So’nggi yangiliklar

02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  10 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  3 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  3 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  37 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  104 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0

Futboldagi so'qirlik Yangiliklar

Futboldagi so'qirlik

Teglar :  Neftchi
Futbol bahori boshlanishiga oz qoldi. Klublarimiz yangi mavsumga tayyorgarlikni qizg'in ruhda olib borishmoqda.

Bir qator mutaxassislar Farg'onaning "Neftchi" klubi navbatdagi mavsumda Pro-ligani "yondirishi" haqida gapirishyapti. Uzun-quloq mish-mishlarga ko'ra, o'z oldiga katta maqsad qo'ygan jamoa katta pullarni sarflashga shaylanyapti. Albatta, ajoyib muxlislar, boy tarixga ega klubning yuqori divizionda o'ynashi yaxshi va barchamiz uchun qiziq. Lekin, suniy ravishda "yondirilgan" motorning quvvati qanchaga etadi? Yuqoridan kelayotgan pullar to'xtashi bilan tutab-tutab, o'chib qolmaydimi?

2 yanvar kuni viloyat hokimi Hayrullo Bozarov tashabbusi bilan jamoaning yangi bosh murabbiyi tanishtirildi. "Neftchi" Ilhom Mo'minjonovni tanladi (ushbu murabbiy Bozorovning Namangandagi hokimlik davrida "Navbahor"da faoliyat yuritgan edi). O'ylashimcha, farg'onaliklar murabbiy tanlashda adashishmadi. Mo'minjonov hamda klubning ayni paytdagi holati bir-biriga juda mutanosib — har ikkovi o'rnidan turishi, o'ziga tikilgan ko'zlarga allanimalarni isbotlashi kerak.

Lekin, keyingi voqelar "Neftchi" rahbariyati rivojlanish uchun xato (menimcha) yo'lni tanlagani to'g'risida taassurot qoldirmoqda (menda). Dastlab, o'tgan mavsumda jamoa sharafini himoya qilgan futbolchilardan faqat 4 nafari ushlab qolindi va tarkib kuchaytirilishi elon qilindi. Keyinroq klub mashg'ulotlarida Superliga klublarida to'p tepib kelgan SHavkat Mullajonov, Tohir SHamsitdinov, Akbar To'rev, Azam Aliev, SHerzod Karimov ko'rinish berdi. Yana bir qator tajribali o'yinchilar bilan muzokara o'tkazilayotgani va legioner olib kelinishi haqida eshityapmiz. Uzun-quloq gaplarga qaraganda, ko'pni ko'rgan futbolchilarga juda katta (Superliga darajasiga nisbatan yuqori) maosh taklif qilinmoqda.

Afsuski, tarix rivojlanishning bu yo'li ne qadar xatoligini isbotlashdan, futbol kishilari o'sha xatolarni takrorlashdan charchamaydi. Balki, tepadan kelayotgan pullar oqimi hech qachon tugamaydi, deb hisoblashar. Ammo, tarkibida jahon chempioni, "Oltin to'p" g'olibi o'ynagan klub inqiroz yoqasiga kelib qolishi uchun necha yil kifoya qildi?

O'zgarishlar faqat bir kishining etibori tufayli sodir bo'layotgani ularning muvaqqat ekanidan darak emasmi? Pul ajratilsa, to'g'ri maqsadda foydalanish, uzoqni ko'zlash vaqti kelgandir? 

O'ylab ko'ring, mavsum o'rtasida klubning moliyaviy ahvoli yomonlashib qolsa, Farg'onaga pul uchun kelgan futbolchilar necha kun qolishadi? Umuman ular Farg'ona futboli uchun nima bera olishadi? Mavjud mablag'ni 1 yillik o'yinchilarga emas, jamoaga qoladigan infrastrukturani yaxshilashga sarflash, akademiya haqida o'ylab ko'rish maqul emasmi? SHonli tarixi bor klubning 1 oy oldin "Turon" bilan uchrashuvga qanday avtobusda kelganini yodimizda-ku.

Afsuski, bu muammo faqat "Neftchi"niki emas, o'zbek futboliniki. Barchamiz bugungi kun bilan yashashga o'rganib qolganmiz. Na o'tmishdan xulosa chiqaramiz, na kelajak uchun reja tuzamiz. "Nasaf", "Bunyodkor" singari yaqin tarixning "boyvachchalari" bugun faqat akademiya tufayli mavjudligini saqlab turgani haqida o'ylamaymiz. Barcha rahbarlar bu haqda fikr yuritib, xulosa chiqaradigan vaqt keldi nazarimizda.

Braziliya termasining sobiq sardori Falkao shunday degan edi: "Futboldagi eng jiddiy so'qirlik — faqat to'pni ko'rish". Siz qanday fikrdasiz? Endi ham maydon tashqarisi haqida o'ylamaymizmi?

Faxriddin Ro'ziev, O'zJOKU talabasi

Muallif :
Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика