So’nggi yangiliklar

16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  0 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  2 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  3 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  4 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  17 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  9 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  8 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4

Futbol va turizm - davlat siyosati Yangiliklar

Futbol va turizm - davlat siyosati

Teglar :  Futbol va turizm
Yurtimizda sodir bo'layotgan turli sohalardagi o'zgarishlar barchamizni befarq qoldirmayapti.

Davlat siyosati turmush hayotimizga bevosita bog'liqligini inobatga olgan holda Prezident qarorlarining futbolga to'g'ri keladigan nuqtalaridan foydalanish muhim o'rin tutadi. SHavkat Miromonovich Mirziyoev O'zbekistonda sayyohlikni yanada rivojlantirish bo'yicha qator takliflarni ilgari surgan holda maxsus qarorlarni imzolayapti.

Ichki turizm rivojlanishi valyuta tashqariga chiqib ketmasligiga sabab bo'lsa, chet eldan keladigan sayyohlar evaziga davlat g'aznasini valyuta bilan to'ldirish mumkin. Ehtimol, futbolga buning nima aloqasi bor dersiz.

Keling, Turkiya qanday qilib qishki yig'inlar uchun markazga aylanganini yodga olamiz. Rossiyaning "Rotor" klubi 1995 yil mashg'ulot o'tkazish uchun Antaliyaga boradi. U paytda Antaliya bugungidek katta salohiyatga ega emasdi, yani futbol klublari uchun. Yig'in yakuniga etgach, "Rotor" vakili ularga xizmat ko'rsatgan kutib oluvchiga, nima uchun mehmonxonalar oldida futbol maydonlari yo'qligini, qish oylarida bu erga kelib mashg'ulot o'tash ideal maskan ekanini aytadi.

SHundan keyin Turkiya mehmonxonalari birin-ketin mashg'ulot maydonlarini barpo eta boshlaydilar. Bugunga kelib qish bo'yi Antaliyadagi mehmonxonalar "o'lik" mavsumda ham mijozlarga boy. Ularning juda katta qismi futbol klublaridir. Birgina futbol ortidan Turkiyaga kirib kelayotgan millionlarni endi o'zingiz bir chamalab ko'ravering

Aytaylik, biz ham nima bilandir futbol klublarini o'zimizga jalb etishimiz mumkinmi? Samarqand va Buxoro deganda MDH davlatlaridan tortib Evropagacha yaxshi bilishadi. Lekin na Samarqand va na Buxoroda bitta tekis, yani to'liq standartga javob beruvchi suniy maydon mavjud emas. Masalan, tarixiy shaharlarda ikkitadan suniy maydon qurish orqali yurtimiz g'aznasini yaxshigina mablag' evaziga boyitib olishimiz mumkin.

Turkiya ham bir deganda hozirgi darajaga etmagan, buning uchun ancha yil kerak bo'ldi. Biz esa avval kichik futboldan boshlaymiz. O'zbekiston yoshlar terma jamoasining Osiyo chempioni bo'lgani O'zbekiston Respublikasi Prezidenti kayfiyatini ko'tarib yuborgani sir emas, buni SHavkat Miromonovich futbolchilarimizning Toshkentga kelishlari bilanoq sovg'alar bilan siylagani shaxsan o'zlari katta maqsadlar oldida turganimizdan darak.

O'zbekistondek salohiyatga ega davlat uchun ikkita suniy maydonni qurish hech gap emas. Bu bilan biz O'zbekistonni MDHda bolalar futboli markazi bo'lishiga poydevor qo'ya olamiz. Buxoroda "Imom Al Buxoriy", "Minora", Samarqandda esa "Amir Temur" va "Buyuk ipak yo'li" kabi butun dunyo biladigan nom ostida turli futbol musobaqalarini o'tkazsak bo'ladi.

Faraz qiling, "Buyuk ipak yo'li" Kubogi orqali Xitoy, Italiya, Rossiya, Greciya, Malayziya va qo'shni davlatlar bilan nufuzli musobaqalarni tashkil etsak bo'ladi. Ham ziyorat, ham futbol, ham sayyohlik. Sayyohlik kompaniyalaridan tashqari O'zbekiston futboliga skautlar kirib keladi.

SHu tariqa Evropaga chiqa olmayotgan yosh istedodlarni O'zbekistonda turib xorijliklar nazariga tushishiga erishamiz. CHet el klublarining faqat poytaxtga emas, balki Samarqand va Buxoro kabi shaharlarga tashrif buyurishi futbol ommaviyligini yana oshiradi degan o'ydamiz.

X.Xoliqov.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика