So’nggi yangiliklar

14:07"Ливерпуль" универсал футболчиси билан музокараларда олдинга силжиди  0 13:40"Барселона" ярим ҳимоячиси билан ҳамкорликни давом эттирмоқчи  0 13:13Расман: "Насаф" собиқ футболчиси "Хоразм"га ўтди  0 12:51Влахович Испанияга кўчиб ўтади  4 12:23Puma АПЛ учун янги тўпини тақдим этди  0 11:57Бектемир Абдуманнонов: "Ўзбекистон МТЖдан чақирув олиш ва "Динамо" билан камида битта соврин ютиш ниятидаман"  2 11:28ОЧЛ 2да ҳаммаси тугади: Марказий Осиёдан ҳеч ким қолмади  4 10:46"Манчестер Юнайтед" ва "Ливерпуль" "Ювентус" футболчиси учун курашмоқчи  0 10:18Marca: ФИФА Винисиус ва Престианни воқеасидан кейин футболга янги қоида киритиши мумкин  9 09:49ФИФА Фаластинда футболни ривожлантириш учун катта миқдрода пул ажратади  6 09:21"Атлетико"нинг асосий юлдузи Жаҳон чемпионатидан кейин "Барселона"га ўтади  14 08:53"Ҳисобга қарамаймиз, асосийси барчага ўйин амалиёти бердик" - Вадим Абрамов Дубайдаги сўнгги ўйиндаги дуранг, тайёргарлик ва Санчеснинг дебюти ҳақида  0 08:25"Андижон" 12 нафар футболчини Лига рўйхатидан ўтказди  5 07:57"Каттақўрғон" навбатдаги таржибали легионер билан келишувга эришди  3 07:30"Динамо" 19 ёшли футболчи билан шартнома имзолади  3

Futbolchilarimizdan karantin vaqtidagi xayriyalar Yangiliklar

Futbolchilarimizdan karantin vaqtidagi xayriyalar

Butun dunyoda koronavirus pandemiyasi hukm surayotganidan xabaringiz bor.

Ushbu murakkab vaqtda O'zbekiston terma jamoasi azolari kam taminlangan, nogiron va ehtiyojmand insonlarga xayriyalar qilishayotgani odamni quvontiradi.


OTABEK SHUKUROV

O'zbekiston terma jamoasi hamda "SHarja" klubi azosi Otabek SHukurov o'zi tug'ilib o'sgan Qashqadaryo viloyati, CHiroqchi tumanidagi kam taminlangan oilalarga yordam qo'lini cho'zishga bel bog'ladi. CHiroqchi tumanidagi mahallalarda istiqomat qiladigan va karantin davrida ishsiz qolgan muhtojlarga Otabek SHukurov beg'araz yordam qo'lini uzatmoqchi. Bugun futbolchi CHiroqchi bozoridan kunlik ehtiyoj uchun kerak bo'ladigan 100 million so'mga yaqin mahsulotlarni (kartoshka, go'sht, piyoz, un-yog' va hokazo) xarid qilgan va uni muhtoj oilalarga tarqatdi. Bundan tashqari SHukurov instagramdagi o'z sahifasida boshqa futbolchilardan ham xayriya chellejiga qo'shilishga chaqirdi.




ODIL VA AZIM AHMEDOVLAR

O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov tashabbusi bilan Ahmedovlar oilasi Namanganda katta xayriyaga qo'l urdi. Odilning o'zi Xitoyga, "SHanxay SIPG" ixtiyoriga etib borganiga qaramay uning aka-ukalari, xususan "Navbahor" yarim himoyachisi Azim Ahmedov Namangan shahridagi bir qancha mahallalarga borib, hozirgi vaziyatda qiynalgan, nogironlari bor xonadonlarni yo'qlashdi. Un, go'sht, yog', makaron va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari to'la ortilgan mashinani Azim Ahmedovning o'zi boshqarib bordi.


ELDOR SHOMURODOV

Terma jamoamizning yana bir vakili Eldor SHomurodov esa sobiq klubi "Bunyodkor" tarbiyalanuvchilariga yordam qo'lini cho'zdi. Gap shundaki, Mirjalol Qosimovning katta o'g'li murabbiylik qilayotgan "Bunyodkor-2004" jamoasi Rossiyaning Krasnodar shahrida ananaviy IX Sergey Igorevich Vaxrushev xotira turnirida ishtirok etayotgandi. Biroq 17 mart kuni Rossiya sport vazirligi mamlakat hududida har qanday xalqaro musobaqalarni o'tkazishni taqiqladi va xotira turniri ham shu qarorga ko'ra bekor qilindi.

Qaytish chiptalari keyinroqqa olingani bois "Bunyodkor-2004" jamoasi bir necha kun davomida Rossiyada qolib ketdi. Jamoa bir muddat Krasnodarda bo'ldi va Rostovga ko'chib o'tdi. Yosh futbolchilar bir necha kun davomida mehmonxonada istiqomat qilishdi. SHunda Eldor o'z hisobidan yosh futbolchilarga yordam bergan hamda jamoa azolariga Rostovdan Moskvaga borish chiptalarini olib bergan. So'ngra "Bunyodkor-2004" vakillari O'zbekiston hukumati tomonidan tashkil etilgan charter reys orqali Moskvadan O'zbekistonga olib kelingan.

Saytimiz tahririyati nomidan bugungi qiyin davrda hamyurtlarimizga yordam berayotgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz.


Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика