So’nggi yangiliklar

15:16"Навбаҳор" Сардор Рашидов билан келишувга эришди  2 15:11Эксклюзив! Тимур Кападзе: "Мақсадимиз бор ва унга қараб интиламиз"  4 14:47Ўзбекистон U-23 терма жамоаси бош мураббийи ва футболчилари дастхати қўйилган тўпни ютиб олинг  0 14:42ОЛИМПИАДАГАЧА. Акром Комилов: "Испания индивидуал кучли, лекин ўзбекистонлик йигитлар ҳеч кимдан қолишмайди"  2 14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  5 13:03Месси кесма паслар бўйича Топ-5 нинг охирги 2 мавсумида етакчи. Лео ПСЖни бир йил олдин тарк этган  13 12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  3 11:42Эшитдик-да! "Олимпик"нинг яна бир футболчиси Суперлиганинг бошқа клубига ўтмоқда  6 11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  5 10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  41 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  20 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  28 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  3 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  15

"Futbol retro talqinda" (95-son) Yangiliklar

"Futbol retro talqinda" (95-son)

Ushbu ruknimizdan tarixga aylangan, ammo har bir futbol muxlisiga zavq bag'ishlaydigan fotosuratlar joy oladi.

Lohihamiz katta tanaffusdan so'ng yana qaytdi. Bundan buyon g'oyibona tarzda tez-tez qarshingizda paydo bo'lishga hamda sizning qo'llab-quvvatlovingiz va faolligingiz evaziga rivojlanib borishga harakat qilamiz.   

Maqsadimiz — eski davrga oid suratlarni futbol ixlosmandlariga taqdim etib, ularga tanish voqealarni eslatish hamda yangi, qiziqarli voqeliklar, statistik ko'rsatkichlar, faktlar bilan bo'lishish.  

1982 yilgi "Oltin to'p" sohibi Paolo Rossi va Polshaning ikki karra eng yaxshi futbolchisi Zbignev Bonek. “Yuventus”. 1985 yil. 

Malumot uchun, Bonek ayni paytda Polsha futbol associaciyasi rahbari sanaladi.

P.S. Formalarga etibor bermaysiz, ular “Liverpul” futbolchilari bilan libos almashib olishgan.

Italiya terma jamoasi. 1988 yil.

Ikki karra ECHL g'olibi ("Bavariya", MYU) – Ouen Xargrivz. PlayStation shinavandalari kuchli zarba sohibini yaxshi esalashadi.

6 o'yinda 6 ta g'alabaga erishib, jahon chempioniga aylangan Braziliya termasi. 1970 yil.

Franciyalik taniqli futbolchilar David Jinola va Marsel Desayi. 1995 yil. 

Malumot o'rnida, Desayining haqiqiy ismi – Odenke Abbey. U Marsel nomini oilasi Franciyaga ko'chib kelib, onasi franciyalik diplomatga turmushga chiqqanda olgan.

Franciyaning 2008 yildagi eng yaxshi klubi – "Lion.

Faoliyati davomida biror marta qizil kartochka olmagan argentinalik hujumchi Ernan Krespo ("River Pleyt"). 1996 yil.

Angliya futbolida qizil kartochkaga eng ko'p (13 marta) loyiq ko'rilgan yarim himoyachi – Roy Kin.

Pele tomonidan tuzilgan "FIFA 100" ro'yxatidan o'rin egallagan yagona kolumbiyalik – Karlos Valderrama.

Malumot uchun, "FIFA 100" — tashkilotning 100 yilligiga bag'ishlab, eng yaxshi futbolchilardan tuzilgan o'yinchilar ro'yxati. Pelega tanlash uchun 300 ta futbolchidan iborat ro'yxat taqdim etilgan. "Futbol qiroli" esa 100 ta emas, 175 kishini tanlab olishga qaror qilgan.

Bitta surat — uchta "Oltin to'p".

Izoh: suratda "Oltin to'p"ni 1 marta yutgan Xristo Stoichkov va 2 marta yuksak mukofotga sazovor bo'lgan Ronaldo keltirilgan.

ECHL: "Milan" – "Real" 1:1. To'p uchun kurashda JCH-2006 g'olibi, himoyachi Massimo Oddo va 2007 yilgi "Oltin to'p" egasi Kaka. 2009 yil.

JCH-1966. Franciya – Meksika 1:1.

Franciya terma jamoasining o'yinoldi surati.

Tepa qatordagilar: Gabriel de Mishel, Jan Jorkaeff, Rober Budzinskiy, Bernar Boske, Marsel Obur, Marsel Artelesa (sardor).

Pastki qatordagilar: Nestor Komben, Jozef Bonnel, Filipp Gonde, Rober Erben, Jerar Xausser.

"Bolonya" – "Fiorentina". Italiya chempionati yulduzlari Roberto Badjo va Gabriel Batistuta salomlashishmoqda. 1997/98 yilgi mavsum.

CHL. 1/4 final javob o'yini: "Yuventus" – "Real" 2:0. 

Daniyaning ikki karra eng yaxshi futbolchisi Mikael Laudrup Italiyaning ikki karra eng yaxshi o'yinchisi Alessandro Del Perodan qochib ketmoqda. 1996 yil.

2000 yilgi Evropa chempionati: Norvegiya - Ispaniya. Hujumchi Steffen Iversen Norvegiyaga guruh bosqichi 1-turida Ispaniya ustidan g'alaba keltirmoqda.

"Bavariya"dan "Inter"ga o'tgan Karl-Xaync Rummenigge Bundeslina to'purari sovrinini qabul qilib olmoqda. 1983/84 yilgi mavsum to'purariga aylangan Rummenigge o'shanda 26 ta gol urgan.

"Borussiya"ga qarshi CHempionlar ligasi finalida "Yuventus"ni qo'llab-quvvatlash uchun kelgan muxlislar. 1997 yil. 

Yakunda dortmundliklar 3:1 hisobida g'alaba qozonib, chempion bo'lishgan.

Pike, Fabregas, Messi, yana kimnidir tanidingizmi?

2005 yilda Frank Riberi Franciyaning "Mec" klubidan boshqa mamlakat jamoasi – "Galatasaroy"ga o'tgan. 

Franciyalik Istanbul klubida 17 o'yinda qatnashib, 1 ta gol urgan va Turkiya kubogini yutgan. Etiborlisi, ushbu sovrin Riberining faoliyatidagi birinchisi edi.

Zinedin Zidan Franciya terma jamoasining bog'ichli libosida. 1997 yil.

Tarix yaratuvchilari!

2011 yil ramziy jamoasi. Qalay?

Bir kuni "Portu"da...

“Fenomen”ning ko'rsatkichlari.

1960-yillarning eng kuchli futbolchilari.

Bonus. Tomoshabinlar bilan to'lib-toshgan "Paxtakor" stadioni. 1974 yil.

Oldingi 10 ta son:

O'zgarmagan Pepe, "Ayaks"ning buyuk tarkibi (85-son)
"Buyuk sardor", "Bavariya" afsonalari (86-son)
Aka-uka Kumanlar, klassik qarama-qarshilik (87-son)
Niderlandiya-2005, bitta kadrdagi ikki afsona (88-son)
JCH-1994 liboslari, CHLni yutgan eng yosh murabbiy (89-son)
Jaydari bolalar, A Seriyaning 90-yillardagi posbonlari (90-son)
Ronaldu evolyuciyasi, Karles Puyol "orzular jamoasi" (91-son)
Qishloqlik ispan yigiti, eng sovrindor murabbiylar (92-son)
Jahldor "Oltin to'p" egalari, PSJ ramziy termasi (93-son)
2009 yilgi "Benfika", EVRO-2008 ramziy jamoasi (94-son)

G'oya muallifi: SHerzod Nurmatov

Muallif : Sherzod Nurmatov
Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика