So’nggi yangiliklar

23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  1 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  0 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  6 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  1 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  13 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  7 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  3 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  49 21:03Абдувоҳид Неъматов: "Жамоамиз очко олишида ўз ҳиссамни қўшмоқчи эдим, аммо бу насиб қилмади"  32 20:43Париж-2024. Аргентинанинг Марокашга қарши 90+16-дақиқадаги гол икки соатдан сўнг бекор қилинди (хабар таҳрирланди)  12 20:28Расмус Хойлунд янги мавсумда Марсьялдан бўшаб қолган рақамда ўйнайди  1 20:05Париж-2024. Ўзбекистон илк турда Испанияга мағлуб бўлди, кейинги рақиб Миср  376 20:04Аскер Нажафалиев Осиё кубоги саралаш босқич доирасидаги ўйинни бошқаради  0 18:32"Реал" "Ливерпуль" юлдузини нишонга олди  3

Futbol tarixidagi eng qimmat jamoa - Neymar, Pogba va Mbappe uchun deyarli yarim milliard Yangiliklar

Futbol tarixidagi eng qimmat jamoa - Neymar, Pogba va Mbappe uchun deyarli yarim milliard

Bugun sayyoramizning eng qimmat futbolchilardan iborat o'ziga xos jamoani etiboringizga taqdim etamiz.

Evropa klublari quyidagi 11 o'yinchi uchun 1 milliard 332 million evro (!) sarflashgan.


Darvozabon

Kepa Arrisabalaga (Ispaniya) = 80 million evro
Transfer: 2018 yil "Atletik Bilbao"dan "CHelsi"ga

Kepa Arrisabalaga hamon futbol tarixidagi eng qimmat darvozabon bo'lib qolmoqda. Misol uchun, "Liverpul" Alisson uchun deyarli 20 million evro kamroq sarflagan, Ederson "Manchester Siti"ga ikki barobar arzonroqqa tushgan.

"Real" esa Tibo Kurtuani 35 million evroga xarid qilgan.


Himoyachilar

Xarri Maguayr (Angliya) = 87 million evro
Transfer: 2019 yil "Lester"dan "Manchester Yunayted"ga

Futbol tarixidagi eng qimmmat darvozabon singari barcha davrlardagi eng qimmat himoyachisining ayniqsa o'tgan mavsumdagi o'yiniga achinadi kishi. Ish shu darajaga etib bordiki, Xarri MYUning bazi muxlislari tomonidan tahdidlarga uchradi va Angliya termasi ishqibozlarining hushtakbozligiga sababchi bo'ldi. Ommaning munosabatini o'zgartirish ancha qiyin bo'ladi.


Matteys De Ligt (Niderlandiya) = 85.5 million evro
Transfer: 2019 yil "Ayaks"dan "Yuventus"ga

De Ligt "Ayaks"dagi ajoyib mavsumidan keyin "Yuventus" safiga qo'shildi va jamoa bilan CHempionlar Ligasi yarim finaligacha chiqdi. Matteysning Turindagi ishlarini ko'ngildagidek deb bo'lmaydi, biroq u hali ancha yosh himoyachi: gollandiyalik hozir 22 yoshda, Turinga 19 yoshda kelgan.

De Ligt ayni damda "Yuve" bilan shartnoma muddatini uzaytirish borasida muzokara o'tkazmoqda.


Virjil van Deyk (Niderlandiya) = 84.6 million evro
Transfer: 2018 yil "Sautgempton"dan "Liverpul"ga

Virjil bilan "Liverpul" himoyasi darhol yaxshilandi. "Qizillar" van Deyk bilan har mavsum titulga ega chiqishdi. Yurgen Klopp davridagi eng qiyin davr o'tgan mavsum bo'ldi, chunki Virjilning xochsimon bog'lami uzilgani tufayli deyarli butun mavsumni o'tkazib yubordi.


Yarim himoyachilar

Pol Pogba (Franciya) = 105 million evro
Transfer: 2016 yil "Yuventus"dan "Manchester Yunayted"ga

"Manchester Yunayted" o'z hisobidan nafaqat futbol tarixidagi eng qimmat himoyachi transferi uchun pul to'ladi, balki eng qimmat yarim himoyachi uchun ham mablag' sarfladi. Agar Maguayrda hali to'g'rilanishi uchun imkoni bo'lsa, Pol Pogbaning "Old Trafford"dagi sarguzashtlari tugadi desak, ham bo'laveradi: francuz o'ziga bildirilgan ishonchni oqlay olmay, "MYU"dan erkin agent sifatida ketdi.

Undan faqat 6 yil ichidagi 200ta yorqin soch turmagi va 20ta yorqin o'yinlari xotira bo'lib qoldi. 


Frenki De Yong (Niderlandiya) = 86 million evro
Transfer: 2019 yil "Ayaks"dan "Barselona"ga

Frenki yozda "Manchester Yunayted"ga o'tishi va Pogbaning o'rnini bosishi ehtimoldan holi emas. Har holda bu — mankunianliklar yangi bosh murabbiyi Erik ten Xagning orzusi. De Yong "Barsa"dagi obro'siga putur etmagan, lekin buyuklikka erishishi va tan olinishi uchun Kataloniya klubiga bemavrid kelgani aniq.


Filippe Koutino (Braziliya) = 135 million evro
Transfer: 2018 yil "Liverpul"dan "Barselona"ga

Katalonlarning "o'xshamagan" transferlaridan yana biri uzoq vaqt kuzatilgan, lekin bitim imzolangandan keyin u nima uchun kerakligini hech kim tushuntirib berolmagan o'yinchi — Filippe Koutino. Oradan 4 yarim yil o'tib, "Barsa" uni 20 million evroga "Aston Villa"ga berib yubordi.

Filippening "ko'k-anorranglilar"ga nisbatan eng epik pallasi 2:8 hisobida yakunlangan o'yindagi ishtiroki bo'ldi. Koutino o'sha bahsda "Bavariya" safida "Barselona"ga qarshi maydonga tushdi va 2ta gol urib, 1ta assist qayd etdi.


Usman Dembele (Franciya) = 140 million evro
Transfer: 2017 yil "Borussiya"dan (Dortmund) "Barselona"ga

Koutino, Dembele, yana 120 million evroga xarid qilingan Grizmann ham bor. Bu transferlarga etibor qaratsangiz, "Barsa"ning ayanchli moliyaviy ahvoli ham hayratlantirmay qo'yadi. Usman uchun 140 million evro to'lashdi, yana 5 yil davomida futbolchi maoshi uchun anchagina pul sarflandi. Endi esa uni erkin agent sifatida qo'yib yuborishyapti. Ajoyib! No comment... deyisharmidi?!


Hujumchilar

Neymar (Braziliya) = 222 million evro
Transfer: 2017 yil "Barselona"dan "Pari Sen-Jermen"ga

Aytgancha, Dembele transferi Neymar uchun olingan mablag'dan to'lab berilgan. Ko'rib turganingizdek, rekord darajadagi transfer summasidan "Barselona"dagilar oqilona foydalana olishmadi. Neymar ham PSJ istagan baxtga erishtira olmadi: CHempionlar Ligasi kubogi parijliklar uchun hamon orzuligicha qolmoqda.


Joau Felish (Portugaliya) = 127.5 million evro
Transfer: 2019 yil "Benfika"dan "Atletiko"ga

2019 yil "Atletiko" Antuan Grizmanni "Barselona"ga sotdi va daromadini 19 yoshida "Benfika"ning yorqin yulduziga aylana olgan Joau Felish uchun sarfladi.

O'tgan 3 yil ichida portugaliyalikning iqtidoriga ortiqcha baho berilgani malum bo'lgandek. Biroq oxirgi mavsumda Jaou o'yinida o'sish sezildi va umid hali butkul so'ngani yo'q.


Kilian Mbappe (Franciya) = 180 million evro
Transfer: 2018 yil "Monako"dan "Pari Sen-Jermen"ga

5 yil avval Mbappe PSJga o'tdi: forvard klubdagi birinchi mavsumni ijara huquqlari asosida o'tkazdi, 2018 yil esa klub 180 mln evaziga o'yinchini "Monako"dan sotib oldi. Qizig'i shundaki, 5 yil o'tib, Kilian klubdan ketmagan bo'lsa-da, PSJ u uchun ancha ko'proq pul to'lashiga to'g'ri keldi. Bu o'rinda boshqa jamoaga tovon puli berilmagan, lekin Mbappe ayni damda butun dunyodagi eng qimmat futbolchi ekaniga shubha yo'q.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика