So’nggi yangiliklar

18:28Ван Нистелрой "Лестер" бош мураббийлигидан кетди  0 18:00Қаршидаги "Марказий" стадиони "Насаф" – "Пахтакор" тўқнашувига тайёр!  5 17:31ПСЖ "Лион"га ёрдам қўлини чўзди  0 17:05Юрак хасталиги ортда қолди: Бове майдонга қайтади!  0 16:37"Арсенал" янги трансфер бўйича "Валенсия" билан келишувга яқин  1 16:11Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг Хитой йиғинига йўл оладиган таркиби маълум  4 15:44"Барселона" Ямалга 10-рақамни беришга қарор қилди  6 15:18Расман: Қирғиз Республикаси бош мураббийи ишдан кетди  4 14:55Шаҳбоз Жўрабеков: "Иккинчи даврада "Бухоро"ни юқорида кўрасиз. Бекхэмнинг зарбаларини кўриб катта бўлганман"  7 14:34"Манчестер Сити"га эгалик қиладиган "City Football Group" Ўзбекистонда ўз клубига эга бўлиши мумкин  28 14:06МЮ Онанани сотиб, италиялик дарвозабонни биринчи рақамга айлантирмоқчи  3 13:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади  27 13:10"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин  3 12:18"Лас-Пальмас" футболчиси автоҳалокат оқибатида ҳаётдан кўз юмди  0 11:50Эдерсон миш-мишларга чек қўйди  0

Futbolda sodir bo'lgan 10 ta ustoz-shogird mojarosi (1-qism) Yangiliklar

Futbolda sodir bo'lgan 10 ta ustoz-shogird mojarosi (1-qism)

Futbol tarixida juda ko'p marotaba futbolchi murabbiyining ko'rsatmalariga amal qilmagan va ular o'rtasida jiddiy mojaro kelib chiqqan.

Ustoz va shogird o'rtasida sodir bo'lgan eng shov-shuvli mojarolarni esga olamiz:

Mourino - Ronaldu


2013 yil, yanvar. "Real" "Valensiya"ga qarshi Ispaniya Kubogi bahsida 2:0 hisobda oldinda borayotgan edi. Mourino Ronalduni oldiga chaqirib, biroz orqaroqqa qaytishi va Ozilga autdan tashlab bergan to'pi noto'g'ri ekanligini aytadi. Uchrashuvdan so'ng Mourino bu haqda Krishtianuga yana gapiradi: "Agar ular gol urishganda nima bo'lardi...". Ammo Krishtianu javob tarzida unga baqira ketadi: "Siz uchun shuncha ish qilganimdan so'ng, menga bo'lgan munosabatingiz shundaymi? Nima haqqingiz bor!". Kiyinish xonasida hamma jim bo'lib qoladi. Mourino esa vaziyatni yumshatish uchun quyidagi so'zlarni aytadi: "Buni jamoa uchun qilyapman, o'sha vaziyatda sen biroz orqaga qaytsang bo'lardi". Ronaldu o'zini bosa olmaganini ko'rgan Joze, o'z uslubida Krishtianuga tushuntirish beradi: "Bu xonada o'tirganlarning ko'pchiligi mendek o'ylaydi, ammo ularga bu haqda gapirish uchun mardlik etishmaydi".


Mourino - Kasilyas


Mourino "Real" darvozasini Iker Kasilyas yaxshi qo'riqlay olmayapti deb hisoblab, uning o'rniga Diego Lopesni xarid qiladi. Kasilyas esa uzoq vaqt jimlikdan so'ng yoriladi va Jozeni tanqid qiladi. Oxir oqibat, murabbiy va darvozabon ham jamoani tark etadi.


Gvardiola - Ibragimovich


Ibragimovich "Barselona"da o'tkazgan payti haqida ko'p eslaydi. Biroq bu xotiralar baxtli damlar haqida emas. "Gvardiola mendan jismoniy holatimga to'g'ri kelmaydigan harakatlarni so'ragan. Men esa bunday qila olmasligimni, undan ko'ra zaxirada o'tirishni maqul ko'rishimni aytdim" - dedyi Ibragimovich. "Sen Ferrari xarid qilib, uni xuddi Fiat kabi ishlatmoqchi bo'lyapsan" - qo'shimcha qiladi Zlatan.


Gvardiola - Yaya Ture


Gvardiola Yaya Ture o'rniga Serxio Busketsni tushirishni boshlab yuboradi. Ture esa buning sababini bilmay, murabbiydan tushuntirish talab qiladi. "U menga sababini aytmayapti, u ikkiyuzlamachi" - deydi Ture. Tez orada ivuarlik jamoani tark etadi.


Fergyuson - Bekxem


2003 yil. MYU Angliya Kubogida "Arsenal"dan mag'lubiyat qabul qilib oladi. Kiyinish xonaida ser Aleks Fergyuson Devid Bekxemga shunday deydi: "Sen Eshli Koul oldida xuddi qizchadek ko'rinding". Bekxem esa tezda javob qaytaradi: "Arsen Venger oldidagi qizchalik bo'lmasam kerak?". SHundan so'ng murabbiy Devidga butsa uloqtiradi va uning qoshini yoradi.


Davomi bor...

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика