So’nggi yangiliklar

00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  0 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  7 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  9

“Futbol do'stlik uchun” loyihasi vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi Yangiliklar

“Futbol do'stlik uchun” loyihasi vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi

FIFA va 2018 yilgi Jahon chempionatining rasmiy hamkori - “Gazprom” kompaniyasining “Futbol do'stlik uchun” xalqaro bolalar loyihasining beshinchi mavsumi start olganini elon qilgani haqida xabar berilgandi.
Beshinchi mavsum shu yil 26 iyun kunidan boshlab 3 iyul kunigacha Sankt-Peterburgda (Rossiya) bo'lib o'tadi. 2017 yilda loyihaning ishtirokchi mamlakatlar soni 32 tadan 64 tagacha, yani, ikki barobar ko'paydi. O'zbekiston ham ishtirokchi mamlakatlar qatoridan joy olgan. Qura natijasiga ko'ra, O'zbekiston sharafini “Yashil do'stlik” jamoasida darvozabon himoya qiladi.

Musobaqa qoidalariga ko'ra, futbolchi (darvozabon) 10–12 yoshda bo'lishi, 2 yillik futbolchilik tajribasiga ega bo'lib, ingliz tilini bilishi va boshqalar bilan chiqishimli bo'lishi kerak. SHu maqsadda, O'zbekiston Futbol Federaciyasi mamlakatdagi futbol klublarning yosh darvozabonlari orasida 19 aprel kuni tanlov o'tkazdi. Bir necha bosqichdan iborat tanlovda mamlakatning qator klublari orasida “Lokomotiv” tarbiyalanuvichisi, 12 yoshli Ilyos Ahmedov g'olib bo'ldi.

4 may kuni “Futbol do'stlik uchun” tashkiliy qo'mitasining ishchi guruhi Toshkentga tashrif buyurdi. Bugun, 5 may kuni esa “Bunyodkor” stadionining anjumatlar zalida matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda loyiha vakillari, O'FF texnik direktori SHavkat Imomov va bo'lajak loyihada ishtirok etadigan yosh darvozabon Ilyos Ahmedov qatnashdi.



Qozog'istondan loyiha bosh direktori Amina Konurbaeva va loyiha vakili Anastasiya Lyalkina Toshkentga etib kelishdi.

Ilyos Ahmedov: "Ko'proq tajriba olishni va boshqa davlatlardan keladigan bolalar bilan do'stlashishni istayman. 64ta davlat futbolchilari bilan suhbatlashish va do'stlashish ajoyib bo'lsa kerak".

O'FF texnik direktori SHavkat Imomov: "O'FF ushbu loyiha azosiga aylangach albatta xursand bo'ldik. Bizga bir qator talablar qo'yildi: O'zbekistonlik futbolchi darvozabon bo'lishi, ingliz tilini bilishi, futbolda kamida 2 yil faoliyat olib borgan bo'lishi va sheriklari bilan tezda chiqishib ketishi kerak edi. Biz Respublikaning barcha klublariga bu talablarni yubordik va 7 nafar darvozabon bu talablarga mos tushdi.

Biz bu 7 nafar futbolchini Toshkentga chaqirdik va final bosqichi bo'lib o'tdi. Bir nafar g'olibni aniqlash uchun ekspertlar jalb qilindi. Bu ekspertlar quyidagilar edi: O'zbekiston terma jamoasi darvozabonlar murabbiyi Anvar Rashidov, "Bunyodkor" akademiyasi darvozabonlar murabbiyi Marat Galimov va "Lokomotiv" klubi darvozabonlar murabbiyi Ruslan Ahmedxanov. 

7 darvozabon futbol o'yinida qanday o'zini tutishini sinovdan o'tkazdik, mashg'ulotlarda sinab ko'rdik. So'nggi bosqich bu bolalarning ingliz tilini bilishini tekshirish edi. Biz maxsus matbuot anjumanlari o'tkazdik va ingliz tilida olib borildi. Yakunda aynan Ilyos Ahmedov g'olib bo'ldi.

Amina Konurbaeva loyiha bosh direktori: Barchangizni ko'rib turganimizdan xursandman. Bolalar futboliga befarq emasligingizdan xursandmiz. Bu loyihani hurmat qilishingizdan xursandmiz. Bu loyiha besh yil oldin tuzilgan. O'zbekiston ilk bor ushbu loyihada ishtirok etmoqda. Buni anchadan buyon kutayotgandik. Endi O'zbekiston ushbu loyihaning teng huquqli azosiga aylandi.

"Gazprom" FIFAning rasmiy hamkori hisoblanadi. Ushbu kompaniyasi bolalar futboliga ahamiyat berishga qaror qildi. Loyiha orqali do'stlik, teng huquqlilik, baxt va faxr kabi insoniy fazilatlarni dunyoga yoyishni istaymiz.

16 mart kuni global qura bo'lib o'tdi. Quraga ko'ra O'zbekistondan ushbu loyihada darvozabon ishtirok etishi aniqlandi. 12 yoshli bolakay Rossiyadaning Sankt-Peterburg shahridagi final bosqichida ishtirok etadi.

Loyiha 23 iyundan 3 iyulga qadar Sankt-Peterburg shahrida bo'lib o'tadi. 64ta davlatdan kelgan futbolchilar jami 8ta jamoa sharafini himoya qilishadi. O'zbekistonlik futbolchi "Yashil do'stlik" jamoasida AQSH, Finlyandiya, Yaponiya, Norvegiya va Serbiya kabi mamlakat futbolchilari bilan birga to'p tepadi.

"Gazprom" doim hayotni yaxshilashga qaratilgan loyihalarni tashkil etiladi. Masalan, yosh bolakaylar jahonga mashhur OAV vakillariga intervyular berishadi. Turli davlat vakillari bilan do'stlashishadi. Ilyos ushbu loyihada faqat futbol o'ynabgina qolmay, balki O'zbekiston haqida barchaga malumot beradi. Yurtingiz haqida loyihaga kelgan barcha barcha xabar topadi.

O'zbekistondan faqat futbolchi emas balki 12 yoshgacha bo'lgan jurnalist ham loyihada ishtirok etadi. Bu borada ham alohida tanlov bo'lib o'tadi. Eng yaxshi 12 yoshli jurnalist yakunda Rossiyaga boradi va ulkan matbuot markazida ishlaydi va loyihani yoritib boradi. Loyiha haqida O'zbekiston va boshqa mamlakatlarga eng tezkor yangiliklarni yuboradi.

Yosh bolakaylar "Gazprom" va loyiha tufayli Messi, Ronaldu kabi jahon futbol yulduzlari bilan uchrashish imkoniyati ham ega bo'lishadi. Bu albatta har bir bolakayning orzusi ekanligi aniq.


Anastasiya Lyalkina: Futbolga befarq emasligingizdan xursandmiz. Avvalo, O'FFga katta rahmat aytmoqchimiz. Loyihada ilk bor ishtirok etayotgan bo'lsa ham O'FF bizga juda katta yordam berdi va tashkiliy masalalarni yaxshi saviyaga qo'ya oldi.

Ilyos ajoyib bola ekan. U bilan suhbatlashdik, juda quvnoq va shijoatli ekanligini bildik.

Ushbu loyiha orqali mamlakatlarni ham dunyoga tanitish ham mumkin. Markaziy Osiyo davlatlarini ko'pchilik adashtiradi, ushbu loyihadan keyin esa dunyo har bir mamlakatni nomi bilan yaxshigina eslab qolishi aniq. Ilyos faqat o'zi uchun emas balki O'zbekiston uchun o'ynaydi. Axir u gol o'tkazsa Ilyos Ahmedov gol o'tkazdi deyishmaydi, O'zbekiston gol o'tkazdi deyishadi. SHu bois u yurtingiz sharafini himoya qiladi.

Ilyos O'zbekistoning eng mashhur va yorqin namoyondalari bilan uchrashib ulardan O'zbekiston haqidagi malumotlarni yig'ib boradi. Yakunda O'zbekistonning eng mashhur insonlarining fikrlari Rossiyadagi final bosqichida barchaga namoyish etiladi. Bular siyosatchilar, sportchilar, sanatkorlar va boshqa soha vakillari bo'lishadi.

Dunyoda va shu jumladan qobiliyatli bolakaylar juda ko'plab topiladi. Masalan, eshitishimcha o'zbekistonlik yosh bolakay Rossiyaning mashhur "Golos" teleshousida g'olib chiqqan ekan. Bunday misollar juda ko'p. Ularni topish va dunyoga tanitishda jurnalistlarning yordami kerak.

FOTOGALEREYA. "Futbol do'stlik uchun". Matbuot anjumani

- Loyiha qanday qilib tashkil topgani haqida gapirib bering.

- Besh yil oldin "Gazprom" dunyoni va kelajakni o'zgartirishga qaratilgan loyihani yaratishga qaror qildi. Yosh avlodni rivojlantirish uchun maxsus dastur ishlab chiqildi. Har yil har bir mamlakatdan minglab insonlar ushbu loyihaga azo bo'lishadi. "Futbol do'stlik uchun" loyihasi aynan avvalo do'stlik va boshqa mamlakat azolarini hurmat qilishi uchun ish olib boriladi.


- Bu loyihada ishtirok etgan qaysidir futbolchilar keyinchalik professional shartnoma tuzishgan holatlar bo'lganmi?

- Bilasizmi, loyihaning ilk ishtirokchilari hali bu yoshga etishmagan. Ammo bir qator futbolchilar o'z agentlariga ega bo'lishgan va yaqin yillarda ular mashhur klublarga o'tishlari mumkin.


Narzulla Saydullaev
Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика