So’nggi yangiliklar

14:11Россиялик спорт шифокори намоз мушаклар шикастланишининг олдини олишда ёрдам беришини айтди  0 13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0 13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  4 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  1 12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  2 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  5 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  3 09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1 08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  2 08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  9 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  4 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  7 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0

Futbol jurnalistlari uchun FIFA instruktorlari ishtirokida seminar tashkil etildi Yangiliklar

Futbol jurnalistlari uchun FIFA instruktorlari ishtirokida seminar tashkil etildi

Toshkentdagi Ramada mehmonxonasida OAV vakillari va futbol jurnalistlari uchun FIFA instruktorlari ishtirokida seminar bo'lib o'tdi.
Mazkur seminarni FIFA instruktorlari Ali Traifi (Saudiya Arabistoni) hamda Farhod Abdullaev (O'zbekiston), shuningdek O'FF hakamlar va nazoratchilar Boshqarmasi boshlig'i Noil Lutfulin va FIFA referisi Ravshan Ermatovlar o'tkazdilar. Ikki soatdan oshiq vaqt davomida jurnalistlar hakamlar faoliyati bilan bog'liq ko'plab malumotlarga ega bo'lishdi va shu bilan birgalikda hakamlik va futbol qoidalariga oid bilimlarini sinab ko'rishdi. Buning uchun ularga futbol uchrashuvlari paytida sodir bo'lib turadigan turli xil bahsli vaziyatlar aks ettirilgan videomateriallar taqdim etildi.

Takidlash lozim, seminarga tashrif buyurgan jurnalistlar mazkur seminar unda qatnashgan barcha ishtirokchilar uchun foydali bo'lishini aytib o'tishdi va bunday seminarlarni yana tashkil etish taklifi bilan chiqishdi.

Seminarda ishtirok etgan FIFA instruktori Ali Traifi mazkur tadbir haqida o'z fikrlarini bildirdi va hakamlar bilan bir qatorda jurnalistlar ham futbol rivoji yo'lida muhim o'rin tutishini aytib o'tdi.

Futbol faqat futbolchi va murabbiylardan iborat emas. Unda bir qator boshqa soha vakillari ham borki, ularsiz bu sport turini tasavvur qilish qiyin. Hakamlarning qarorlari futbolda katta ahamiyatga ega va ayrim vaziyatlarda aynan ushbu qarorlar o'yin taqdirini hal qiladi. SHu bilan birga, futbolda jurnalistlarning ham o'rni kattadir. Aynan ular tufayli millionlab insonlar eng so'nggi futbol yangiliklaridan xabardor bo'lishadi. Ammo, ayrim vaziyatlarda ular o'z nuqtai nazaridan kelib chiqib, qoidalar haqida etarlicha bilimga ega bo'lmay futboldagi epizodlar, hakamlarning qarorlari borasida borasida fikr yuritadilar. Bu esa futbol muxlislari va o'quvchilar uchun noto'g'ri malumotlar tarqatilishiga olib keladi. Bugungi seminar aynan shunaqa holatlar takrorlanmasligi uchun ham tashkil etildi. Seminar davomida esa, o'zbekistonlik jurnalistlarning munozarali vaziyatlarni muhokama qilish paytida ancha aktiv bo'lganlari menga manzur bo'ldi, - deydi Ali Traifi.

Tadbir fotogalereyasi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика