Futbol sehrgari Inesta ketmoqda, yig'lamang
28 apr 2018 19:30
Yangiliklar
So'nggi to'rt yilda "Barselona" o'z sardorlari, muhim futbolchilari, haqiqiy afsonalaridan ajralmoqda. 2014 yilda Karles Puyol barcha futbol muxlislarini yig'latdi. Undan keyin Xavi "Kamp Nou"ni tark etdi. U tez orada jamoaga qaytadi, biroq murabbiy sifatida. Ana endi barchaga, jumladan "Real" muxlislariga ham Inestaning ketishini kuzatish juda og'ir bo'ladi.
"Inesta sochlarini bo'yamaydi, sirg'a taqmaydi va tatuirovka qildirmaydi. Balki u reklama uchun to'g'ri kelmas. Nima bo'lganda ham Andres barchadan eng zo'ri va haqiqiy afsona", - dedi Gvardiola.
Andres Albacete yaqinidagi kichik, ikki mingga yaqin aholisi bor Fuentealbilya nomli qishloqda o'sib ulg'aydi. U erliklarning shiori g'alati edi: "Albacete, cágateyvete", yani "Albasete, keldingmi tezroq ket". Bildingiz-a, unday joylarda qanday insonlar istiqomat qilishini, Inesta aynan o'sha erda katta bo'ldi.
12 yoshligida Andres o'zining tug'ilgan joyini tashlab, Kataloniyaga ko'chib ketadi. U futboldagi ilk qadamlarini "La Masiya"da tashladi, biroq o'zidan katta yoshli futbolchilar bilan birga to'p tepgani uchun etakchilik sifatlarini ko'rsata olmadi. Mashg'ulotlardan keyin u uyqudan yotishdan oldin plakatga qarab, shirin-shirin orzular qilardi va yulduz futbolchi bo'lishni o'ylardi. O'sha plakatda Pep Gvardiolaning rasmi bor edi.
Gvardiola kitobidan: - Bir necha yillardan buyon uni mashg'ulot qildiraman va shu boisdan yaxshi bilaman. U eng zo'ri bo'lib qoladi. Yomon o'ynaydigan futbolchini yaxshi darajaga olib chiqish juda qiyin. Unga dribling qilishni, kimdir fint qilsa undan to'pni olib qo'yishni ham o'rgatib bo'lmaydi. Yangi scenariylar, futbolcha fikrlash - futbol tomosha qilganda o'rganiladi. Bunga tezlik ham, kuch ham, sanat ham kerak emas. Tito Vilanova Andresga shunday baho bergandi: "U yugurmaydi, sirpanadi. Xuddi xokkeychiga o'xshab, biroq uning konkilari yo'q". Bu to'g'ri o'xshatish edi. U shunday sirpanadiki, ortda, yonida qanday voqeliklar bo'layotganini ko'rmasa ham biladi, his qiladi. Ayrim paytlarda odamni ko'rgandagi ilk baho to'g'ri bo'lib chiqadi. Inestadan bo'lgan ilk taassurot shunday bo'ldi, "Nayk" jamoasida ishlab yurgan vaqtlarida akam mening oldimga keldi va Andres haqida gapirdi: "O'zing borib bolakayning "Nayk Kubogi" finaligacha bo'lgan o'yinlarini ko'r".
Eslayman, u mashg'ulotdan keyin tezda kiyindi va o'yinga ketdi. O'shanda uning qanday futbolchi ekanligini bilganman. Finaldan keyin uni uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi etib taqdirlashdi. Yo'l-yo'lakay uning o'yinlarini futbol daholaridan biri Santyago Segurola tomosha qilayotganini ko'rib qoldim. Unga: "Uning o'yinini endi ko'ryapman, dahshat", bu mening Andresga bo'lgan ilk taassurotim edi".
2002 yilning 29 oktyabr kunida ECHL doirasida "Bryugge"ga qarshi o'yinda Lui van Gal qo'l ostida 18 yoshli futbolchi asosiy tarkibda debyut qildi. Umuman olganda van Gal faqatgina Inesta emas, Xavi va Puyol, shuningdek, "La Masiya"ning yana bir necha futbolchilariga katta ishonch bildirgan. Oradan bir qancha vaqt o'tib, etarlicha tajribaga ega bo'lgan futbolchi Messi bilan birgalikda "Kamp Nou"ni sehrlab qo'ydi.
Avvaliga yosh Inesta o'zini ko'rsata olmadi, chunki u Luis Enrike, Tyago Motta, Deko kabilarning soyasida o'ynadi. Raykard jamoa boshqaruvini o'z qo'liga olganidan keyin maydon markazida Deko-Edmilson-Xavi uchligi o'ynadi. Murabbiy Xaviga ko'proq o'yin amaliyoti berdi. Inesta jamoani tark etishi kutilayotgan Gvardiolaning vorisi bo'lishi kutilgandi.
Vaqtlar o'tib, Gvardiolaning plakati Inestaning plakatiga o'zgartirildi va unga Pepning imzosi tushirilgandi: "Men ko'rgan futbolchilar orasida eng zo'ri". Inesta Gvardiolaning o'rnida o'ynadi. Pep esa ketishidan oldin o'z jamoadoshlariga Andresni uchratgan kuni haqida gapirib ketdi. U Xaviga shunday degandi: "Sen meni o'rnimda bo'lasanmi? Andres barchamizning o'rnimizni bosa oladi". SHu kuni, o'sha gaplardan keyin Inesta o'ziga kela olmadi va o'zini yo'qotib qo'ydi. Yordamga Luis Enrike keldi. Buni qarang, oradan 12 yil o'tib Inesta Enrikega murabbiylik faoliyatidagi ilk mavsumidayoq trebl qayd etishida muhim omil bo'ldi.
Inesta ko'p vaqt zaxirada o'tirmasdi. U deyarli asosiy tarkib futbolchisiga aylandi, Deku yoki Edmilsonning o'rnida o'ynardi. Pep Gvardiola boshqaruvini o'z qo'liga olganidan keyin Deku va Edmilson jamoani tark etdi. Oqibatda Andres asosiy tarkibning muhim futbolchisiga bo'ldi. U uzoq vaqtlar davomida Xavi bilan birgalikda "Barsa"ning markazida o'ynadi. Ular futbol tarixidagi eng yaxshi duet bo'lib qoldi, ular Gvardiola qo'l ostida futbolning yangi tarixini yaratishdi. Illyuziyachi va sehrgar. Ular birgalikda sehr ishlatishardi.
Inesta katta ramziy terma jamoalaridan o'rin olishni va hujumkor yarim himoyachi sifatida individual sovrinlar qo'lga kiritishni boshladi. Andres "Barselona"da ham, Ispaniyada ham kam gol urardi, biroq o'sha gollar jamoaga sovrinlar tuhfa etardi. U hech qachon tezkor o'ynamagan. Biroq uning o'yin texnikasi futbol muxlislarini o'ziga rom etardi. U ikkala oyog'ida ham bir xil o'yin ko'rsatardi. Xavi va Inesta "Barselona"ning mexanizmiga aylandi. Biroq ular ikki xil xarakterli inson edi. Xavi hakam bilan bahslashishni yaxshi ko'rardi. Inesta esa maydonda jimgina o'z vazifasini bajaradi.
Inesta keyinchalik "Barselona"ga yana qaytishi mumkinmi? Balki, buyuk futbolchilardan yaxshi murabbiy etishtirsa bo'ladi. Qaerdan bilasiz, vaqt o'tib, Gvardiola va Enrike kabi Inesta ham jamoaning bosh murabbiyi bo'lar...
Mirjalol Normatov tarjimasi
Fikrlar