So’nggi yangiliklar

19:10"Барселона" - "Вальядолид". Таркиблар билан танишинг  0 19:00АПЛ. "Арсенал" ғалабани қўлдан чиқазди, Деклан Райс фаолиятида биринчи маротаба қизил карточка олди  0 18:51Пирс Морган: "Бу нимаси? Райс оёғидан зарба қабул қилиб олгани учун четлатилдими?"  1 18:36АПЛнинг 5та баҳси учун таркиблар билан танишинг  0 18:29АПЛ. Қизил карточка "Арсенал"га қимматга тушди ва Лондон клуби жорий мавсумдаги дастлабки очколарини йўқотди  11 18:17"Бухоро" ва "Хоразм" клублари, клуб расмийлари иши Тартиб-интизом қўмитасига оширилди  3 17:56Роналду ЧЛ қуръасига тақиб келган тақинчоқларнинг нархини биласизми?  9 17:08 "Футбол олами". Фарғонадаги кубок финалида водий дербисини кўрамиз   4 16:45Сиаваш Ҳақназари: "Бизга ким рақиб бўлишининг фарқи йўқ, ўзимизнинг аниқ мақсадимиз бор"  2 16:18Нега? "Челси" АПЛ ва ФИФА сабаб бир трансферни бекор қилди  0 15:24Нималар бўляпти? "Наполи" Осимхенни А Серия мавсум қайдномасига киритмади, рақамини эса бошқа футболчига беришди  4 14:52"Митти камера". Драмага айланиб кетган тўқнашувда "Андижон" финалга чиқди  3 14:36Сон Хён Миннинг отаси жазоланди  0 14:03Ди Мария фаолиятидаги энг ёмон мураббий ким бўлганини айтди: "Шубҳаларингиз бўлса, уларни тарқатиб юборишга тайёрман"  5 13:51"Навбаҳор" финалда. Водийликларга аталган кундан ГАЛЕРЕЯ  28

Futbolchilar nima uchun maydonga bola bilan chiqadi? Bu ham biznesmi?! Yangiliklar

Futbolchilar nima uchun maydonga bola bilan chiqadi? Bu ham biznesmi?!

Teglar :  Futbol
Ushbu manzarani har o'yin ko'ramiz: futbolchilar tonnellardan bolakaylar bilan chiqib keladi.

Amerikaning "Orlando Siti" jamoasi bu jarayonni ishtirokchi ko'zlaridan namoyish qilib berdi. Bu videoni ko'ra turib, yana bolalikka qaytgingiz keladi: Futbolning bu annasida barcha ezguliklar jam bo'lgan: bolakaylar orzusi, xayriya, muxlislar etiborini tortish, klublar daromadining kichkinagina qismi va reklama.



Bolakaylar bilan maydonga tushib kelish faqatgina XXI asrda urf bo'ldi. Angliya shu yo'l bilan tribunalardagi janjallar, noxush hodisalarning oldini olishga intildi. 20 yil avval: har bir jamoa bilan eng ko'pi bir bola maydonga chiqib kelardi. 90-yillarda APLda aynan shunday edi. O'sha baxtli bolakaylar qatorida Ueyn Runi ham bo'lgan. 1996 yil "Everton" va "Liverpul" derbisi oldidan 11 yoshli Runi ko'k futbolkada Dankan Fergyusonning yonginasida turardi.

O'tgan asrning 80-yillarida Angliyada muxlislar qanday janjallar va to'polonlar qilishgani haqida eshitgan bo'lsangiz ajabmas. Ushbu jarayonda bolalarning paydo bo'lishi — futbol nafaqat ayovsiz kurash, muxlislarning hayqirig'i-yu, janjallar va qo'rquv ekanligini, balki adolatli kurash, oilangiz bilan tashrif buyursa bo'ladigan yoqimli bir jarayonligini yodga solardi. Ushbu omil ingliz futboli orqali butun dunyoga yoyildi. 


Hozir: barcha xalqaro turnirlarda har bir futbolchi yonida bittadan bolakayni etaklab chiqadi. Evro-2000da futbol tarixida ilk bor shunday trendni yo'lga qo'ygan musobaqa bo'ldi. Etiborli jihati, ushbu anana Evropa chempionati birinchi bor ikki mamlakat hududi — Belgiya va Niderlandiyada o'tkazilgan turnirda ro'y berdi. 

Bolalarni qanday tanlashadi: xayriya akciyalari va fan-klub

Klublar qo'llaydigan asosiy usul — fan-klub azolari yoki sport maktablari tarbiyalanuvchilari ichidan saralab olish. Bolakay jamoasida qanchalik yaxshi o'yin ko'rsatsa, o'z kumiri bilan yonma-yon maydonga tushish imkoniyati shunchalik yuqori bo'ladi. Ha, motivaciya uchun arzirli sabab. SHuning uchun ham, bor kuchi bilan shug'ullanish ishtiyoqi paydo bo'ladi. 

AQSHda bu borada o'zgacha yondashuv mavjud. Bolakay futbolchi bilan maydonga tushishi uchun chiptalarning maxsus paketini sotib olishi zarur (50dan kam bo'lmagan). O'yinning darajasiga qarab uning narxi ham o'zgarib boraveradi. Sovg'a sifatida bolalarga asl turdagi futbolkalar beriladi. SHunday yo'l tutadiganlardan biri "CHikago Fayr": klub shu kabi biletlar guruhini tarqatadi + bolalar uchun ekskursiya tashkil etadi va ular o'rtasida stadionda o'yin o'tkazadi.


FIFA va UEFA musobaqalarida bolalarni saralashda homiylar yordam berib yuboradi. 2002 yildan buyon FIFAning asosiy homiysi – McDonald’s kompaniyasi hisoblanadi va bu ko'pchilikka unchalik yoqmaydi. Bu haqida Goal.com jurnalisti Zak Li Rigg shunday deydi: "Sportchilar va inson organizmiga katta zarari mavjud bunday mahsulotlar — fast-fud va kolani yonma-yon qo'yish juda g'alati. Lekin reklama, marketing tomondan olib qaralsa, bu juda samarali yo'l. McDonald’s ga rahmim keladi. Sizlarda inson salomatligiga zarar etkazuvchi mahsulot bor va siz uni qaerda reklama qilyapsiz? Dunyodagi eng sog'lom insonlardan hisoblangan futbolchilar yonidami? Bu shunchaki ayyorona marketing".

O'tgan vaqt davomida hayriya dasturlarida dunyoning turli burchaklaridan 10 mingdan ziyod bolalar ishtirok etdi. Braziliyadagi JCH-2014ga McDonald’s 1408 nafar bolakayni jo'natdi. Ularni saralab olish va qolgan barcha xarajatlarni kompaniya o'z byudjetidan qopladi. 

Avstraliya - CHili uchrashuvida Mark Breshiano maydonga qo'ltiq tayoqli bolakayni olib chiqdi. Uning oyoq kiyimi iplari echilib ketganda esa Breshiano shu zahoti yordamga oshiqdi, ipni bog'lab qo'ydi: "Bolakay sekin yurardi. Etibor bersam, oyoq kiyimining iplari echilib ketipti. Har bir ota-ona yoki futbolchi ham o'rnimda shunday qilgan bo'lardi – men shunchaki unga yordam berdim xolos". Ushbu lahzani fotograf Georgiy Salpigtidis fotoplyonkaga muxrladi. U shunchaki Breshiano va qo'ltiqtayoqli bolani kuzatib turgandi. Ushbu surat bir zumda er yuzi bo'ylab tarqalib ketti. "Rasm bu qadar tarqalishini o'ylab ham ko'rmagandim. Bolakay vaqtini maroqli o'tkazganidan xursandman", – kamtarlik qiladi Breshiano.

Konfederaciyalar Kubogi-2017da jami 350 bola maydonga tushdi, JCH-2018da – 1408 (1273 – nafari Rossiyadan). 6 - 10 yoshli bolalar konkurs orqali tanlab olingan. Ularning aksariyati kam taminlangan va mehribonlik uyi vakillari edi. Konfederaciyalar Kubogi-2017 uchrashuvida Krishtianu Ronaldu tribunalar ostidan 10 yoshli Polina bilan chiqib keldi. Aravachada o'tirgan qizaloqni ko'zlari yonib turardi. Bu voqea shuningdek tarixga terma jamoalar rasmiy uchrashuvlarida futbolchi imkoniyatlari cheklangan bola bilan chiqishi edi. Polina Ronalduga Portugaliya rangidagi tumorni sovg'a qildi, futbolchi esa – kurtka va qizaloqning peshonasidan o'pib qo'ydi.

Ingliz klublari ushbu annani pullik qilib qo'yishgan (top jamoalar bundan mustasno). CHempionshipda bu summa 780 funtgacha boradi. 2014 yil The Guardian gazetasi APL klublari futbolchilar bilan chiqib keluvchi muxlis-bolakaylar orqali qanday pul ishlashi haqida material tayyorladi. 2018/19-yilgi mavsumda bunday imkoniyat 20 jamoadan 11 tasida pullik. Top klublar ("Manchester Yunayted", "Manchester Siti", "CHelsi", "Liverpul", "Arsenal") barchasini tekinga qilishadi. "Fulxem", "Xaddersfild", "Nyukasl" va "Sautgempton" ham xuddi shunday yo'l tutadi. Top-klublar baxtlilarni random yo'li bilan aniqlaydi: shunchaki saytda ariza qoldirishingiz va omadingiz chopishini kutishingiz kifoya. Qolgan klublar, BBCning malumotlariga ko'ra, kamida 185 funt sterling olishadi. Misol uchun, "Bornmut".

"Bozori chaqqonlar" – "Everton" (718), "Vest Xem" (700) va "Lester" (600). Hayron bo'lmang, jaxlingiz ham chiqmasin: bu pullar forma komplekti, avtograf, futbolchilar bilan surat, o'yindan avval maydonga tushish, uchrashuv bileti va ovqatlanishga sarflanadi. Qolgan mablag' hayriya ishlariga sarflanadi. CHempionshipda faqatgina "Uigan", "Lids" va "Derbi" bularni bepul amalga oshiradi. Eng qimmat paket – "Nottingem Forest"da (600 - 780 funt). "Suonsi"da narx 479 funt, lekin har uchrashuvda bitta joy hayriya akciyalari uchun ajratiladi.

2015 yil "Vest Bromvich" bilan uchrashuvda maydonga 11 yoshli Kallum Uilyams chiqib keldi. Bolakay tug'ma nuqson tufayli har ikki oyog'idan ayrilgan. "Maydonga tushishimni aytishganda: "Oyoqlarimda "Suonsi" emblemasi tushirilgan surat bo'lsa zo'r bo'lardi, - deb o'ylagandim deydi Uilyams. Klub barchasini tashkillashtirdi, endi bolakay protezlar yordamida harakatlanmoqda. "Suonsi" emblemasi ham esdan chiqmadi. Uilyamsni klub bazasiga taklif qilishdi va u futbolchilar, murabbiylar shtabi vakillari bilan suhbatlashdi. Hattoki ular bilan to'p tepishga ham muvaffaq bo'ldi.

Bolalarning o'rniga maydonga boshqa kimnidir olib chiqsa bo'ladimi? 

Agar vaziyat shuni talab qilsa, ha. Bunga tarixda bir nechta misollar bor:

2015 yil may. "Kambyur"ga qarshi o'yinda "Ayaks" futbolchilari maydonga onalari bilan tushishdi. Ular shu yo'l bilan onalar kunini nishonlashdi. Bundan barcha muxlislar qattiq tasirlandi. "Ayaks" esa yirik 3:0 hisobida g'alaba qozondi.

2015 yil sentyabr. Futbolchilar "San-Paulu" - "Palmeyras" uchrashuvida bolalarning o'rniga maydonga kuchuklarni boshlab tushishdi va Braziliyadagi uysiz kuchuklar muammosiga ommaning etiborini tortishga harakat qilishdi. 

2018 yil aprel. "Everton"ning 14 yoshli muxlisi Jek Maklinden – robot yordamida futbolist bilan maydonga tushgan birinch inson. Bu robotni jiddiy kasallikka chalingan bolalar uchun o'ylab topishgan. Maklinden maxsus qurilmasiz nafas ololmaydi. SHu tariqa unga yolg'iz emasligini ko'rsatmoqchi bo'lishdi va qo'llab-quvvatlashdi. 

"Everton" sardori Fil Jagelka "Nyukasl" bilan o'yinga qo'lida robot bilan chiqib keldi.

2018 yil sentyabr. "Manchester Siti" "Fulxem" bilan o'yinga ikki muxlis buvilarni taklif qildi – 102 yoshli Vera Koen va uning 97 yoshli singlisi Olga. Ularning har ikkisi 1930 yildan buyon yillik abonement sotib olishardi. Vera stadionlarga 85 yildan buyon tashrif buyuradi. U futbolga endigina qiziqa boshlaganda tablo hali mavjud emasdi. Vera Koen – haqiqiy afsona: 2001 yildan buyon u o'zi pishirgan shirinliklar sotuvi orqali 23 ming funt sterling ishlab topdi va ularni Manchesterdagi shifoxona hisobiga o'tkazib berdi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика