So’nggi yangiliklar

16:49Кефрен Тюрам: ""Ювентус"га трансфер — бу тақдир"  0 16:21Расман: Аарон Ансельмино — "Челси" футболчиси!   0 15:51Килиан Мбаппе "Реал" таркибидаги илк машғулотини ўтказди  1 15:26"Насаф" - "Пахтакор" учрашувини Абдураҳмонов бошқариб боради. Суперлига 15-турига расмийлар тайинланди  5 15:02Анчелотти: "Реал" — менинг охирги клубим"  4 14:34"Ливерпуль" Испания термаси ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 14:10Доминик Соланке "Тоттенхэм"га ўтишга рози  2 13:54Ўзбекистон кубоги. Ярим финалга қачон қуръа ташланиши маълум бўлди  7 13:39Мало Гюсто: "Челси" Конференциялар Лигасини ютиши керак"  2 13:17Тен Хаг Амрабат "Манчестер Юнайтед"га қайтиши мумкинлигини айтди  2 13:06Шерзод Темиров "Атлетико Мадрид"га қарши ўйиндан сўнг нималар деди?  6 12:47Жиззахдаги голларга бой драмада "Навбаҳор" "Сўғдиёна"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  5 12:22Артета: "Смит-Роу "Арсенал"дан кетганидан хафаман"  5 11:50Кроос телевидениеда ишлаш ҳақида: "Фалсафадан "дарс" беришни хоҳламасдим"  5 11:31Анри 1999 йил "Арсенал"га ўтиши ҳақида эслади: "Венгер мен шунчаки вақт йўқотаётганимни айтган"  8

Futbolchining hayoti faqat maydondagi 90 daqiqadan iborat emas... Yangiliklar

Futbolchining hayoti faqat maydondagi 90 daqiqadan iborat emas...

Bazan biz kimnidir hayotidagi voqealarni bilib-bilmay ayblashga shoshib qolamiz.

“Kalyari” bilan uchrashuvda, “Sampdoriya”ga durrang keltirgan golni urgach, Fabio Kvalyarella yig'lab yubordi. Bu A Seriyada futbolchining gollar soni 100tadan oshgani sabab quvonch ko'z yoshlari emasdi... Hujumchi engil tortganidan o'zini tutib tura olmagan edi: 

“Men besh yil davomida dahshat ichra yashadim. Nihoyat, hammasi tugadi. O'zimni yana erkin, qushdek engil his qilyapman”.

“Raffael Pikkolo bilan birinchi xatni olishimdan ikki oy avval tanishgandim, — deb xotirlaydi Julio De Rizo, Kastellamaredagi magazin egasi. 

– U oldimga qandaydir ish bilan kirdi. Men unga yordam berdim va biz vaqti-vaqti gaplashib turadigan bo'ldik. Lekin birinchi xat kelganda, men unga murojaat qilishga qaror qildim, axir u pochta policiyasida ishlardi. Keyin raqamlarini topishning iloji bo'lmaganlardan sms kela boshladi”.

Nomalum shaxs De Rizoga tahdid qilib, uning hayotini do'zoxga aylantirishini aytardi. Pikkolo  ishga aralashishga rozi bo'ldi va do'stiga ariza yozib berishini hamda shaxsan uni Neapoldagi bo'linmaga etkazishini aytdi. “U menga nomalum kimsalar malumotlarni telefonimdan olgan bo'lishlari, mobil apparatimga “virus” tushgan bo'lishi mumkinligini tushuntirdi va barchasini “tozalab”, to'g'rilab berishni vada qildi. SHu sabab unga qo'l telefonimni berib yubordim”.

Malum vaqtdan so'ng, ikkita xat keladi. Bu safar Julioni hech kim o'lim bilan qo'rqitmagandi. Bittasida shunchaki uning 8 yoshli qizining raqami, ikkinchisida — yaqin do'sti Fabioning raqamini bergani uchun  tashakkur aytilgandi. Fabioning familiyasi — Kvalyarella.

Kvalyarella u vaqtga kelib Pikkolo bilan tanish edi. Kimdir uning messenjerdagi profilini buzib kiradi. Julio futbolchiga Raffaelga murojaat qilishni maslahat beradi. CHunki u bunday ishlarni hal qilishda usta bo'lib ketgan emish. Bu 2006 yil, Fabio “Sampdoriya” safida to'p tepar va ozmi-ko'pmi tanilib ulgurgandi. 

Pikkolo xizmati evaziga Kvalyarelladan avtograf tushirilgan futbolkasini so'raydi. Natijadan mamnun bo'lgan Kvalyarella keyinchalik ham policiyachiga bazi masalalarda murojaat qilib turar, evaziga esa futbol uchrashuvlariga chipta va o'zining yangi jamoasi “Udineze”ning va Italiya termasi formalarini sovg'a qilardi. 2008 yil yanvar oyida endi unga ham xat keladi.

Di Rizo bilan bo'lgani kabi Fabioni o'ldirishlarini aytib qo'rqitishgandi. Xat uning oila azolari, qiz o'rtog'i va Kvalyarella o'ynagan klub manzillariga ham kela boshlagandi. Tabiiyki forvard bu haqida Pikkologa aytadi va u muammoni hal etishga kirishadi. Ammo o'sha nomalum zo'ravon to'xtamasdi. 2009 yil yozida Fabio “Napoli”ga ko'chib o'tganida voqealar rivoji o'zining kulminacion nuqtasiga etib keldi. Klub ofisiga futbolchi muntazam ravishda “mafiya” kechalarida ishtirok etishi haqida batafsil malumot berilgandi va zarur bo'lsa Kvalyarella narkotik moddalar qabul qilishi, qizlarga suyagi yo'qligi, voyaga etmagan qizlar ham Fabioning “qurboni” bo'lganini isbotlovchi suratlarni taqdim etishni vada qilishgan. 

“Napoli”da jiddiy qidiruv ishlarini boshlashni taklif qilishgandi. Lekin Pikkolo bunga hojat yo'qligini, jinoyatchilarning izini topganini va hammasi yaxshi bo'lishini aytgan hamda xursandchiligi ichiga sig'may ketgan Fabioning hisobidan tatilga borib keladi va yana ishga kirishadi. Sababi uning so'zlariga qaramay, do'p-po'pisalar to'xtamagan edi.

Aurelio De Laurentis xatda yozilganlarga butkul ishonmasligini aytgan va tinchroq bo'lish uchun Kvalyarellaga Kastellamaredan uzoqroqqa, mehmonxonaga ko'chib o'tishni taklif qilgan. Lekin baribir o'z ehtiyotini qilishni ham unutmagan. “Avvalari u menga har kuni telefon qilardi, keyin bu qo'ng'iroqlar umuman yo'qolib ketdi. 2010 yil yozida meni “Yuventus”ga sotishayotganini bildim", — deydi futbolchi.

Fabioning turinliklar safiga o'tib ketishini muxlislar hazm qila olmadilar va uni xiyonatda ayblab, sotqinga chiqarib qo'yishdi. Ammo transfer detallari-yu, sabablarini hech kim hattoki, Kvalyarelaning o'zi ham bilmasdi. Futbolchi shunchaki bunga o'sha xatlar sabab bo'lgan bo'lishi mumkinligini tushunib turardi xolos.

“Men “Napoli”da baxtli edim. Barchasi meni qoniqtirar, lekin yuzaga kelgan vaziyatni o'nglashga hech qanday tasir o'tkaza olmasdim. Men hech qachon o'zimni boshqa klubga sotishlarini so'ramaganman. Biroq muxlislarga barchasi haqida batafsil aytib berolmasdim. Sababi jinoiy ish hali ochiq va mendan voqealar rivojini keng ommaga yoymaslikni so'rashgan edi”.

Turinga ko'chib o'tgandan so'ng ham tahdidlar to'xtamadi...


Fabio bo'layotgan ishlar haqida do'stlariga ham aytmasdi. Ammo bir marta tatil vaqtida tanish advokat Jovanni Barile bilan suhbatda shuni biladiki, o'sha advokatga ham shu kabi xatlar kelar ekan. Keyinroq malum bo'ldiki, nafaqat advokat do'sti, balki Kvalyarella telefon daftarchasida raqamlari saqlangan insonlarning barchasiga tahdid xatlari kelib turgan. SHundagina futbolchi gap nimada ekanligi va kim uning hayoti va karerasini barbod etganini tushunib etadi.

Raffaele Pikkolo ishi bo'yicha tergov besh yil davom etdi. Gumondor barcha ayblovlarni inkor etardi. SHunga qaramay, adolat qaror topdi va Pikkolo jinoyati bo'yniga qo'yildi. Kvalyarella stalkerning eng mashhur jabrdiydalaridan bo'ldi. Ular qatorida Italiyada anchagina mashhur bo'lgan qo'shiqchi Gvido Lembo ham bo'lgan. 2017 yil fevral oyida Pikkolo to'rt yil sakkiz oy muddatga qamoq jazosiga hukm qilindi. SHuningdek, u barcha jabrlanuvchilarga keltirgan zararini qoplab berishi zarur edi.

Hukm “Sampdoriya” va “Kalyari” o'rtasidagi o'yin arafasida malum qilindi. O'sha bahsda gol urgan Kvalyarella uchrashuvdan keyingi flesh-intervyuda ko'z yoshlarini tutib tura olmadi.

“Men besh yil mana shu dahshat ichida yashadim. Deyarli har kuni meni o'ldirishlari haqida qo'rqitishar, yaqinlarimga zarar etkazish bilan taxdid qilishardi. Eng yomoni buni hech kim ayta olmasdim. Biror kun ham hotirjam uydan chiqib, oilam bilan aylana olmasdim hattoki, biror joyga dam olgani borolmasdik. Sababi ko'chada nimadir bo'lishi, oilamdagilarga qandaydir zarar etishidan qo'rqardim. Biz juda og'ir yillarni boshimizdan o'tkazdik. Men maydonga tushar ekanman, barchasi yaxshidek, o'z ishimni qilishga harakat qilardim, lekin bazan bu chidab bo'lmas darajaga etardi”.

“Bazilar o'ylaydiki, xuddiki bir kuni ertalab uyg'onib birdan “Napoli”dan ketgim kelib qolgan. Bunga hech qanday sabab yo'q go'yoki. Mening “Yuventus”ga transferimdan so'ng, orqamdan ko'plab yomon gaplar aytishgan. Men sabr bilan jim turdim. Bunday tashvishni dushmanimga ham ravo ko'rmayman. Hozir oradan yillar o'tib, adolat qaror topdi. Bu qanday baxt ekanligini tasavvur ham qila olmaysiz. Endi o'zimni chinakamiga ozod insondek his qilyapman”.

Fabioning otasi Vittorio o'g'lining orzusi “Napoli” etakchisiga aylanish bo'lganini tan oladi. Axir futbolchi o'sha provinciyada tug'ilgan. Biroq futbolchining ushbu jamoadagi faoliyati uzoqqa cho'zilmadi – 24 o'yin va 11ta gol. Bularning hammasiga birgina ahmoq, boshqalarning hayotini o'zi uchun o'yinchoq bilgan inson nuqta qo'ydi.


SHu o'rinda, kuni-kecha hayotdan erta ko'z yumgan mashhur qiziqchi Obid Asomovning bir latifasi esga tushdi:

Bir odam doktorga borib, hayotidan, yuragi siqilayotganidan, shikoyat qiladi. Doktordan yordam berishini, dardiga davo topishini so'raydi. SHunda haligi doktor unga cirkka borishni, u erdagi masxarabozni chiqishlarini tomosha qilishni tavsiya etadi.
- O'zimga ham yoqadi o'sha chiqishlar. Men ham tushkunlikka tushib qolganimda, hayotdan zerikkanimda, uning nomerlarini tomosha qilaman. Yana zavq va shafqqa to'lib, yashashga bo'lgan qiziqishim ortib ketadi, hamda xursand bo'lib uyga qaytaman – deydi doktor.
SHunda haligi bemor:
- Lekin, doktor, cirkdagi o'sha masxaraboz, menman-da!

Bir yodga oling, biz futbolchilarni ham shaxsiy hayoti borligi, va barchamizda bo'lgani kabi, uning ham muammolari, tashvishlari o'ziga etarli ekanligini unutib qo'yamiz, hamda maydondagi u yoki bu harakati o'xshamagani uchun uni boplab "shirin" so'zlar bilan siylaymiz. Raqib zarbasini qaytara olmagani uchun, himoyada ishonchli harakat qila olmagani uchun, vaqtida hujumchiga pas bermagani va qulay imkoniyatdan gol ura olmagani uchun issiq o'rnimizda o'tirgancha ularni osongina ayblaymiz qo'yamiz. To'g'ri, muxlis sifatida qayg'urishimiz, undan talab qilishimiz tabiiy, lekin har ishda bo'lgani kabi chegarani unutmagan holda. Fabio Kvalyarellaning hayoti bir misol edi. Boshqa futbolchilarning ham muammosi, yuragining bir chetida qiynab yotgan dardi bo'lishi mumkin-ku?!  


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика