So’nggi yangiliklar

18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  0 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  1 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  2 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  2 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  8 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  14 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  6 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  3 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1

“Futbol yulduzlari” kitobi muallifi Dilshod Isroilov vafot etdi Yangiliklar

“Futbol yulduzlari” kitobi muallifi Dilshod Isroilov vafot etdi

Bizning ko'p yillik qadrdonimiz, qalami o'tkir jurnalist, sevimli gazetamiz Toshkent oqshomi Bosh muharriri o'rinbosari Dilshod Isroilov kecha bu foniy dunyoni tark etibdi.

Uning professional mahorati haqida albatta, jamoadoshlari so'z aytsalar maqul. CHunki u bu gazetada uzoq yillar bo'lim boshlig'i, Bosh muharrir o'rinbosari bo'lib ishlab, jamoat orasida hurmat va etibor topgan edi.

Biz esa, uning ko'pgina ulfatlari qatorida yana bir kichik davra qadrdonlari sifatida, uning vafotidan g'amsinib qoldik. Dilshod davralarda suhbatlar tizginini ushlab tura olar, yangi va qiziqarli mavzular bilan suhbatni boshqara olar, atrofdagilarning yoshlari va kasblariga qarab muomala va munosabat qilardi. O'zi juda serqirra qiziqishlar sohibi edi. Rubob chalishni qotirar, musiqiy va badiiy filmlar to'plashga «kasal» edi. Futbol olamining bilimdoni, sanat olami kishilarining chin do'sti edi. “Futbol yulduzlari” kitobi muallifi. Mamlakatimiz yangi va yaqin tarixidan xabardor bo'lgan kamsonli iqtidorlardan edi. Bu biz bilganlarimiz. Yana qalbida yashirin qancha istedod va intilishlari ham bo'lgan bo'lishi kerak.

Axbor Imomxo'jaev, Marat Asadullaev, G'ulomjon Musaev, SHoikrom Isroilov singari taniqli yurtdoshlarimiz bilan bir davrada ulfatchilik kilgan do'stimiz Dilshod Isroilov xotirasi do'stlari, ulfatlari, o'rtoqlari va qadrdonlari qalbida abadiy saqlanadi. Ollohim safaringizni xayrli qilgan bo'lsin, do'stim!
Oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.


Muslimbek Yo'ldoshev
O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, oliy toifali suxandon

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика