So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  2 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  0 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  0 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  43 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

Futbol hakamlari akademiyasi tashkil etiladi Yangiliklar

Futbol hakamlari akademiyasi tashkil etiladi

Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi.

"O'zbekistonlik futbol hakamlari har doim Osiyo miqyosida yuqori mavqega ega bo'lib kelgan. Jahon chempionatlarida hakamlik bo'yicha rekordlar, Osiyo Kuboklarining hal qiluvchi o'yinlarini boshqarish, qita va jahon miqyosida eng yaxshi hakamlik bo'yicha individual sovrinlarni qo'lga kiritish kabi yutuqlarni eslab o'tish mumkin. Bugungi kunda ham hakamlarimiz xalqaro musobaqalarda muntazam ishtirok etib kelmoqda.

Bir necha avlod davomida shakllangan hakamlik maktabini yanada mustahkamlash, yosh hakamlarga professional darajada bilim va ko'nikmalar berish, hakamlar o'rtasida sog'lom raqobat muhitini yaratish orqali ish sifati va samaradorligini oshirish maqsadida O'zbekiston futbol associaciyasi qoshida Hakamlar akademiyasi tashkil etilmoqda.

Ushbu akademiyaga xalqaro tajriba asosida faoliyat yuritib, futbolchilik faoliyatini turli sabablarga ko'ra yakunlagan, jismonan etuk, futbol bo'yicha etarli bilimga ega hamda chet tillarini biladigan yoshlar jalb etiladi.

Mamlakatimizning eng tajribali referilari, ustoz-murabbiylari va FIFA instruktorlari yosh avlodni har tomonlama kuchli, bilimli va professional mutaxassis sifatida tayyorlashga xizmat qiladi.

O'FA rasmiy sahifalari orqali yaqin kunlarda akademiya tomonidan boshlanadigan tanlov va undagi talablar haqida batafsil malumot beriladi", – deyiladi xabarda.

VIDEO. O'zbek hakamligidagi ikki xil standartlar haqida katta intervyu

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика