So’nggi yangiliklar

23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  0 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  0 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  4 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2 21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  4 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  1 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 20:14Абдураимов "Нефтчи"га ўтди  2 20:00"BMW" Мбаппега машина совға қилди, лекин...  4 19:39ЎФА Остон Ўрунов ўрнига бошқа футболчини жалб этиш бўйича сўров юборди  35 19:36"Кейлор Навас — "Монца" футболчиси!"  4 19:16"Комо" "Бавария"нинг ёш иқтидори билан шартнома имзолади  1 18:55ФИФА "Қизилқум" клубига нисбатан белгиланган трансфер тақиқини олиб ташлади  2 18:34"Сурхон" собиқ устози Баҳрайннинг 5 карра чемпиони бош мураббийи бўлди  6 18:17Илгиз Танташев бригадаси Олимпиада 3-турида ишлайди  4

Futboldan ketgan kunim odamlar xafa bo'lishlarini istayman... yoxud Buffondan eng mashhur iqtiboslar Yangiliklar

Futboldan ketgan kunim odamlar xafa bo'lishlarini istayman... yoxud Buffondan eng mashhur iqtiboslar

Italiyalik mashhur darvozabon Janluiji Buffon o'tgan shanba kuni navbatdagi bor Evropa chempionlar ligasi finalida mag'lubiyatga uchradi.

Biz o'quvchilarimizga 39 yoshli posbonning eng mashhur va ibratli iqtiboslarini taqdim etishga qaror qildik.

Darvozabon ekanligimdan faxrlanaman. Bu kasbda eng asosiysi – qolganlarga ishonchni singdirish. Golkiper nima his qilayotgan bo'lsa ham bu ishni qilishi lozim. Xatto o'ziga ishonmayotgan bo'lsa ham, qolganlarga vaziyatni nazorat qilayotganini ko'rsatishi kerak.

Barcha bolalar kabi futbol o'ynashni darvozada boshlamaganman. Gol urishni yoqtirardim, axir futbolda eng zo'ri mana shuku. Keyin, olti-etti yoshda, yarim himoya yoki so'nggi himoyachi o'rnida o'ynardim. Darvozaga turishni otam maslahat bergan. G'alati bo'lgan. Bir yil shu joyda o'ynadim va yana maydonga qaytishni rejalashtirib qo'ydim. Ammo besh-olti oydan so'ng ishlarim yurishib ketdi, bir yildan so'ng Parmada paydo bo'ldim. Balki, darvozabon bo'lishim taqdirda bitilgan bo'lsa kerak.

Faoliyatimda yaqinlarim juda katta rol o'ynashdi. Eng yaxshi sportchilar oilasi, mening ishimni juda osonlashtirdi, eyforiya vaqtida o'zimni bosib turishga yordam berdi, og'ir kunlarda esa qo'llab quvvatlardi.

Maydonda mamlakatimiz rangini himoya qilaman, bayrog'imizni yaxshi ko'raman va madhiyamizni aytaman. Hozirgidan ko'ra vatanparvarroq italiyalik bo'la olmayman.



Futbol – shunchaki biznes emas, bu hissiyotlar ham demakdir. Bularsiz futbol o'ladi, barchamiz buni bilamiz. O'zim orqali qadriyatlar hamon yashayotganini ko'rsatishga urindim.

Ko'p baqirishim odamlarning g'ashiga tegadi. Ular buni kameraga atayin qiladi deb o'ylashadi. Demak to'g'ri javob: buni shou uchun atayin qilaman, axir futbol – cirk, biz esa – masxarabozlarmiz.

Darvozabon jahldor bo'lishi kerak. U hakamga o'xshab ketadi. U buyruq berishga haqli, ammo gol ura olmaydi va to'xtovsiz haqoratlarga chidashga majbur. Ruhiyat birinchi o'rinda bo'lishi kerak. Men uchun xato – shok. Men doim xato qiladiganlarga hasad qilaman, sababi ularning shoki u qadar katta bo'lmaydi.

31 yoshda belimni operaciya qildirdim. Ko'pchilik menga futbolni bas qilishimni maslahat berishdi. Sakkiz yil o'tdi, o'zimni baxtli his qilayapman. Qo'rqmaydigan odamlarga ishonmang: 22 yillik faoliyatimdan keyin men qo'rqaman.

Depressiyaga tushib qolganman. Dunyo oyoqlarim ostida yotardi, ammo depressiya minglab insonlarni, ularning puli va mashhurligiga qarab o'tirmaydi. Odamlar, muxlislar ularga o'zingizni qanday his qilayotganingiz bir tiyin. Ular futbolchilarga havas qilishadi va ishlaringiz haqida so'rashmaydi.



Depressiya ustidan g'alaba – hayotimdagi eng yaxshi seyv.

Doim optimistik, ijobiy va hayotdan xursandman. Mening kuchim mana shunda.

Manzildan ko'ra yo'l muhimroq, kurash g'alabadan chiroyli.

Balki men avtomobillar qiziqtirmaydigan dunyodagi yagona futbolchi bo'lsam kerak. Mening "Lancia Y" markali mashinam istalgan joyimga olib borib qo'yadi.

Hech qachon darvozabon bo'lmagan jurnalist, muxlis yoki murabbiy jarima maydoniga to'p uzatilgan vaziyatda menga to'pga chiqish kerak ekan desa kulaman. Sababi ular qanday safsata haqida gapirishayotganini bilaman.

Mening eng katta kamchiligim – ochopatligim. O'zimni ushlab turishga harakat qilaman, axir men sportsmenman, ammo haftada bir marta molga aylanib oddiy odamlar kabi bo'kib qolaman.

Diplomni sotib olganimga hamon ota onamning oldida xijolat chekaman. Xatto bu diplom bilan universitetga ham kirmoqchi bo'lganman.

Juda ham dangasa insonman. Ish kunim qisqaligidan xursandman.

Yoshlikda gol urasiz. Keyin katta bo'lasiz, aqlingiz kamayadi va darvozabonga aylanasiz.

Yoshimdan qatiy nazar doim yaxshi saviyada o'ynashni istayman. Futboldan ketgan kunim odamlar bundan xafa bo'lishlarini istayman.



12 yoshimda sizdan yuz o'girganman. O'tmishimni unutib, xavfsiz kelajak uchun shunday qilganman. Yurak amri. Instinkt. Sizga qaramay qo'ygan kundan boshlab sizni sevishni boshlaganman. Sizni himoya qilish vazifam. Siz bilan yuzma-yuz bo'lmaslik uchun borimni beraman. Yoki bunday holatlar imkon qadar kamroq bo'lishini istayman. Har safar bu sodir bo'lsa sizlarga pand berganimdan xafa bo'laman. Biz doim qarama qarshi bo'lganmiz, bir birimizni to'ldirib turardik. Xuddi oy va quyosh singari. 25 yil oldin o'z tanlovimni amalga oshirganman. Sizni himoya qilishga qasam ichganman. Dushmanlar uchun sizning qalqoningizman. 12 yoshimda sizdan yuz o'girganman, oyoqlarim, boshim va yuragim buni qila olguncha sizni himoya qilaveraman (Buffonning darvozaga atab yozgan ochiq xati)


Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика