So’nggi yangiliklar

15:46"Футбол олами". Меҳмонлар умуман гол ура олмаган 7-тур ҳақида батафсил  0 15:09Анчелоттидан "Реал" ҳам, Бразилия федерацияси ҳам норози   2 14:10Хави ёки тен Хаг Бундеслигада иш бошлаши мумкин  1 14:01Азизбек Ғаниев: "БАА Ўзбекистон билан ўйинга кичкина стадионни танлаганидан хайрон қолдим"  5 13:44Етакчи лигаларни бирлаштирган Жером Перлемутер июнда Тошкентга келади  1 13:34Ҳакам "Пахтакор" дарвозабонини майдондан четлатиб, тўғри қарор қилдими? Суперлиганинг 7-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  0 13:13Кунде уч марта кеч қолиб, захирада қолиб кетгани учун "Барселона" ходимларидан ёрдам сўради  6 12:57Анчелоттининг рад жавобидан сўнг Бразилия терма жамоаси мураббийлигига асосий номзод ўзгарди  0 12:27Суперлиганинг 8-турида ишлайиган ҳакамлар билан танишинг  1 10:50«Байер» Алонсонинг ўрнига Испаниядан бошқа мураббий топди  0 10:22Анчелоттининг навбатдаги жамоаси қайси бўлиши очиқланди  6 09:25«Барселона»га қарши учрашувда қизил карточка олган «Реал» футболчиларининг тақдири маълум  27 08:57Луис Энрике Лондондаги ғалаба ҳақида фикр билдирди  5 08:26Артета мағлубиятдан сўнг нималар деди?  13 08:05ЕЧЛ. ПСЖ биринчи ўйинда ғалаба қозонди, "Арсенал"нинг голи ҳисобга олинмади  5

Futboldagi hayratlarim (top-10) Yangiliklar

Futboldagi hayratlarim (top-10)

Hammamiz maktabda darslardan qochib, yoki uydagi ishlarni tashlab futbol o'ynagan paytlarimiz bo'lgan.

Futbol erkak zotining birinchi sevgisi hisoblanadi desam, adashmagan bo'laman. Millionlar o'yini qancha ko'p ko'rsak, o'ynasak unga bo'lgan mehrimiz oshsa oshadiki, aslo kamaymaydi. 

Men Jasur Aslanov bugun sizlarga 22,5 yillik umrim davomida futboldan hayratlangan 10ta holatim haqida aytib beraman.

10. 2014 yil, 7 oktyabr. SHu kuni do'stlarim bilan Oliy liganing so'nggi tur uchrashuvi, "Bunyodkor" - "Paxtakor" o'yiniga tushgan edik. Aynan mana shu bahsda o'z ko'zlarim bilan irodali g'alabaga guvoh bo'ldim. Avvaliga uchrashuvda "qaldirg'qochlar" hisobda oldinga chiqib olishdi, Sardor Rashidovning chiroyli goli esa hozir ham yodimda. Ikkinchi bo'limda "Paxtakor" shiddatli hujumlarni boshladi. Birinchi gol, keyin ikkinchisi. "SHerlar"ning 3-golida xuddi "Enfild"ga tushib qolgandek bo'ldim. Muxlislarning "GOOOOLLLLLLL" deya baqirishi etimni jimirlatib yubordi.


9. 2013 yil, 23 aprel. UEFA CHempionlar ligasi yarim final uchrashuvi. "Real" o'sha mavsumda juda kuchli o'yin ko'rsatayotgan edi. Jahonning eng yirik turnirlarida biri hisoblanuvchi UEFA CHempionlar ligasining yarim finalida "sariqlar armiyasi" "Qirollik klubi"ni 4-1 hisobida mag'lub etdi. Levandovski bu o'yinda poker qayd etgan.


8. 2010 yil, 7 aprel. UEFA CHempionlar ligasi chorak finalining javob uchrashuvida "Manchester Yunayted" "Bavariya"ni umumiy hisob bo'yicha 4:3ga ortda qoldirayotgan edi. Myunxenliklar burchak to'pi ishlab oldi. Riberi to'pni olib burchak bayroqchasi yoniga to'pni qo'ydi. MYU jarima maydonchasida turgan Aren Robben esa ko'rsatkich barmog'ini tepaga ko'tarib, "menga ko'tar" degandek bo'ldi. Riberining aniq to'p uzatishi va gollandning super zarbasidan DAXSHATLI GOL yuzaga keladi. O'sha paytda Robbenning mahoratiga qoyil qolganman.


7. 2008 yil, 29 iyun. Evro-2008 finalida Germaniya va Ispaniya terma jamoalari uchrashadi. Fernando Torres hal qiluvchi gol muallifiga aylandi. O'sha golda Filipp Lam Torresdan oldinroqda edi, ammo himoyachining chap tarafidan o'ta olmagan ispan, biroz tezlikni pasaytirib, uning o'ng tarafiga o'tib oldi va to'pga Lamdan oldin zarba berdi. BU FANTASTIKA!!! 


6. 2005 yil, 3 sentyabr. O'zbekiston terma jamoasi 2006 yilda Germaniyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatining yarim yo'llanmasiga ega bo'lish uchun Bahrayn bilan o'yin o'tkazishi kerak edi. Mirjalol Qosimov o'sha paytda terma jamoamiz sardori bo'lgan. Aynan uning goli tufayli milliy terma jamoamiz uchrashuvda g'alaba qozongan. Ammo O'FF FIFAga hisobga olinmagan gol borasidagi yuborgan arizasi sabab o'sha o'yin natijasi bekor qilindi va uchrashuv qayta o'tkazildi. SHunday qilib terma jamoamiz yarimta yo'llanmadan ham quruq qolgan.


5. 2011 yil, 8 yanvar. Osiyo Kubogi-2011 musobaqasini Qatar va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv ochib berishi kerak edi. Hozirda "Krasnodar" safida yorqin o'yin ko'rsatayotgan Odil Ahmedov, o'sha o'yinda uzoq masofadan raqib darvozasiga zarba beradi. Stadionda futbol ko'rayotgan barcha muxlislar, xatto mezbon ishqibozlar ham bu gol paytida, o'rnidan turib ketgan bo'lsa ajab emas.


4. 2014 yil, 8 iyul. Braziliyada o'tgan jahon chempionatining eng esda qolarli uchrashuvi Germaniya va Braziliya o'yini bo'lsa kerak. Braziliyaliklar ilojsiz qolganiga birinchi martta guvoh bo'ldim. Nemislar o'sha o'yinda xuddi o'zimizning "To'palang"ga qarshi o'ynayotgandek bo'ldi.


3. 2014 yil, 24 iyun. O'tgan yilgi jahon chempionatida yana bir voqea xotiramda muhrlanib qoldi. Urugvay - Italiya uchrashuvida Luis Suares raqib himoyachisi Jirjio Kellinini elkasini tishlab oladi. Urugvaylik futbolchining bu qarorini hozirgacha tushuna olmayman, bundan maqsad nima edi?


2. 2009 yil, 21 aprel. "Liverpul" - ARSHAVIN 4:4. "Enfild"da o'tgan ushbu uchrashuvda Rossiya futbol yulduzi Andrey Arshavin "Liverpul" darvozasiga 4ta gol uradi. Uchrashuvni sharhlayotgan sharhlovchi rus futbolchisining 4-golidan so'ng bor ovozida baqirib yuboradi. Ammo uchrashuv 4:4 hisobida yakunlanadi.


1. 2013 yil, 18 iyun. O'zbekiston - Qatar 5:1. Braziliyada o'tkaziladigan jahon chempionatida ishtirok etish uchun kurash olib borayotgan terma jamoamiz saralash bahsining so'nggi uchrashuvida Qatarga qarshi "Bunyodkor" stadionida maydonga tushadi. Stadionda milliy bayrog'imiz tasvirlangan mozayka yaratilgan edi. Tribunalarda joy yo'q, muxlislar "O'ZBEKISTON" deya terma jamoamizni qo'llab turibdi. Bu uchrashuvda milliy terma jamoamiz qatarliklarni 5:1 hisobida mag'lub etadi, ammo... Eron mehmonda Janubiy Koreyani kichik hisobda engadi va biz yana hech narsasiz qolamiz. Lekin stadion juda chiroyli ko'rinishga ega bo'lgan edi...


Sizning xotirangizda futbolga oid qanday voqealar bor?

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика