“Futbol sharhi” ko'rsatuvi Namanganda
14 iyu 2014 13:31
Yangiliklar
“Futbol sharhi” ko'rsatuvi Namanganda
“Sport” telekanalida har haftaning dushanba kunida efirga uzatiladigan “Futbol sharhi” ko'rsatuvining navbatdagi soni Namangan futboliga bag'ishlanadi.
Ushbu ko'rsatuv ijodkorlari ayni paytda Namangan shahrida mehmon bo'lib turishibdi. Zafar Imomxo'jaev boshchiligidagi ijodiy guruh azolari safar davomida Namangan viloyati teleradiokompaniyasi ijodkorlari bilan hamkorlikda navbatdagi ko'rsatuv uchun lavhalar tayyorlashmoqda.
Xususan kecha ijodkorlar yaqindagina foydalanishga topshirilgan “Navbahor” o'yingohida bo'lishdi. “Futbol sharhi Namanganda” deb nomlangan ko'rsatuvda Namangan viloyat hokimligi sport va madaniyat ishlari boshqarmasi boshlig'i, “Navbahor” futbol klubi vice-prezidenti Rasuljon Nizambaev bilan suhbat uyushtirildi.
Suhbat chog'ida, viloyat sporti, yaqinda yakuniga etgan “Barkamol avlod-2014” sport musobaqasi hamda “Navbahor” futbol klubiga oid mavzular ko'tarildi. SHu bilan birgalikda, Zafar Imomxo'jaev “Navbahor” futbol klubi ijrochi direktori G'anisher Ismoilovdan ham kichik intervyu oldi.
Ushbu ko'rsatuv “Sport” telekanali orqali yaqin kunlar ichida mamlakatimiz muxlislari hukmiga havola etiladi.

Fikrlar