So’nggi yangiliklar

23:10Айбек Нурбаев: "Ўз хатоларимиз эвазига мағлуб бўлдик"   0 23:05Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятда дарвозабонни айбламаган бўлардим"  1 22:51РПЛ. "Акрон" Эсанов ишлаган пенальти орқали тарихий ғалабани қайд этди  2 22:42Суперлига. "Олимпик" - "Сўғдиёна" 0:1  0 22:25Суперлига. "Сўғдиёна" "Олимпик" устидан тарихий ғалабага эришди  10 22:12Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" қўшимча бўлимларда пенальтидан урилган гол эвазига "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, ярим финалга йўл олди  26 22:08ПРО-Лига. "Машъал" ўз майдонида "Арал"га имконият қолдирмади  1 21:46Виталий Левченко: "Жасур Жалолиддинов ҳақидаги хабарни Championat.asia сайтида ўқидим"   5 21:40Григорий Колосовский: "Навбатдаги 2 очкони йўқотдик"   3 21:28Эшитдик-да! Ҳусановнинг жамоадоши "Аталанта"га ўтмоқда  2 20:57ПРО-Лига. "Қўқон-1912" мавсумдаги еттинчи мағлубиятини қабул қилиб олди  6 20:39Расман: Марко Ройс МЛС жамоасига ўтди  2 20:27Суперлига. "Металлург" - "Нефтчи" 0:0  0 20:00Суперлига. Охирги ўриндаги "Металлург" "Нефтчи" билан дуранг ўйнади  27 19:55"Кетсанг-чи, энди. Барибир сени майдонга туширмаймиз"  6

Futbol va xalqning ustidan kulish bu! (Erkin fikr) Yangiliklar

Futbol va xalqning ustidan kulish bu! (Erkin fikr)

O'zbekiston terma jamoasi Osiyo o'yinlaridagi ishtirokini 26 sentyabr kuni tugatdi.
SHu kuni Saudiya Arabistoniga yutqazib qo'ydik va barchasi tamom bo'ldi. Yana xuddi shu kuni oliy ligada navbatdagi tur bahslari o'tkazildi. Esingizda bo'lsa, O'zbekiston - S.Arabistoni bahsi bizning vaqt bilan soat 16:00da boshlandi. Xuddi shu vaqtda Jizzaxda “So'g'diyona” - “Metallurg” o'yiniga start berildi.

Terma jamoamiz Inchonda jon olib jon berib keyingi bosqich yo'llanmasi uchun kurashayotgan bir paytda Zominda navbatdagi “spektakl” namoyish etildi. Tasavvur qilyapsizmi, u yoqda qanaqa futbol o'ynaldi-yu, bu yoqda nima o'ynaldi? Mana shunday o'yinlarning kasri terma jamoamizga urmagan deb kim ishonch bilan ayta oladi? Boshqalarni bilmadim-u, shaxsan men shunday narsalarga ishonaman. Saudiya bilan o'yinni yodga oling-a, qo'ymasa ham bo'ladigan penalti va yuz marta qaytarsangiz ham sira o'xshamaydigan avtogol.

Masalan, men oliy liganing tavqi lanatisi terma jamoaga urishiga ishonaman. Yoki Saudiya bizga nisbatan shunchalik kuchlimidi? Lanat tekkan chempionatning kasri afsuski, faqat va faqat terma jamoalarga uryapti. O'smirlarimiz jahon chempionatiga chiqa olmay qaytib kelishdi, Osiyo o'yinlarida 20 yillik tarixni takrorlash puchga chiqdi. Ammo bu bilan oliy liganiyam, birinchi liganiyam ishi yo'q. Toshabinlarga futbol emas, cirk ko'rsatilyapti. Xuddi birov chiqib xalqning ko'z o'ngida maymun o'ynatayotgandek.

“So'g'diyona” o'z maydonidagi oxirgi ikkita bellashuvda 5:4 o'ynab, nafaqat Jizzax futboli, balki butun bir o'zbek futbolining ustidan kuldi. “Parma” - “Milan” bahsidagi 5:4ni misol sifatida keltirgan Davron Fayziev ana bo'lmasam deb yana 5:4 o'ynadi. Men faqat bir narsaga achindim. Yani, shu o'yinni Valentin Kovalenkodek tajribali hakam boshqarganiga. Undan ko'ra birorta ikkinchi liga hakamini qo'yishsa o'shayam boshqarib berardi.

O'zi “So'g'diyona” - “Navbahor” bahsidan keyinoq rosa gap-so'zlar chiqib ketgandi. Lekin mavzu faqat shu o'yin bilan yopilib qolmadi. “So'g'diyona” - “Metallurg” o'yinidan keyin “kelishilgan o'yinlar” mavzusi yana ochildi. Ammo hech kim buni tan olayotgani yo'q. PFL ham bu borada jim turibdi. Bu xuddi og'ir yotgan bemorning hayot uchun qiynalib kurashayotganini ko'ra bila turib jimgina qarab turgan do'xtiring holatiga o'xshaydi. Axir o'zbek futboli jar yoqasiga kelib qoldi, hozir qulab ketadi, lekin ushlab qoladigan qo'l qani? Kerak bo'lsa, o'sha qo'lning o'zi itarib yuborishga tayyor.

O'yindan keyin ikkala murabbiy ham bunday maydonda futbol o'ynash og'ir debdi. To'g'ri gap, og'ir bo'lgani uchun ham “Paxtakor” zo'rg'a 1:0ga yutib keldi, “Bunyodkor” va “Lokomotiv” arang 2:0 hisobida g'alaba qozonib qaytdi. Vaholanki, bu klublarda mahorat bobida ancha yuqori futbolchilar, kerak bo'lsa, terma jamoa azolari to'p tepishadi. Ular bunday maydonda qiynalib zo'rg'a gol urayotgan bir paytda “Metallurg” va “Navbahor” to'rttalab yasadi. Biz Sardor Rashidov, Egor Krimeclarni kuchli deb yurgan ekanmiz, lekin asl kuchlilar “Metallurg” bilan “Navbahor”da ekan. Endi terma jamoaga shu klublardan o'yinchi olish kerak.

“So'g'diyona”-ku mana shunday yomon maydonda oxirgi ikki o'yinda 10ta gol urdi. Hatto dunyoning eng kuchli klubi ham ketma-ket ikkita bellashuvda 10ta gol urolmasa kerak. Raqamlarga etibor bering, “So'g'diyona” urgan gollar 29taga etdi. Taqqsolash uchun chempionlik uchun kurashayotgan “Paxtakor”da 32ta, 6-o'rinni egallab turgan “Olmaliq”da 26ta, 10-o'rindagi “Dinamo”da esa 21ta gol bor. Lekin bu jamoalar bemalol yurishibdi, “So'g'diyona” esa bir kam o'ttizta gol bilan ham elitadan tushib ketishi mumkin.

Xullas, gollarga boy bo'lgani bilan bu kabi o'yinlar muxlislarga zavq ulashish uchun emas, balki xalqning ustidan kulish uchun o'ynalmoqda. Bu qachongacha davom etishini bilmadig-u, lekin bu ketishda yoshlarimiz (1995-96lar) Osiyo chempionatida, kattalarimiz esa Osiyo Kubogida hech narsa ko'rsata olmay qaytib kelishadi.

X.Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика