So’nggi yangiliklar

01:00ЕЧЛ. "Боруссия Дортмунд" — "Лилль" ва ПСВ — "Арсенал" ўйинлари бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  2 01:00ЕЧЛ. "Реал" ва "Атлетико" 1/8 финалнинг дастлабки ўйинида ўзаро кураш олиб бормоқда (онлайн ҳисоб)  26 00:59ЕЧЛ. "Астон Вилла" 1/8 финалнинг биринчи ўйинида "Брюгге"ни меҳмонда таслим этди  3 00:52Сергеев: "Кейинги ўйин борлиги сабаб ҳисобдаги фарқни оширмоқчи эдик"  3 23:18"Реал" Лондон клубидан 70 млн фунтга баҳоланаётган ўйинчига қизиқмоқда  0 22:58Элит ОЧЛ. "Ал Ҳилол" турнирдаги илк мағлубиятини "Пахтакор" майдонида қабул қилиб олди  212 22:28"Ливерпуль" собиқ ўйинчиси Минамино яна 2 йил Францияда қолади  2 21:44Расман: Ўзбек телеканаллари Англия кубогини намойиш этади  23 20:25Антони "Бетис"да яна бир йил қолмоқчи. МЮ вингери Испания клубида 7 ўйинда 3+2 қайд этди  4 20:00Субименди учун АПЛдан яна икки даъвогар чиқди  1 19:54Элит ОЧЛ. "Пахтакор" - "Ал Ҳилол": Асосий таркиблар маълум  26 19:44Элит ОЧЛ. "Пахтакор" - "Ал Ҳилол": "Шерлар" кийниш хонасидан галерея  5 19:33"Арсенал" "Атлетико" футболчиси учун "Челси" билан курашга қўшилди  1 19:06Винисиус Жуниор: "Тез орада "Реал" билан шартномамни узайтираман"  3 18:45Ўзбекистон футзал федерацияси ҳамкорликка чорлайди  0

Futbol ahli qorbobodan nima so'ragan bo'lardi? (ozgina hazil) Yangiliklar

Futbol ahli qorbobodan nima so'ragan bo'lardi? (ozgina hazil)

Teglar :  Yangi yil
Etiboringizga yangi yil munosabati bilan jahon futboli yulduzlarining o'ziga hos hazil tilaklarini taqdim etamiz.

Demak, kim qorbobodan yangi yilga nima so'ragan bo'lardi?

"Qorbobojon, iltimos! Bu yil o'yin va mashg'ulotlar vaqtida yuzimga to'p tegib ketmasin".
 (Italiyalik murabbiylardan biri)


"Hurmatli qorbobo. Istardimki, jarima maydonchasi kattalashtirilsa. SHuningdek, maydondagi chim ham yumshoqroq bo'lsin, yiqilganda qattiq og'ritmaslik uchun".
("Real" futbolchisi)


"Barselona"da referendum o'tkazilib, jamoaning Ispaniya chempionatidan chiqib ketishini istayman".
(10 yil avval chempionlar ligasida g'olib chiqqan murabbiy)


"Qorbobojon, iltimos qilaman! Joze Mourino "Manchester Yunayted"ni boshqarmasin. Yangi yilda ham klubni o'zgartirishni istamayman"
(Mourino sababli "CHelsi"dan MYUga o'tib ketgan futbolchi)


"Men haqimda barsa ispan gazetalari yozishini so'raganimda boshqa narsani nazarda tutgandim. Keyingi yili chempionlar ligasi sovrinini ko'tarib turgan suratimni gazetalarda ko'rishni istayman".
(Ikkita sariq kartochkasi bo'la turib Ispaniya Kubogi o'yinida maydonga tushgan futbolchining tilagi)


"Qorbobojon, sendan bir iltimos! Har bir klubda futbolni yaxshi tushunadigan insonlar ishlasin... Ayniqsa shifokorlar futbolni tushunsin"
(Yaqindagina istefoga chiqarilgan mashhur murabbiy)



"Sendan falsafaga oid kitoblar so'rayman. SHu etarli. Ahir kiyinish xonasida o'yin oldidan futbolchilarga nimadir aytib berishim kerak-ku?".
(O'ziga hos falsafaga ega bo'lgan gollandiyalik murabbiy)


"Soliqlarning bekor qilinishini, yangi rekordlarni, Suares va Neymarlarning Argentina terma jamoasida bo'lib qolishini istayman".
(4 ta "Oltin To'p"i bo'la turib, soliqlarni vaqtida to'lolmaydigan futbolchi)


"Hurmatli qorbobo. FIFA va FIBA o'rtasida faqatgina bitta harf farq qilar ekan. Balki meni nomzodimni o'sha erga tavsiya qilarsiz?".
(Ko'p ehtimol bilan umrining oxirigacha futboldan chetlatilgan amaldor)


"O'tgan yili Germaniyada raqobatbardosh chempionat bo'lishini so'ragandim. "Rahmat"! Endi boshqa erda "Barselona" yarataman".
(Tiki-taka futboli kashfiyotchisi)


"Bavariya"ning yangi murabbiyi mendan nafaqat darvozada, balki boshqa nuqtalarda ham o'zimni sinab ko'rishga imkoniyat berishini so'rayman".
(O'z darvozasida tinch tura olmaydigan darvozabon)


"So'nggi ikki yilda ancha hotirjamman. SHuning uchun hech narsa so'ramayman. SHunchaki bir narsa so'ramoqchiman: Bu mavsumda nechchi marta maydonga tusharkinman?
(Avvaliga MYUga, keyin "CHelsi"ga "omad keltirgan" futbolchi)


"Qorbobojon, iltimos qilaman. Maktabda kamroq uy vazifasi berishsin. Ahir, "Milan" mashg'ulotlarida to'liq ishtirok etishga ulgura olmasligim mumkin"
(16 yoshida dunyoning buyuk klublaridan birida asosiy posbon sifatida harakat qilayotgan bolakay)


"Liverpul"ning lazareti tamirlanishini istayman. SHuningdek, tomosha qilish uchun ko'proq filmlar bo'lsa yaxshi bo'lardi. Ahir zerikib ketdimku...".
(Jarohati sababli jamoasi safida tayinli maydonga tusha olmayotgan hujumchi)


"Qorbobo, yangi kurtka uchun rahmat. Kelasi yili yanada zamonaviyroq, uzunroq va kapyushonkaligidan so'rab qolaman".
(Sochiga oq oralagan, 4-o'rinni hush ko'ruvchi murabbiy)


"Kaaattta ventilyatorim bo'lishini istayman. Keyin uni burchak zarbalari paytida ishlata olsam".
(APLda burchak zarbasidan gol o'tkazib yuborgan ispaniyalik darvozabonning iltimosi)


Yangi yilingiz muborak bo'lsin! Xo'o'sh? Siz yangi yil uchun qorbobodan nima so'ragan bo'lardingiz?

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика