So’nggi yangiliklar

01:16Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария"дан 10та гол қабул қилган "Окленд Сити" "Бенфика" билан ўйинда ҳам кўп гол ўтказиб юборди  0 01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. Жексон туғилган кунида 4 дақиқадаёқ қизил карточка олган ўйинда "Челси" мағлубиятга учради  7 00:58Асрор Алиқулов: "Айрим футболчиларимиз Суперлига даражасига тайёр эмас"  0 00:38Виртц бу рейтингда учинчи бўлди  0 00:08Рўзиқул Бердиев: "Ёзда камида 2-3 футболчини олиб келамиз"  1 23:49Виталий Левченко: "Бухоро" ўзига муносиб бўлмаган жойда"  10 23:28Расман: "Ливерпуль" Виртцни 136 млн эвазига сотиб олди  8 23:12"Бухоро" ёрдамчи мураббийи: "Ҳакам нега футболчиларимизни сўкади? Ҳакамнинг "Нефтчи"га ёрдам бериши шарт эмасди"  11 22:47ПСЖ "Борнмут"га 55 млн таклиф қилди ва рад жавобини олди  0 22:25Саудия Арабистони клублари Фермин Лопесга қизиқиш билдирмоқда. "Бавария" ҳам футболчини ўз сафида кўрмоқчи  3 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Бухоро" устидан қийин ғалабага эришди  35 22:00Суперлига. Ғузорда кечган воҳа дербисида "Насаф" "Машъал"дан устун келди  49 21:25"Ливерпуль" ва "Кристал Пэлас" ўртасидаги Суперкубок ўйини қачон ўтказилиши аниқ  4 21:06Онанага харидор чиқди. МЮ дарвозабонга ўринбосар топиб қўйган  1 20:45"Вулверхэмптон" 25 миллион евролик трансферни амалга оширди  0

Futboldagi toqatsizlik yoxud yana o'sha VAR mavzusi Yangiliklar

Futboldagi toqatsizlik yoxud yana o'sha VAR mavzusi

Avval ham takidlagandim, takrorlayman: O'zbekiston Superligasining 2021 yilgi mavsumi hakamlar bilan bog'liq mojarolar, tushunmovchiliklar, VAR tizimining ishlashi haqidagi fikrlar bilan yodda qolsa, ajabmas.

Bu narsa mana 12-tur yakuniga etdiki, hali-hamon davom etmoqda. Deyarli har turda VAR yoki hakamlarga oid mojarolar trendga chiqadi. 12-turning o'zida ikki bor shunday holat bo'ldi. Xususan, AGMK – “Qo'qon-1912” hamda “Nasaf” – “So'g'diyona” jamoalari o'rtasidagi bahsda. Biz ikkinchi o'yinga to'xtalmoqchimiz. 

O'yinning 90-daqiqasigacha hisob 1:0 bo'lib, unda “Nasaf” jamoasi oldinda edi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarning birinchisida So'g'diyona gol urib, hisobni tenglashtirdi. Jamoa azolari golni nishonlashdi, go'yo hammasi joyidadek ko'rindi. Ammo VARdagi hakalar brigadasi bosh hakam SHavkat Nasibullaevga gol bo'lishidan avval qoidabuzarlik bo'lgani haqida malumot berdi chog'i, hakam VARni ko'rdi va golni bekor qildi. 

Vaziyatga etibor qaratsak futbolda bunday kurashlar bo'lishiga odatlanib qolganmiz. Aynan shu holat bo'lganida ham na yon hakamdan, na bosh hakamdan qoidabuzarlik bo'lgani haqida sado chiqdi. Vaholanki bu vaziyatga bosh hakam yaqin edi. “So'g'diyona” futbolchisi raqibiga qaraganda baland sakradi va bosh bilan to'pni o'ziga to'g'rilab oldi. SHu joyda “Nasaf” futbolchisi yiqilib qoldi. Ko'p ehtimol aynan shu vaziyatda jizzaxliklar azosi qo'li bilan raqibiga nisbatan qo'pollik ishlatgan deya topildi. 

90+6 daqiqada “Nasaf” futbolchi maydon markazida to'p bilan harakatlanib ketayotgan edi. “So'g'diyona”ni futbolchilari mazkur holatda raqibini to'xtatishga harakat qildi. Futbolchi yiqilgandan so'ng esa maydonda tartibsizlik kelib chiqdi. Futbolchilar o'zaro tortishib ketishdi. Qizil kartochkalar, janjallar va hokazo. 



Janjalning kelib chiqishi emociya va toqatsizlik oqibati. Hakamning qanday qaror chiqarayotgani bu uning ishi deyiladi, aslida qanchalik darajada to'g'ri qaror chiqarayotganiga etibor qaratgan muhim. 

O'yinning bu tarzda yakun topishini hech kim kutmagan edi, albatta. SHavkat Nasibullaev hisobga olgan golni VAR qayta ko'rib chiqib bekor qildi. Avvalo, VAR ko'rib chiqqach ham muhokama-yu, etirozlarga o'rin qolayotgani qiziq. Butun dunyoda barcha holat shu tizim orqali ko'rib chiqilgach hal bo'lgandan so'ng kamdan-kam holatlarda etirozlar bo'ladi. Bizda esa aksi – VAR ko'rib chiqadi, bosh hakam qaror qabul qiladi – shundan so'ng boshlanadi munozaralar. 

Janjal o'z yo'liga, avvalo hakamlar va VARdan foydalanish haqida fikr bildirgan maqul. Deyarli birinchi davra yakuniga etib qoldi. Biz esa har tur bu tizimni bir bor eslab ketmasak bo'lmaydi. 

Ijtimoiy tarmoqlarda ham fikrlar har xil: kimlardir qabul qilingan qarorni to'g'ri deya baholasa, yana kimdir bunga qo'shilmaydi

Ulug'bek Baqoev o'yindan keyin “Championat.asia”ga bergan intervyusida quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi: “Faqat menga bir vaziyat qiziq, hurmatli hakamlar nima uchun golni bekor qildi. Biz uchun qiziq. "So'g'diyona" jamoasida 22 nafar futbolchi bor. Ular ochko olish uchun borlarini berishmoqda, yonib kuyishmoqda. Oilasini boqish uchun ishlamoqda. Lekin nima sababdan golni bekor qilishdi, tushunmadik”.

Meni ikki narsa qiziqtirmoqda: kechagi o'yin uchun bosh hakam SHavkat Nasibullaevga va VAR hakami Akobirxo'ja SHukurullaevga necha baho qo'yildi ekan? Hozircha bu savolga javob olish uchun masullar bilan bog'lana olmadik. Umid qilamizki, keyinroq bu narsani bilib olamiz. 

O'FA matbuot xizmatidan bir narsani iltimos qilaman: ko'p ehtimol kechagi janjal yuzasidan futbolchi, jamoa va balki stadionga jarimalar, jazolar qo'llanilishi mumkindir. Ammo undan avvalroq hakamlarning kechagi ishi ko'rib chiqiladi, menimcha. SHu bo'yicha ham rasmiy axborot berilsa bundan shaxsan o'zim va futbol jamoatchiligi mamnun bo'ladi. 

Avvalroq, "Paxtakor" — "Metallurg" (2:1) uchrashuvidagi yordamchi hakamning jazolanganligini intervyular orqali bilib olgan edik

Va qo'shimcha qilamizki, biz biror holat yuzasidan izoh olishga harakat qilganmiz, qilamiz ham. 

Muallif : Og'abek Samisov
Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика