So’nggi yangiliklar

01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  2 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  2 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  9 00:22Ўзбекистон термасида Сречко Катанец қўл остида илк марта шундай ҳолат кузатилди  11 00:05Шерзод Насруллаев: "Майдоннинг ҳолати яхши эмаслиги бугунги ўйинга таъсир қилди"  14 23:40Элдор Шомуродов: "Ҳар бир учрашувда фақатгина уч очко учун ўйнаймиз"  9 23:22ЖЧ саралаши. Эрондан кичик ғалаба, БАА Қатарда камбек амалга оширди  18 22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  4 22:24ЖЧ саралаши. B ҳамда C гуруҳидаги ўйинларнинг асосий таркиблари маълум бўлди  6 21:58Сречко Катанец: "Мақсадимиз томошабоп ўйин эмас, ЖЧга чиқиш"  47 21:44Жалолиддин Машарипов: "Яхши ўйнадик дея олмайман, асосийси ғалаба"  20 21:34КХДР бош мураббийи: "Биз кутган натижа бўлмади"  18 21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР 1:0, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  31 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  340

Futbol muxlisini tepgan "Qirol Erik" haqida Yangiliklar

Futbol muxlisini tepgan "Qirol Erik" haqida

Erik Kantona - franciyalik futbol afsonasi.

Ushbu sportchi nafaqat istedodi, balki og'ir fel-atvori, agressiv xarakteri bilan tanilgani-yu kurakda turmaydigan “xurmacha” qiliqlari sabab bir necha bor maydondan chetlatilgani, uzoq muddatli diskvalifikaciyalarga uchrab, jarima to'laganlari hamon yodingizdadir. Uning faoliyati doim kutilmagan voqeliklarga to'la edi.

Buni qarangki, Erik faoliyatini yakunlagach ham muxlislarni hayratda qoldirishda davom etdi: u o'zining yangi qirralarini ochdi, filmlar suratga olishni boshladi va o'zi ham ularda rol ijro eta boshladi. Biroq, Erikning kino olamidagi faoliyati sportdagisi bilan bahslasha olmaydi. Muxlislar har doim uning sahnada emas, futbol maydonida ijro etgan harakatlarini ko'proq qumsaydi. Hozir unig sportdagi faoliyati haqida qisqacha to'xtalamiz.



Bolalik va o'smirlik
Erik Daniel Per Kantona Franciyaning Marsel shahrida 1966 yilning 24 may sanasida dunyoga keldi. Bo'lajak futbol yulduzi o'rtahol oilada voyaga etdi: uning otasi tibbiyot sohasida ishlar, onasi esa buyurtma asosida chevarchilik bilan shug'ullanar edi. Futbolga qiziqishi bolalikdan o'yg'ongan Erik o'smir yoshida “Oser” klubi safidada professional tarzda shug'ullanishni boshladi. Yigitcha bir necha yil mobaynida yoshlar jamoasida to'p tepgach, 1983 yoilda “Oser”ning asosiy jamoasi safida maydonga chiqdi. Ikki yildan so'ng Kantonaning faoliyatida tanaffus yuzaga keldi: u harbiy xizmatga chaqirildi va bir yil davomida o'z burchini o'tab qaytdi. SHundan keyin Erik hayotini sevimli sport turiga bag'ishlashga qaror qildi.



Futbol
Armiyadan keyin Erik Kantona “Martig” klubida o'ynay boshladi, bir yil o'tgach, 1986 yilda “Oser”ga qaytdi va ilk jiddiy shartnomasiga imzo chekdi. Uning o'yini etibordan chetda qolmadi: oradan bir yil o'tgach, mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyi Anri Mishel futbolchinni milliy jamoaning asosiy tarkibiga safarbar qildi.

Tez orada Erika Kantona nomi Franciya terma jamoasiga hamohang ravishda yangray boshladi, ammo bu hujumchining yorqin o'yinlari sabab ro'y bermadi. Kantona janjallar va axloqsizligi bilan boshqalardan ajralib turardi. Bir necha bor janjallar uyushtirgan, jamoadoshlari bilan urishishdan, raqiblarga nisbatan kuch ishlatishdan tap tortmaydigan futbolchi 3 oy muddatga jamoadan chetlatildi. Jazo tufayli Kantona g'azab otiga mindi va murabbiyga o'z etirozlarini “yumshoqlik bilan” bayon qilgani tufayli yil davomida terma jamoa o'yinlarida ishtirok etish huquqidan mahrum qilindi.



1989 yilda Erik Kantonaning sayyorligi boshlandi. U qisqa muddat ichida “Bordo”, “Monpele”, “Marsel” va “Olimpik Nim” klublarida to'p tepib chiqishga ulgurdi. Hujumchi xulq-atvori sabab bir jamoa safida uzoq muddat qololmas edi.

Futbolchi o'z hislarini jilovlay olmas edi. U jamoadoshlari bilan tez-tez mushtlashib ketar, rahbariyat shaniga nomaqbul so'zlarni ishlatar, hattoki, o'yinlardan birida hakamga to'p bilan zarba berib, uning qaroriga noroziligini shu tarzda ifoda etgan edi.

Bu chiqishlar ham etibordan chetda qolmadi. Kantona yana futboldan chetlatildi, keyin diskvalifikaciya muddati uzaytirildi. SHu pallalarda Erik ilk bor sportni tark etish haqida ham o'ylab ko'rdi. Ammo, terma jamoa ustozi iqtidorli futbolchini ruhlantira oldi va uni mamlakatni tark etishga chorladi.



1992 yilda Kantona Angliyaga ko'chib o'tdi va “SHeffild Uensdey” jamoasida debyut qildi. Keyinroq “Lids Yunayted”ga transfer qilingan franciyalik futbolchi Angliya kubogiga ega chiqdi. O'sha yilning kuzida Erik afsonaviy ingliz klubi “Manchester Yunayted”ning 7 raqami tushirilgan liboslarida maydonga tusha boshladi.

Afsuski, MYUdagi 7 raqami ham, urilgan gollar ham Kantonani nomaqbul harakatlari uchun belgilanadigan jazolardan qochish uchun asos bo'lolmas edi. Unga goh maydondagi qo'polligi uchun qizil kartochka ko'rsatilar, goho raqib muxlislarining yuziga tupurgani uchun jarimaga ham tortilar edi.

1995 yilda butun dunyo sport nashrlarining muqovasini Erik Kantonaning surati bezadi. Unda franciyalik futbolchi “Kristal Pelas” jamoasi muxlisiga kung-fu uslubida zarba berayotgan holatda tasvirlangandi.

To'langan jarimalar, chetlatishlar va 120 soatlik ahloq tuzatish ishlaridan keyin Kantona maydonga qaytib, yana o'z futbolini namoyish qilgani holda “qizil iblislar”ga Angliya kubogini olib berdi.


1996/1997 yilgi mavsum avvalida Erik Kantonaning jamoadoshlari va muxlislari faoliyatini yakunlash to'g'risida bergan bayonoti ko'pchilikni hayratda qoldirdi. U endigina 31 yoshni qarshilagan edi.

Kantona hech qachon qaysidir raqibga qarshi o'ynash uchun maydonga chiqmagan. Aytishicha, u faqat mag'lubiyat xayoliga qarshi kurashgan va maydonda doim 100% kuchini tashlab chiqqan. SHunga ko'ra, forvard futbolni har doim kishilar o'rtasidagi ishqiy munosbatga qiyos etib keladi.



SHaxsiy hayoti

Futbolchining shaxsiy hayoti faoliyatidan ko'ra sokin o'tgan. 1980-yillarda Erik Kantona birinchi bor uylangan. Sportchi Izabel Ferrer ismli go'zalni tanlagan. Ushbu turmushdan Rafael va Jozefina dunyoga kelgan. Afsuski ko'p o'tmay ikki yosh ajrashishgan.

Erik Kantona yolg'izlikda ko'p qolib ketgani yo'q. Uning ikkinchi xotini Rashida Brakni bo'ldi. Ular rejisser Terri Binistining «Ochofat» («Objora») kinosida tanishib qolishgan. Bu turmushdan ham ikki farzand dunyoga kelgan — Emir va Selma.



Faxriddin Ro'ziev tarjimasi

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика