So’nggi yangiliklar

02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  1 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  12 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  402 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  1 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  7 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  5 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20

Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazi ochilish marosimi bo'lib o'tdi Yangiliklar

Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazi ochilish marosimi bo'lib o'tdi

Xabaringiz bor, so'nggi yillarda yurtimizda millionlar o'yini bo'lgan futbol sport turini ommaviyligini oshirish, mamlakat futbolini sohada rivojlangan davlatlar bilan raqobatlasha oladigan darajaga olib chiqish bo'yicha qator amaliy ishlar tizimli ravishda yo'lga qo'yilib, bajarilib kelinmoqda.

2019 yil 4 dekabrda “O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident farmoni O'zbekistonda professional futbolni rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini belgilab berdi.

Ushbu farmon ijrosini to'liq taminlash maqsadida futbol mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga ilg'or ilmiy-metodik va innovacion texnologiyalarni joriy etish orqali futbol sohasida etuk va chuqur bilimga ega kadrlar tayyorlash kabi ko'plab masalalarga etibor qaratib, kutilayotgan yakuniy natijalar muvaffaqiyatli amalga oshirilishi maqsad qilindi.

Futbolni atroflicha tahlil qilish natijasida mahoratli mutaxassislar etishmasligi, zamonaviy futbolga zarur bo'lgan yana bir qator yo'nalishlar bo'yicha mutaxassislar kamligi aniqlandi.

SHubhasiz, futbolning bugungi rivojlanish tendenciyasi mamlakatimizda yaratilgan futbol infratuzilmasini malakali sport menejerlarini tayyorlash tizimiga moslashtirishni davrning o'zi ham talab etmoqda.

SHu bois, xalqaro talab va standartlar asosida futbol bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash maqsadida futbol mutaxassislarini tayyorlash markazi o'z ishini boshladi. Bugun “Bunyodkor” stadionida ushbu markazning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirda O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov, Milliy Olimpiya qo'mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov, futbol faxriylari, terma jamoa murabbiylari, taniqli futbolchilar, markaz tinglovchilari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Mazkur markazda xalqaro futbol tashkilotlarining ishlab chiqqan dasturlari va sohadagi etuk mutaxassislarini jalb qilgan holda trenerlik talimi bo'yicha instruktorlarni tayyorlash yuzasidan ixtisoslashtirilgan kurslar tashkil etilishi ko'zda tutilgan.

SHuningdek, markaz mutaxassislari FIFA, UEFA va OFKning trenerlar tayyorlash bo'yicha etakchi xorijiy markazlarida muntazam stajirovka o'tab borishi taminlanadi.





Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика