So’nggi yangiliklar

14:25Футзал бўйича Осиё Кубоги саралаш босқичи: Филиппин – Ўзбекистон. Таркиблар маълум  0 14:05Райан Гиггз мураббийликка қайтишга тайёр  0 13:39Кейн "Олтин тўп" ҳақида: "Албатта, бу ҳақда ўйлайман!"  0 13:16"Насаф" яна бир етакчиси билан шартномани узайтирди!  2 13:03Ўзбекистон U-20 бош мураббийи Фарҳод Нишонов: "Биздан янги "Ҳусанов"ларни қидиришмоқда"  0 12:41ПФЛ "Насаф"нинг футболчини ижарага бериш масаласидаги таклифини қабул қилмади  0 12:15Англия Кубоги 4-босқичига қуръа ташланди: "Сити"га осон рақиб тушди, МЮ Ван Нистелрой қўл остидаги "Лестер"га қарши ўйнайди  0 11:58Саҳоб Рашидов "Сўғдиёна"да  4 11:39Ўзбекистон терма жамоаси футболчиси "Ордабаси" билан хайрлашди  2 11:23Ўзбекистонлик ҳакам бугун 2 учрашувда иш олиб боради  0 11:10Футзал. Бугун Ўзбекистон Осиё чемпионати саралашидаги иштирокини бошлайди  1 11:03Расман. Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси янги мавсумни «Бунёдкор»да бошлайди  2 10:57«Манчестер Сити» ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттиради  2 10:48АПЛдагилар космосдан тушмаган ёхуд уни "Манчестер Сити"да нима кутмоқда? Ҳусановнинг саргузаштлари ўзбекистонлик мураббийлар нигоҳида  7 10:31«Краснодар» тарбияланувчиси «Сурхон» кўригидан ўтмоқда  1

Futbol uchun o'rta maktabdan voz kechgan, penaltilar qaytarish bo'yicha rekordchi Zommer haqida Yangiliklar

Futbol uchun o'rta maktabdan voz kechgan, penaltilar qaytarish bo'yicha rekordchi Zommer haqida

“Manchester Yunayted” klubi Martin Dubravkani o'z safiga qo'shib olishdan biroz avvalroq Yan Zommer xizmatiga jiddiy qiziqish bildirgandi.

Biroq shveycariyalik kiper ingliz klubi taklifini rad qildi. Etiborlisi shundaki, Millatlar Ligasida CHexiyaga qarshi o'yinda penaltini qaytardi. 2020 yildan beri hech bir futbolchi Zommerga penaltidan gol ura olmayapti. Ketma-ket qaytarilgan penaltilar soni 5tani tashkil qilmoqda. Qolaversa, u “Bavariya” (1:1) bilan bellashuvda 19ta (!) seyvni namoyish qilib, Bundesliga rekordini o'rnatgandi.

Maktabdan voz kechgan darvozabon
Yan 1988 yilning 17 dekabrida SHveycariyaning 15000 aholisi bo'lgan Morj shaharchasida dunyoga keldi. Onasi moliya sohasida, otasi koordinator vazifasida ishlagan. Lekin 5 yildan keyin uning oilasi Cyurix yaqinidagi shaharga ko'chib o'tgan.

Qahramonimiz shu erda 5 yoshidan boshlab futbolga qiziqa boshladi. Ota-onasi uni mahalliy “Xerliberg” akademiyasiga olib bordi. Yan akademiyaga borgan vaqtidayoq darvozabon sifatida o'ynamoqchi ekanini malum qildi. Balki bu avlodlarning davomi bo'lishi uchun shunday qarorga kelgandir. CHunki Zommerning amakisi va otasi darvozabon bo'lishgan, ammo professional darajaga chiqa olmagan. Bir necha yildan keyin Yan Buffondan ilhom olishini aytadi.

2003 yilda Zommer “Konkordiya” farm-klubi orqali “Bazel”dan joy oldi va dastlabki qiyinchiliklarga duch kela boshladi. Birinchidan u dekabrda tug'ilgan bois, har bir jamoada eng kichigi bo'lib qolardi. Ikkinchidan uning bo'yi darvozabonlar kabi baland emasdi.

Qahramonimiz 15 yoshida “Bazel” bilan ilk professional shartnomasini imzoladi. Lekin u asosiy jamoada uchinchi raqamli kiper hisoblanardi. SHu sababli uni ko'pincha o'rinbosarlar safiga jalb qilishardi. 19 yoshga chiqqanida esa u ijarada o'ynash istagini bildirdi. Natijada, u Lixtenshteynning “Vaduc” jamoasi bilan SHveycariya 2-divizionida o'ynaydigan bo'ldi.

“Vaduc” safida u ancha toblandi. UEFA kubogi turnirida omadsizlikka uchradi. Ichki chempionatda esa omadli kelib, oliy divizionga ko'tarildi. Yan esa 3 yildan keyin “Grassxopper”ga yo'l oldi. “Bazel”ga qaytgach, bir yildan keyin asosiy darvozabon Franko Kostanco o'rnini to'ldirdi. SHuningdek, U-21 toifasidagi Evro turniri unga omadli keldi. CHunki u terma jamoa bilan finalga qadar etib bordi va hal qiluvchi bahsda Ispaniyaga yutqazib qo'ydi.

Yan “Bazel” bilan mamlakat chempioni va kubok sohibi bo'ldi. ECHLda nimchorak finalga qadar etib bordi. Mavsum oxirida terma jamoadagi debyutini nishonladi. Ruminiyaga qarshi o'rtoqlik bellashuvidan keyin unga ishonch ortdi.



Ter SHtegen o'rnini egallagan kiper
2013/2014 yillar mavsumiga qadar Yan qatorasiga 4 marta shohsupani zabt etadi, evrokuboklarda o'zini ko'rsatadi. JCH-2014 arafasida u “Borussiya M”dan shartnoma oladi. CHunki u vaqtda nemis klubi darvozaboni Mark-Andre ter SHtegen “Barselona”ga yo'l olishi kutilayotgandi.

Gladbaxliklar qahramonimizdan ko'p narsalarni kutishgandi. U muxlislar yoqimtoyi va mahalliy tarbiyalanuvchi o'rnini egallagandi. Asosiy tarkibdan joy olish uchun ayniqsa, so'nggi chiziq poziciyasi sohibi nemis maktabi tarbiyalanuvchilaridan ustun ekanligini isbotlashi talab etilardi.



Evro-2020da qahramonlik ko'rsatgan Zommer
2019 yilda u Evropa Millatlar Ligasida Serxio Ramosning 2ta zarbasini qaytardi – aqldan ozish hech gap emas! CHunki Ramos bunga qadar qatorasiga 25ta penaltini golga aylantirgan futbolchi edi.

O'tgan yili shveycariyalik kiper “penaltilar kushandasi” Jorjinoni “nuqta”dan shol urish imkoniyatidan mahrum qildi. Bu esa Italiya terma jamoasini JCH-2022 yo'llanmasidan mosuvo qildi.
2021 yilda Zommer faoliyatidagi eng yorqin davr bo'ldi deyish mumkin. Evrodagi mukammal o'yinlardan keyin uni nafaqat doimiy muxlislar, hatto uy bekalari ham taniy boshladi. Turnirda u 21ta zarbani qaytarib, jamoasini chorak finalga olib chiqdi. Asosiy qahramonligi esa 1/8 finalda Franciyaga qarshi bahsga to'g'ri keldi. U o'sha kuni 5ta aniq zarbani bartaraf etgan, keyinchalik penaltilar seriyasida Mbappening hal qiluvchi to'pini ham qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

Ispaniya bilan bo'lgan chorak final bahsida Yan 10ta seyvni namoyish etib, turnir rekordini o'rnatdi. To'g'ri, SHveycariya penaltilar seriyasiga ko'ra, Evro bilan xayrlashdi. Biroq bu masalada darvozabonga hech qanday etiroz qolmagandi. Har holda u “Manchester Siti”da o'ynayotgan Rodrining zarbasini qaytarishga erishgandi.

Darvoqe, Zommerning ajoyib o'yinlari sababli hatto shahar darvozasi nomlari ham uning ism-sharifi bilan o'zgartirish taklif etildi.




Samandarbek tayyorladi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика