So’nggi yangiliklar

19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  1 18:39"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни яхшилайди – олдинроқ хавбек учун 45 млн евро беришганди. "Аталанта" уни 60 миллионга баҳоламоқда  0 18:15"Реал" Карвахаль ва Менди билан келишувни узайтиради  1 17:55Зафармурод Абдираҳматов: "Биз қўлимиздан келганча ҳаракат қилдик, лекин тўп дарвозага киришни истамади"  37 17:32"Интер" ва Дюмфрис йилига 4 млн евро маош билан 2028 йилгача шартнома бўйича келишувга эришди. Дензелга МЮ қизиққанди  1 17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  1 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  2 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  2 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  2 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  2 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  2 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  5 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  2 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  8 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  1

Futbol muxlisidan Umid Ahmadjonovga ochiq xat: Turg'unboev va Mo'minjonov nimaga kechirilmasligi kerak? Yangiliklar

Futbol muxlisidan Umid Ahmadjonovga ochiq xat: Turg'unboev va Mo'minjonov nimaga kechirilmasligi kerak?

Bu maqolani yozsammi, yozmasammi, deb uzoq o'yladim.

Aytganlarimning umuman foydasi bo'lmasa, bir pulga qimmat qog'oz sifatida qolib ketishi turgan gap. Yana kimlargadir hecham yoqmasligi aniq. SHunday bo'lsada, oxiri yozishga qaror qildim. Zero, bugun quyida bildirilayotgan fikrlar oqibatida futbolimiz oz bo'lsada foyda ko'rishi ehtimoli bor. Mana shu asosiysimi, demak, boshladik...

***

Aziz Turg'unboevning olti oyga futboldan chetlatilgani futbolimiz uchun katta yo'qotish bo'ldi. Bu erda ikkita holatni alohida takidlab o'tish darkor:

1. Aziz Turg'unboev rostdan ham bu erda to'lig'icha aybdor. Uning qilgan xatti-harakatlaridan o'sha davrda «online» xabardor bo'lib turgan va yakunda ancha yomon oqibatlarga olib borishi mumkinligini o'shandayoq sezgan inson sifatida bunga to'liq qo'shilaman;

2. SHunga qaramay, malum muddat uning yashil maydonlardan (katta maydonlardan) chetda qolishi, bu shubhasiz, futbolimiz uchun katta yo'qotish bo'ladi. Futbolchi ikkinchi davrada «Navbahor»ga borib qo'shiladi, bunga shubha yo'q. Lekin uning birinchi davrada Namangan jamoasi safida bo'lmasligi o'zi shundoq ham chempionatimizda yo'qolib borayotgan chempionlik intrigasini yanada susaytiradi. Qaysi manodaki, oldingi yillarda «Lokomotiv», «Paxtakor», «Nasaf» va «Bunyodkor»lar deyarli teng kuchli jamoalar edi va shunga monand milliy chempionatimiz ham har holda ancha qiziqarli o'tayotgandi. Oxirgi ikki mavsumda «Navbahor» bu «kvartet»ga qo'shilib olish harakatiga tushdi hamki, bu orada «Nasaf» va «Bunyodkor» mazkur ro'yxatdan ancha uzoqlashib ketdi. Natijada, chempionlik poygasiga ergashayotgan jamoalar soni yana qisqarmoqda. «Navbahor»ga to'xtaladigan bo'lsak, Namangan jamoasi vakillari mavsumoldi munosabatlarda chempionlik uchun kurashishlarini elon qilayotgan bo'lsalarda, bu borada «Lokomotiv» va «Paxtakor»ga etarli darajada qarshilik qilishlariga shaxsan men ishonmayman. O'zi shundoq ham kuchsizroq bo'lib turgan «uchinchi» jamoamizdan asosiy qurol - Aziz Turg'unboevning tushib qolishi esa chempionatimizdagi intrigani yanada kamaytirishi aniq. Hozirgi holatda Superligamiz aynan shunaqa scenariy bo'yicha ketishini hech qanday shubhalarsiz aytsa bo'ladi.

***

O'tgan mavsum futbolimiz uchun tub burilish yili bo'ldi. Ilk bor o'tkazilgan Superligamizda ozmi-ko'pmi muvaffaqiyatlarga erishdik. Bunga qo'shimcha ravishda milliy terma jamoamizga Ektor Kuperdek murabbiy olib kelindi.

Lekin kutilmagan qarorlar va ayniqsa, ularning o'zgarishlari ham uchrab turdi. Masalan, «Buxoro» klubi 300 million so'm, «Navbahor» va «Bunyodkor» klublari 500 million so'm jarimaga tortilishi ko'pchilikni g'alati ahvolga solgan bo'lsada, keyinroq mazkur jarimalarning kechib yuborilgani yana bir malum holatlarni paydo qildi. Qaysi manodaki, kimgadir yoqdi, kimlardir futbolimiz rahbarlarini o'z so'zida turmaydigan insonlar sifatida tanqid qilishdi.

O'shanda Umid Ahmadjonov intervyularining birida shunday degandi: - «Navbahor» va «Bunyodkor»ga solingan jarimalardan voz kechdik. Muhimi, har ikki klubga va shu orqali qolganlarga ham O'FA qarorlarini hurmat qilish kerakligini tushuntirdik. U o'rtoqlik o'yini bo'ladimi yoki boshqami - o'z xatosini tushunib etmaganlar sportga qadamini ham bosmaydi. O'FA qaroridan keyin uni muhokama qiladigan odamlar, klublar vakillari topildi, hammasidan xabardormiz. Ammo futbolchining harakati chetda qoldi. Biz esa uni chetda qoldirmaymiz. Til uchida xato qildim deb qo'ygani kam. Har kim nima qilganini ongli ravishda tushunsin va qolganlarga ham shuni tushuntira olsin. Klublar esa tartib haqida unutmasin. Oldingi davrlar o'tib ketdi. Endi hammasi boshqacha bo'ladi. «Buxoro» ham o'ylamasin, puldan shunchaki voz kechiladi, deb. O'FA bir marta kechiradi, ikki marta kechiradi. Keyin kech bo'ladi. «Navbahor» bilan bo'lgan voqea «Buxoro»ga o'rnak bo'lsin, «Buxoro» voqeasi yana boshqa klubga. Nima demoqchiman, bitta voqeadan hamma xulosa chiqarsin. Bizda birinchi marta shunday bo'ldi-ku, degan gaplar o'tmaydi. Bu futbol maydoni emas - har bir futbolchiga alohida sariq va qizil kartochka ko'rsatib chiqadigan. Biz uchun kimdirning xatosi qolganlar uchun ham saboq bo'lishi shart».

Bu ilk kechirishlar edi. Oldinda hali yanayam qiziqarli kechirishlar turgandiki...

Bu orada O'FAni tanqid qilgani uchun futbolan chetlatilgan Vadim Abramov va soxta hujjatlar bilan «ishlagani» uchun futbol o'ynashi taqiqlab qo'yilgan Dilshod Ahmadaliev ham kechirib yuborildi.

SHu erga kelganda o'shanda futbolimiz rahbari Umid Ahmadjonovning jurnalist Matluba Mustaevaga bergan intervyusidan yana bir parchani keltirib o'tmay ilojim yo'q:

Babayan masalasi nima bo'ladi? Bungacha uning chetlatilgani haqida o'qigandik. Futbolga qaytganini Latviya nashrlaridan bildik.

Umid Ahmadjonov: - Uning borasida poziciyamiz o'zgarmaydi. Milliy jamoadan o'z manfaati yo'lida foydalangan, deb hisoblaganimiz uchun ham yaqin orada o'zbek futboliga qaytarishni rejalashtirayotganimiz yo'q. O'FA qarori faqat biz uchun amalda bo'ladi. Xalqaro miqyosda esa omadini bersin. Endi bizning futbol faqatgina bir insonga qarab qolmaydi, faqat bir kishi hammasini o'z holicha hal qilib tashlamaydi. Hamma bir yoqadan bosh chiqarishga intiladi. SHuningdek, nasib bo'lsa, mundialni o'tkazib olsak, xorijlik tajribali mutaxassisni ham O'zbekistonga olib kelamiz.

Bu erda sana judayam muhim. Maqola chop qilingan kun - 2018 yil 18 aprel. Buni hozir ham internetdan tekshirib olishingiz mumkin. Ko'plab nashrlar uni o'z sahifalarida chop etishgan.

Malum bo'lyaptiki, o'sha kezlarda ham Babayan haqida negativ fikrlar bo'lgan. Lekin bu yilgi mavsum boshiga kelib Samvel Babayanning diskvalifikaciyasi 2018 yil 1 fevraldayoq olib tashlanganligi haqidagi xabarlar rostdan ham o'zbek futboli nashrlarida bomba kabi portlab chiqdi.

Hamma Babayanga yana mag'zava ag'dara boshladi, hali bu yilgi chempionatimiz davomida yana qanday kunlar boshimizdan o'tadi, bunisi ham nomalum.

SHaxsan menda Samvel Babayanga ham, Vadim Abramovga ham hech qanday teskarilik yo'q, nashrlarda ularni engilgina tanqid qilgan bo'lishim mumkindir, lekin shaxsiyatiga tegadigan biror gap aytmaganim aniq.

Dilshod Ahmadaliev borasidagi yakuniy qarorni ham to'g'ri bo'lgan, deb bemalol ayta olaman. Aytilgan va «qaytilgan» bo'lsa ham, hammasi futbolchi foydasi uchun yakun topganidan judayam xursandman.

Endi masalaning asosiy va eng muhim qismiga o'tsak. Malumki, Samvel Babayandan diskvalifikaciyani olib tashlanishida «Bunyodkor» klubi tomonidan yo'llangan rasmiy xat sabab bo'lgani aytildi.

O'FA rasmiy xabari:

«SAMVEL BABAYAN «BUNYODKOR» KAFILLIGI OSTIDA O'FA IJROQO'MI TOMONIDAN AFV ETILGAN»

Samvel Babayan O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2018 yo'llanmasini qo'lga kirita olmaganidan so'ng istefoga chiqarilgandi. Keyinroq tashkilot Samvel Babayanning bosh jamoadagi faoliyatini alohida o'rganib chiqish talab etilgan o'n mingdan ziyod maktubni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining portali orqa-li qabul qilib oldi. Aynan mana shu so'rovlarga asosan 2018 yilning 15 yanvar kuni Samvel Babayanga nisbatan O'zbekiston futbol associaciyasi ish ochdi hamda mazkur ish yakuniga qadar O'FA Ijroqo'mi murabbiyni futboldan chetlatdi. O'rganishlar Samvel Babayan milliy terma jamoadan o'z manfaatlari yo'lida foydalangandi degan xulosaga olib keldi. SHuning o'ziyoq uning uchun terma jamoalar eshiklarini yopish uchun etarli bo'ldi. Biroq keyinchalik O'FA Ijroqo'miga «Bunyodkor» futbol klubi nomidan bildirgi taqdim etilib, Babayandan diskvalifikaciyani olib tashlash so'ralgan. «Bunyodkor» futbol klubi S.Babayanga shaxsiy kafil bo'lish tashabbusini bildiradi va unga qo'llanilgan intizomiy chorani engillashtirishni so'raydi. Zero so'nggi vaqtlarda davlat rahbarining shaxsan o'zi bilib-bilmay aybli qilmish qilgan va o'z aybidan chuqur pushaymon bo'lgan shaxslarni afv etmoqda. O'z navbatida aybini tan olgan va uni yuvish uchun mehnat qilishga tayyor turgan shaxslarga nisbatan insonparvarlik principini qo'llagan holda yordam qo'lini cho'zish zarur deb hisoblaymiz», - deyiladi yozilgan bildirgida. O'FA Ijroqo'mi azolari mazkur xatni bir ovozdan yoqladi. SHu tariqa O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan ochilgan ish 2018 yilning 1 fevral kuni yopildi hamda Samvel Babayanning diskvalifikaciyasi bekor qilindi».

Saytga joylashtirilgan sana: 2019 yil 27 fevral

Futbolga aloqador qaysidir subekt bir insonni kechirish borasida bildirgi bilan chiqishi va uni qabul qilishi shu tarzda amalga oshishi mumkin ekan, men bugun futbolimizga kelajakda yuqoridagi shaxslardan ham ko'ra ko'proq foydasi tegishi mumkin bo'lgan Aziz Turg'unboev va Ilhom Mo'minjonov masalasini ko'ndalang qo'ymoqchiman - mazkur ikki vakilimizni ham kechirishlari va imkon qadar ularni tezroq futbolga qaytarishlarini so'rab murojaat qilmoqchiman. Hech kimni ishonishga majburlamayman, lekin meni Tur-g'unboev bilan ham, Mo'minjonov bilan ham hech qanday bordi-keldim yo'q. Buni shunchaki, futbolimiz rivoji uchun bir misqol bo'lsa ham foydasi bo'ladi, deya taxmin qilganimdan aytyapman.

O'ylaymanki, bugun «InterFutbol» nashrida chop etilayotgan maqola tez orada boshqa nashrlarda ham paydo bo'ladi va buni PFL va O'FAdagilar hech bo'lmaganda muhokamaga qo'yadilar. Zero, malum shaxslarni kechirib, malum shaxslarni kechirmaslik...

Xullas, u yog'i o'zingizga havola.

----------------------------------------------------------------

P.S.: shu o'rinda futbolimiz rahbarlari Aziz Turg'unboev bilan Ilhom Mo'minjonovdan ham diskvalifikaciyani olib tashlasak, unda bizning qarorlarimizga hech kim ishonmay qo'yadi, deb o'ylashlari turgan gap. O'zi shundoq ham hammasi tekis ketayotgani yo'q-ku. «Dinamo» (Samarqand) va «Surxon»ning kamgina asoslar bilan Superligaga qo'shib olinishi ayni damlarda yodimga tushib ketdi va «postskriptum»ni aynan shu notada tugatishga qaror qildim.

Behzod AHMADJONOV, "InterFUTBOL" gazetasi.

Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика