So’nggi yangiliklar

12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  1 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  6 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  12 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5

Futbol kechasi davom etadi. Bugun Evropa ligasi yarim finallari bo'ladi (Prevyu) Yangiliklar

Futbol kechasi davom etadi. Bugun Evropa ligasi yarim finallari bo'ladi (Prevyu)

Bugun Evropa ligasi yarim finali ilk uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

"Arsenal" - "Atletiko"
00:05. London, "Emireyts".
Bosh hakam:
Klement Tyurpen (Franciya).
Diskvalifikaciya: yo'q
Jarohatlanganlar: Moxamed Elneni, Santi Kasorla, Genrix Mxitaryan – Diego Kosta (so'roq ostida), Felipe Luis, Xuanfran 

Finaldan oldingi final. SHafqatsiz qura ularni yarim finalda to'qnashtirmoqda. Ulardan biri finalga chiqmasligi esa alam qiladi.

"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger ketishidan oldin albatta, ushbu liga sovrinini qo'lga kiritishni istaydi. "Atletiko" esa so'nggi 5 yilda ilk bora ECHL chorak finaliga chiqa olmadi. Madrid jamoasi Evropaning eng stabil jamoalaridan biri. Diego Simeone jamoasi ayni damda LaLigada 2-pog'onada ketmoqda.

"Arsenal" o'tgan dam olish kunida "Vest Xem"ni yirik hisobda mag'lub etdi - 4:1. O'sha uchrashuvda Mesut O'zil, Petr CHex, Sead Kolashinac, Genrix Mxitaryan, Santi Kasorla, Jek Uilshir kabi futbolchilar maydonga tushmadi.

"Atletiko" esa o'z maydonida "Betis" darvozasiga yo'l topa olmadi. Diego Kosta va Felipe Luis o'yinda qatnashmadi.

TAXMINIY TARKIBLAR

JAMOALARNING SO'NGGI 5 O'YINI

"Arsenal"

22.04.2018 "Arsenal" - "Vest Xem" 4:1
15.04.2018 "Nyukasl" - "Arsenal" 2:1
13.04.2018 CSKA - "Arsenal" 2:2
08.04.2018 "Arsenal" - "Sautgempton" 3:2
06.04.2018 "Arsenal" - CSKA 4:1

"Atletiko"

22.04.2018 "Atletiko" - "Betis" 0:0
19.04.2018 "Real Sosedad" - "Atletiko" 3:0
15.04.2018 "Atletiko" - "Levante" 3:0
12.04.2018 "Sporting" - "Atletiko" 1:0
08.04.2018 "Real" - "Atletiko" 1:1

QIZIQARLI MA'LUMOTLAR

- Jamoalar evrokuboklarda o'zaro to'qnash kelishmagan. Faqatgina 2009 yilning yozida "EmiratesCup" turnirida "Arsenal" "Atletiko"ni 2:1 hisobida mag'lub etgan.

- "Arsenal" bu mavsum Evropa ligasidagi eng samarador jamoa bo'ldi - 29 gol. 1999/2000 yilgi mavsumda "kanonirlar" UEFA Kubogida 30 gol kiritgandi.

- "Atletiko" Evropa ligasida gol urish borasidagi o'rtacha natijalarda eng yaxshisi bo'lib turibdi - 15 gol.

- Diego Simeone "Atletiko" bilan Angliyadagi bahslarda mag'lub bo'lmagan: 3 o'yin, 1 g'alaba, 2 durang.

- "Arsenal" 31 marta Ispaniya jamoalari bilan to'qnash kelgan - 10 g'alaba, 7 durang, 14 mag'lubiyat.

- "Atletiko" Angliya jamoalari bilan 27 bora bahs olib borgan - 10 g'alaba, 11 durang, 6 mag'lubiyat.

- "Arsenal" 6 bora evrokuboklarning yarim finallarida o'ynagan va faqatgina bir marta finalga chiqa olmagan. "Kanonirlar" 2008/09 yillarda "Manchester Yunayted" to'sig'idan o'ta olmagan.

- "Atletiko" 14 marta yarim finalda o'ynagan va shularning 8tasida hal qiluvchi uchrashuvda qatnashish huquqini qo'lga kiritgan.

(foto)

Bugun shuningdek yana bir yarim final “Marsel” – “Zalcburg” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv ham bo'lib o'tadi. Ikki uchrashuv ham bir vaqtda boshlanadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика