Futbolchiga zarba berib, uni chetlatgan referi yil hakami deb topildi

Aslanov Jasurbek
4 may 2018, 15:07
Referi Toni Shapron Fransiya chempionatida yil hakami sovrinini qo'lga kiritdi.

Fransiya chempionatining 20-turidan o'rin olgan "Nant" - PSJ o'yinida Shapron yugurayotib mezbonlar futbolchisi bilan to'qnashib ketdi va yiqildi. Shundan so'ng u oyog'i bilan o'yinchiga zarba berdi va ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatib, uni maydondan chetlatdi. Keyinroq arbitr o'z harakati uchun kechirim so'radi, biroq u tanqidlar ostida qoldi va 3 oyga o'z vazifasidan chetlatildi. Shunga qaramay, ushbu referining hamkasblari Shapronni qo'llab-quvvatlash niyatida yil hakami sovrinida unga ovoz berishdi. Bu arbitr faoliyatidagi ilk sovrin bo'ldi.

O'sha vaziyat aks etgan videoni ko'chirib olish: TELEGRAM


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Eurosport.fr