So’nggi yangiliklar

17:07"Лейпциг" "Барселона"нинг Дани Ольмо бўйича таклифини рад этди  0 16:39"Хави "Барселона"га келгач, ҳаммасини ўзгартирди" — Левандовски  0 16:13Суперлига. "Металлург"да 3, ОКМК ва "Андижон"да 1 нафардан. 14-турни ўтказиб юборадиган футболчилар  1 15:53Расман: "Осасуна" сардори фаолиятини Қатарда давом эттиради  1 15:262030 йилги Жаҳон чемпионати саналари маълум  1 14:59"Ливерпуль" янги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  2 14:33Ўзбекистон футзал МТЖ етакчиси мундиални ўтказиб юборадиган бўлди  5 14:19"Милан" собиқ устози "Ренн"да иш бошлаши мумкин  1 13:52"Тоттенхэм" "Ливерпуль" собиқ ҳужумчисига қизиқмоқда  1 13:25"Астон Вилла" Лукакуни қўлга киритишни режалаштирмоқда  3 12:58"Боруссия Д" форварди фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 12:32Про лига. 15-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  2 12:04"Манчестер Сити" "Реал" дарвозабонига қизиқмоқда  3 11:38Расман: Нани Португалияга қайтди  2 11:17"Фулхэм" МЮ тарбияланувчисини сотиб олишга уринмоқда  1

Futbolda sodir bo'lgan 10 ta ustoz-shogird mojarosi (2-qism) Yangiliklar

Futbolda sodir bo'lgan 10 ta ustoz-shogird mojarosi (2-qism)

Futbol tarixida juda ko'p marotaba futbolchi murabbiyining ko'rsatmalariga amal qilmagan va ular o'rtasida jiddiy mojaro kelib chiqqan.

Futbolda sodir bo'lgan 10 ta ustoz-shogird mojarosi (1-qism)

Ustoz va shogird o'rtasida sodir bo'lgan eng shov-shuvli mojarolarni esga olamiz:

Fergyuson - Roy Kin


2005 yil. "Manchester Yunayted" futbolchisi Roy Kin "Midlsbro"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng, klub kanali "MUTV"ga intervyu beradi. Unda Kin barcha jamoadoshlarini keskin tanqid qiladi. Bir kun o'tib ushbu video ser Aleks Fergyusonga ko'rsatiladi. Fergyuson esa mashg'ulotlarga kelib Royga "Jamoadoshlaring haqida bunday demasliging kerak edi, bu videoni efirga bermaymiz" deydi. Roy Kin esa bu qarorni futbolchilar o'rtasida ovozga qo'yish kerakligini aytadi. Kiyinish xonasida video hammaga ko'rsatildi. Van der Sar buni ko'rsatmaslik kerakligini aytganida Roy darvozabonga tashlandi. "Sen "Manchester Yunayted" haqida nimani ham bilarding". Van Nisterloy ham posbonni himoya qilib, bu videoni klub kanaliga berish kerak emasligini aytadi va xonadan bazi futbolchilar chiqib ketadi. Ser Aleks Fergyuson bu muammolardan qutilishning yagona yo'li Kin bilan xayrlashish ekanligini tushunadi va tez orada Roy "Seltik"ka o'tadi.


Fergyuson - van Nistelroy


2005 yilda Rud van Nistelroy "Manchester Yunayted"ni tark etmoqchi bo'ladi. U Runi va Ronaldu kabi yoshlar bilan chempionlikka erishib bo'lmasligini aytib, "Real"ga o'tmoqchiligini bildiradi. Fergyuson u bilan uchrashganda, forvardga quyidagi so'zlar bilan murojaat qiladi: "Ular ajoyib futbolchi. Sen ularga yordam berishing kerak. Jamoa qurayotganda mag'lubiyatlarga chidash va irodali bo'lish kerak".

Fergyuson Angliya Kubogi yarim finalidan so'ng van Nistelroyga o'ynash uchun imkon berishini aytdi. Murabbiy finalda g'alaba nimaligini his qilishi uchun yangi xaridlar - Evra va Vidichlarni maydonga tushiradi va MYUda futbolchi almashtirish imkoni qolmaydi. Gollandiyalik futbolchi uzoqdan mutaxassisga qarab so'kinadi. Bu voqeadan bir necha oy o'tib van Nistelroy boshqa jamoaga o'tadi.


Maradona - Aguero


Maradona va Aguero ko'pchilikka qaynota va kuyov sifatida tanish. Serxio Diego Maradonaning qizi Janin bilan turmush qurgan. 2013 yilda bu juftlik ajrashganidan so'ng, Maradona "o'g'li"ni "ahmoq" deya haqorat qiladi. Ammo sobiq kuyov afsonaviy futbolchining so'zlariga javob qaytarmaydi.


Van Gal - van Persi


Lui van Gal "Manchester Yunayted" ustoziga aylanganidan so'ng, o'z hamyurti Robin van Persining o'yinlaridan qoniqmaydi. Van Persi "Xall Siti" darvozasiga gol urganidan so'ng, van Gal bunga quyidagicha izoh beradi: "Men uning so'nggi bahslardagi o'yinidan mamnun emasman. Bugun u kadrlar etishmasligi tufayli asosiy tarkibda maydonga tushdi". Tez orada hujumchi jamoani tark etadi. Futbolchi "Fenerbaxchi" futbolchisiga aylanadi.


Manchini - Balotelli


"Manchester Siti"ning 2013 yildagi ilk mashg'uloti katta mojaro bilan yakunlanadi. O'sha mashg'ulotda 22 yoshli Balotelli yosh yarim himoyachi Skott Sinklerga qarshi qo'pol  o'ynaydi. Manchini esa Marioga mashg'ulotni tark etishni buyuradi, ammo italiyalik qarshilik ko'rsatdi. Murabbiy esa futbolchini kuch bilan haydashga urinadi. Balotelli uni yoqasidan oladi. Manchini yordamchilari mushtlashuvni oldini olib, ularni ajratishadi. Aynan shu yil Mario "Milan"ga o'tib ketadi.

Futbolda sodir bo'lgan 10 ta ustoz-shogird mojarosi (1-qism)

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика