

“Skaloni - Argentina terma jamoasi murabbiyi. U ham menga o'xshab o'z so'zining ustidan chiquvchi odam hisoblanadi. Biz barchasini og'zaki tarzda kelishib oldik”, - dedi Tapiya.
Eslatib o'tamiz, Skalonining Argentina futbol assotsiatsiyasi bilan amaldagi shartnomasi shu yilning oxirigacha amal qiladi. Uning qo'l ostida jamoa Amerika kubogini qo'lga kiritdi va jahon chempioniga aylandi.



