Futbolchi farzandlariga Ronaldu familiyasini aytishni taqiqlaydi
16 dek 2016 21:19
Yangiliklar
Futbolchi farzandlariga Ronaldu familiyasini aytishni taqiqlaydi
Vest Xemning franciyalik futbolchisi Dimitri Payet Evro-2016dagi mag'lubiyatdan so'ng farzandlariga Ronalduning ismini aytishni taqiqlab qo'yganini aytib o'tdi.
"Mening farzandlarim bor. SHuning uchun ham futbolchilar bolalarga qanday tasir qilishini bilaman.
Ularning ko'zlaridan qaysi futbolchi muxlisi ekanligini bilib olish mumkin.
Bolalarimga Ronaldu va Messi yoqadi. Lekin, men Evro-2016dan so'ng farzandlarimga ularni familiyasini aytishni taqiqlab qo'yganman", - deydi franciyalik futbolchi.
Eslatib o'tamiz, Evro-2016 finalida Kristianu Ronaldu aynan Payet bilan to'qnashuvdan so'ng jarohat olgandi va almashtirilgandi.
Fikrlar