So’nggi yangiliklar

08:00Роналду дунёнинг машҳур фильмида рол ўйнайди  0 07:31"Нефтчи"нинг асосий футболчиларидан бирига ОКМК ва "Андижон"дан қизиқиш бор  1 01:50Лэмпард кетма-кет иккинчи ой энг яхшиси бўлди  0 01:24АПЛ топ-клублари "Лейпциг" вингерига қизиқмоқда  0 00:50Давид Сильва Гвардиоланинг ягона камчилигини айтди  2 00:16Оскар футболчилик фаолиятини якунлади  3 23:53Флик: "Рэшфорд захирада қолдими, демак, таркибда энг яхшилар ўйнамоқда"  2 23:32"Алавес"га қарши ўйин олдидан "Реал"да муаммолар кўп  5 23:10Салоҳ қайтди!  9 22:46"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  2 22:15"Бунёдкор" янги мавсум олдидан икки легионер олиши мумкин  0 21:54Пол Мерсон: "У ҳужумда ўйнар экан, "Арсенал" чемпион бўлмайди"  4 21:35"Бунёдкор" Абдусаломов билан шартномани узайтирди  0 21:21Арне Слот: "Салоҳнинг "Интер" билан ўйинда бўлмаслигини мен истадим"  11 20:55Ханс-Дитер Флик: "Реал" ҳақида гапиришни истамайман"  5

Futbolda yangi qoidalar ishga tushmoqda! Yangiliklar

Futbolda yangi qoidalar ishga tushmoqda!

Teglar :  yangi qoida
IFAB 2025/26 yilgi mavsumdan ishga tushadigan yangi qoidalarni tasdiqladi.

Unga ko'ra, ushbu yozdan etiboran darvozabon qo'lidagi to'pni 8 soniyadan ko'proq ushlab tursa bosh hakam tomonidan burchak zarbasi belgilanadi. IFAB bu borada ko'plab tajribalar o'tkazgan va yangi qoidaga qatiy amal qilish hulosasiga kelgan. Bosh hakam qo'lini ko'targan holda 5 soniya sanaydi. Sanoq esa qachonki darvozabon to'pni to'laqonli nazoratiga olganidan keyin boshlanadi. Bunda darvozabon qanday holatda ekanligi inobatga olinmaydi.

Burchak zarbasi esa darvozabon qoidani buzgan nuqtasiga yaqin bo'lgan burchakdan amalga oshiriladi. Qachonki bu qoidabuzarlik yana davom etsa darvozabon sariq kartochka bilan jazolanadi.

Shuningdek, yangi mavsumdan etiboran yana bir qancha qoidalar kuchga kiradi:

- endilikda faqatgina jamoa sardorlari bosh hakam bilan suhbatlashishlari mumkin.

- agarda o'yin to'xatilsa-yu, to'p jarima maydonchasi ichida bo'lsa, to'p himoyalanayotgan tomon darvozaboniga beriladi. Agarda to'p jarima maydonchasi tashqarisida bo'lsa, o'yin to'xtatilguniga qadar to'p qaysi jamoada bo'lsa, o'sha tomonga beriladi. Agarda bosh hakam buni aniqlashga qiynalsa, to'p so'nggi bora tekkan jamoaga beriladi.

- agarda murabbiylar shtabi azosi, zaxiradagi futbolchi, almashtirilgan futbolchi, chetatilgan futbolchi yoki vaqtincha maydondan tashqarida bo'lib turgan o'yindagi futbolchi maydondan deyarli chiqib ketayotgan to'pga tegib ketsa yoki atayin tegsa, o'sha jamoa zarariga erkin zarba beriladi. Bazida mag'lub bo'layotgan jamoa azolari to'pni tezroq o'yinga kiritish uchun to'pni olib berishga harakat qilishadi. Bunday holatda ham o'sha jamoa zarariga erkin zarba amalga oshirilishi mumkin, biroq bu holatga kartochkalar ko'rsatilmaydi.

- darvozabon to'pni qo'li bilan otib bergandagi offsaydni aniqlashda to'pga oxirgi marta kontakt bo'lgan paytdagi nuqta inobatga olinadi. Shunday holatda offsaydni aniqlash yanada osonlashadi.

Endi turnir tashkilotchilari hakamlarga VAR yoki uzoq vaqtli videotekshiruvlardan keyin chiqariladigan qarorlarni muxlislarga ovoz chiqargan holatda elon qilishlarini talab qila olishadi.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика