzulari.
O'sha kun alamdan yig'lagan edi,
Futbolning chinakam muxlisalari.
Yillar o'tdi ulg'aydi jajji qizaloq,
Ortda qoldi stadionda o'tgan kunlari.
Xozir xam borgisi keladi, biroq...
Futbolning chinakam muxlisalari.
SAga kirasiz kunda, kunora,
Qiziqtirar yuzerlarning fikrlari.
Afsus, "xaligiday" kommentlar borda,
Futbolning chinakam muxlisalari.
So'kishib, urushib alamdan chiqar,
Jamoasi yutqazgan erkaklar bari.
Ular kimga aytsin ichiga yutar,
Futbolning chinakam muxlisalari.
Ayolligingizni bilib qay yuzer,
Gap otganda og'ir botdi so'zlari.
O'shalar nomidan so'rayman uzr,
Futbolning chinakam muxlisalari.
Yuragimda yomon niyat yo'k mening,
Siz uchun sherimning xar satrlari.
Baxtimizga sog' buling siz O'zbegimning,
Muslima, Munisa, Muxlisalari.
"FK Davr"

Fikrlar