So’nggi yangiliklar

12:13Игорь Сергеев: "Ҳакамларга ўйин борасида жиддий саволлар бор. "Пахтакор-79" билан боғлиқ фожиани унутмаслик лозим"  0 11:58Улуғбек Ҳошимов: "Пахтакор"га қарши биринчи марта ўйнаётганим йўқ"  0 11:27Бобир Абдихолиқов: "Ҳар қандай футболчи асосий таркибда ўйнашни хоҳлайди"  1 11:24Камолиддин Мурзоев: "Навбаҳор" янги футболчиларининг лицензиясини қайтариб олиниши ва очко олиб ташланиши мумкин"  8 11:10Жуд Беллингемнинг қачон сафга қайтиши маълум   0 10:51"Манчестер Юнайтед" яна бир 60 миллион евролик трансферни амалга оширмоқчи  0 10:20Ричард Фрайдей: "Пахтакор" дарвозабонига босим ўтказишга ҳаракат қилдим ва нимадир содир бўлиши мумкинлигини сездим"  2 09:46Жанлуиджи Доннаруммага асосий даъвогар жамоа маълум  6 09:18"Краснодар" сардори фаолиятини АПЛда давом эттиришга яқин  2 08:50Суперкомпьютер Ла лига фаворитлари номини эълон қилди  4 08:24Гарначо МЮ раҳбариятига ультиматум қўйди  9 08:01Пролига. Бугун Қорақалпоғистон дербиси бор  2 07:27Суперлига. Бугун учта учрашув бор  8 07:15Суперлига. "Нефтчи" бир киши кам бўлиб, "Насаф" устидан ғалаба қозонди. "Динамо" эса "Пахтакор" билан дуранг ўйнади  4 01:58"Ман Сити" Макатини 20+ млн фунтга сотиши мумкин. "Ноттингем" билан келишув сўнгги босқичда  0

Futbolchilar necha daqiqada o'zi minib yurgan mashinasiga teng pul ishlab topadi? Yangiliklar

Futbolchilar necha daqiqada o'zi minib yurgan mashinasiga teng pul ishlab topadi?

Ayni damdagi jahonning mashhur futbolchilari hech qachon bugungidan ko'ra boyroq bo'lmagan.

Ularning maoshi juda katta tezlikda oshib bormoqda.

Bankda puli ko'p bo'lishiga qaramay, futbolchilarning dam olishga vaqti juda kam, shu sababli boy futbolchilar superkarlar sotib olishga qiziqishadi.


Xesus Navasning 11,800 funtlik Nissan Micra avtomobili



Krishtianu Ronalduda dunyoda sanoqli hisoblangan Bugatti Veyron GSV lardan biri mavjud


Evropaning mashina sotuvchi onlayn do'koni Carspring tadqiqot o'tkazdi va ular futbolchi o'zi minib yurgan mashinasi pulini ishlab topish uchun maydonda qancha vaqt ter to'kishi kerakligini hisoblab chiqdi.

TOP-10

FutbolchiMilliy jamoaKlubMashinaMashina pulini topish uchun
maydonda ketadigan vaqt
Xesus NavasIspaniya"Manchester Siti"Nissan Micra00:11:17
Karlos TevesArgentina"SHanxay SHenxua"Porsche 
Panamera Turbo S
00:11:35
N'Golo KanteFranciya"CHelsi"Mini Cooper SD00:12:58
Fernando LorenteIspaniya"Suonsi"Fiat Punto00:13:52
Aksel VitselBelgiya"Tyanjin Kvanjin"Cadillac Escalade00:15:31
Benedikt XovedesGermaniya"SHalke-04"Beetle Cabrio00:15:52
Andre SHyurrleGermaniya"Borussiya" DJeep Wrangler Sahara00:18:37
Odion IgaloNigeriya"CHanchun Yatay"BMW X600:19:11
Janluiji BuffonItaliya"Yuventus"Fiat 50000:19:48
Graciano PelleItaliya"SHandong Luneng"Morgan Aero 800:19:58


Garri Keyn yaqinda sotib olgan Jaguar F Pace

"Barselona" hujumchisi Lionel Messi o'ziga mos kichik va tezkor Ferrari F430 Spider mashinasini xarid qilgan. Ushbu avtomobil soatiga 320 km tezlikda harakatlana oladi. Biroq bu temir tulpor Bugatti kabi 410 km/soat tezlikda harakatlana olmaydi.

Argentinalik ushbu "toychog'i"ni sotib olishi uchun maydonda 31 daqiqa 32 soniya o'tkazsa bas, demak u bir uchrashuvdan so'ng 3 ta Ferrari xarid qilishi mumkin. Ronaldu bilan solishtiradigan bo'lsak, Krishtianu Bugatti pulini ishlab topishi uchun 5 soat 15 daqiqa maydonda ter to'kishi kerak bo'ladi. Uning "Real"dagi haftalik maoshi 365 ming funt.

Ko'rib turganingizdek, dunyoning eng zo'r ikki futbolchisi bu ro'yxatda xatto kuchli o'ntalikka ham kira olmadi.


Graciano Pelle 92 610 funt turadigan Morgan Aero mashinasining pulini topishi uchun atigi 20 daqiqa maydonda yugursa bas

"SHanxay SHenxua"da haftasiga 635 ming funt topadigan Karlos Teves Xitoyda narxi 115 100 dollar turadigan Porsche Panamera Turbo S boshqaradi. Biroq bu u olayotgan maosh oldida hech narsa emas.

TANLAB OLINGANLAR

FutbolchiMilliy jamoaKlubMashina
Mashina pulini topish uchun
maydonda ketadigan vaqt
Lionel MessiArgentina"Barselona"Ferrari F430 Spider
00:31:32
Ueyn RuniAngliya"Manchester Yunayted"Aston Martin Vanquish S
00:50:36
Krishtianu Ronaldu

Portugaliya


"Real"
Bugatti Veyron Grand 
Sport Vitesse 
05:15:20
Demaray GreyAngliya"Lester Siti"Lamborghini Huracan 
09:52:49
Jorj BoydSHotlandiya"Byornli"Mercedes 300 SL
45:40:23

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика