Futbol bo'yicha O'zbekiston chempionati o'yinlariga 1000 nafar muxlis kirishiga ruxsat berildi
04 okt 2020 18:42
Yangiliklar
Futbol bo'yicha O'zbekiston chempionati o'yinlariga 1000 nafar muxlis kirishiga ruxsat berildi
Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 12-avgustdagi 43-son bayoniga muvofiq, 2020 yil 20 avgustdan boshlab sport zallari, stadionlar faoliyatiga ruxsat berilgan.
Bugungi kunda ko'plab futbol muxlislarining istak va murojaatlarini inobatga olib "COVID-19 pandemiyasi davrida mashg'ulotlar, musobaqalar hamda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil etish to'g'risida"gi tartib asosida O'zbekiston Superliga, Pro-liga hamda Birinchi ligada qatnashayotgan barcha futbol klublari ishtirokidagi uchrashuvlarga 1000 (bir ming) nafar hajmda futbol muxlislari kiritilishiga ruxsat beriladi. Bu haqda O'FA PFLga xat yo'llab malum qilgan.
Eslatib o'tamiz, o'tgan turlarda bazi stadionlarga cheklangan miqdorda muxlislar kiritilishi boshlangandi. Endi Superliga, Pro liga, Birinchi liga bahslariga rasman muxlislar kirishi mumkin.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar