So’nggi yangiliklar

01:25Дилшод Раҳматов: "Гватемала бизга сўнгги сониягача курашиш кераклигини ўргатди. Мураббийларимиз яхши маънода жуда қаттиққўл"  0 00:53Париж-2024. Япония ва Ироқ ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  4 00:50Хосе Венансио Лопес: "Бизга барқарорлик етишмаяпти. Ушбу муаммога имкон қадар тезроқ ечим топишимиз керак"  0 00:26Расман: Саидазамат Мирсаидов - “Навбаҳор” футболчиси!  2 23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  24 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  3 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  19 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  18 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  5 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  19 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  8 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  8 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  53

Futbol agentlari! Millionlar o'yini ularning qo'lidami? Yangiliklar

Futbol agentlari! Millionlar o'yini ularning qo'lidami?

Teglar :  AgentRossiya
Butun dunyoda agentlarni hurmat qilishadi. Ko'pchilik taniydigan bu insonlar sport rivojlanishi uchun ozmi-ko'pmi o'z hissalarini qo'shib kelmoqdalar.

Rossiyada bu haqida juda ham ko'p gapirilmasada, sohadagi ishlar asta-sekin ko'zga ko'rina boshlamoqda. Bizning ushbu reytingimiz - ushbu sohada biroz bo'lsada oldinga qadam tashlashga yordam berish.

Futbolda ikki toifa insonlar muntazam ravishda pul ishlab topadilar. Dastlabkisi - futbolchilar. Ular o'ynaganlari uchun maosh oladilar. Ikkinchi toifa vakillari esa agentlar hisoblanadi. Ular futbolchining vakili hisoblanib, mijozlarining transfer summasidan foizlar ishlab topadilar. Qonun bo'yicha ularning daromadi transfer summasining 3 foizidan oshmasligi lozim. Haqiqatda esa, gap umuman boshqa pullar haqida boradi.

"Agent" so'zini "vositachi"ga almashtirish orqali ko'p narsa o'zgarib qolmaydi. SHuning uchun, ularni bugunchalik agent deb atayveramiz.

Rossiyalik futbol agentlaridan kim ayni paytda muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda? Kimning futbolchilari hayotda o'z yo'lini topib ketmoqda?

Ushbu reytingda bir qancha omillar hisobga olinadi:

- Agent bilan shartnomasi bo'lgan terma jamoa azosi hisoblanagan futbolchilar.

- Futbolchining taxminiy transfer summasi.

- Agent futbolchilarining qancha pul ishlashi.

- SHartnomadagi futbolchilarning soni.

- Faoliyati davomida futbolchilar transferi orqali qancha pul ishlb olgani.



Rossiyada ham agentlar va ularning kompaniyalari bilan bog'liq pulli sonlar sir tutilar ekan. SHuning uchun, ushbu materialda taxminiy sonlarga asoslanilgan.


Maosh bo'yicha: Bu erda moliyaviy masalalarga murojaat qilamiz. Ushbu agentlar o'z futbolchilariga yaxshi maoshni taminlab bera oladilar. Yaxshi maosh olishni istaysanmi? "Bavariya" yoki "Real"ga borish shart emas. SHunchaki, ushbu agentlar bilan gaplash. Nima evaziga yuqori maosh? Bu haqida ular ommaga elon qilib o'tirmaydilar.

1. German Tkachenko
2. Pavel Andreev
3. Oleg Artyomov


Mijozlarining transfer summasi bo'yicha: Bu erda ham huddi o'sha nomlar. Lekin boshqacha ko'rsatkich bo'yicha: Ular o'z futbolchilarini boshqa klubga qancha summa evaziga sotganlar? Har doim ham futbolchining trasnfer puli uning maydondagi o'yinlariga mos kelavermaydi. Rossiyada butun dunyodagi kabi omillar birinchi o'rinda turmaydi. Masalan, bir millionlik futbolchi boshqa jamoa tomonidan uch millionga ham sotib olinishi mumkin. Bu insonlar narxni shu tarzda ko'tarishni biladilar. Lekin, bu haqida xech kimga aytib o'tirmaydilar.

1. Oleg Artyomov
2. Pavel Andreev
3. German Tkachenko

Futbolchilar soniga ko'ra: "Qancha ko'p bo'lsa, arzonroq" principi aynan ushbu insonlarga tegishli. Bazida ular daromad topa oladilar, bazida esa bunday bo'lmaydi. Mayli, shu uslub ularga yoqsa kerak.

1. Aleksandr Manyakov
2. Aleksandr Tolstikov
3. Aliksey Safonov


Terma jamoada futbolchilari bor: Siz oddiy futbolchini xar doim ham narxini ko'tarib, yuqori maoshga ega qilib bera olmaysiz. Terma jamoa futbolchilarida esa umuman boshqacha. Ular aynan yuqori saviyadagi futbolchilar hisoblanadilar. Ushbu agentlar qo'l ostida Rossiya terma jamoasi futbolchilari nisbatan ko'proq hisoblanadi.

1. Pavel Andreev
2. Oleg Artyomov
3. German Tkachenko


Rossiyadagi horijiy agentlar:

1. Leonid Istrati (Moldova) - Molodovalik ushbu mutaxassis Rossiya chempionatidagi ko'plab futbolchilar bilan ishlar ekan. Uning mijozlari ichida Kristiak Noboa, Aleksandr Ryazancev, Amir Natxo va yaqinda Rossiya chempionatini tark etgan Xose Solomon Rondonlar bor.

2. Marko Trabukki (Italiya) - Uning Rossiyadagi mijozlari sifatida Mario Fernandes va Roman Ermenkolarni ko'rsatishimiz mumkin. U ilk marotaba rus bozorida Ruslan Nigmatulinning "Verona"ga tranfserida ishlagandi. U muntazam mijozlar bilan ishlamaydi. U asosan italyan va rus klublari futbolchilarining transferida ishlaydi.

3. Viktor Kolarj (CHexiya) - Yaqindagina Rossiya chempionatida ish boshlagan chexiyalik agentning mijozlari Marek Suxi va Radoslav Kovachlar bo'ladi. U shuningdek Roman Pavlyuchenkoning Evropaga yo'l olishida jonbozlik ko'rsatgan. Ayni paytda u rus futbolchilarini Evropaga joylashtirish bilan shug'ullanmoqda.


CHetga futbolchi sotganlar: Agentlarning ish faoliyati ularning horijga futbolchi sotganiga qarab ham belgilanadi. Evropaga ketishni istaysanmi? Unda aynan mana shu insonlarga murojat qilish lozim!

1. Arsen Minasov
2. Oleg Artyomov
3. German Tkachenko


Ular intervyudan qochmaydilar: Nafaqat o'z futbolchisi bilan bog'liq transferlarga, balki ingliz futbolining ettinchi divizionida bo'lib o'tayotgan transferlar haqida ham gapiraveradilar.

1. Aleksey Safonov
2. Sergey Pushkin
3. Arsen Minasov


Jim yuruvchilar: Pul tinchlikni yaxshi ko'radi. Ushbu agentlar esa buni juda yaxshi biladilar. Ular "OAV orqali o'z futbolchisini narxini oshirish" principidan foydalanmaydilar. Yoki, foydalansalar ham buni ochiqchasiga oshkor qilmay, hech kimga bildirmasdan amalga oshiradilar.



Umumiy reyting:

1. Pavel Andreev

Mijozlari: Denis Glushakov, Dmitriy Kombarov, Igor Denisov

Ayni paytda Pavel Andreev Rossiya transfer bozorida eng avtoritet, terma jamoada ko'p futbolchisi bor agentlardan hisoblanadi. Rossiyadagi eski "bo'ri"lardan. P.A.F.A. agentligi asoschisi.

2. German Tkachenko



Mijozlari: Fedor Smolov, Oleg SHatov, Sergey Ignashevich

Tkachenkoni superagent deb atash mumkin. Uning "Pro Sports Management" nomli agentligi rus futbol bozorida eng mashhuri hisoblanadi. Tkachenkoning o'zi esa rus klublari bilan mustahkam aloqa o'rnatgan. Bu esa albatta unga muzokara olib borishda katta yordam berishi aniq.

3. Oleg Artyomov



Mijozlari: Aleksandr Samedov, Dmitriy Tarasov, Ivan Novaselcev

O'z vaqtida aynan Oleg Artyomov rossiyalik futbolchilarni Evropa klublariga o'tishga katta rol o'ynardi. U bunga Germaniyaning Dr. Oliver Wendt & Tomas Zorn kompaniyasi bilan mustahkam aloqalari hisobiga erishgan.


4. Aleksandr Manyakov

Mijozlari: Igor Smolnikov, Evgeniy CHernov, Emin Maxmudov

Aleksandr Manyakov - "Prof-sport kompani" agentligining boshqaruvchisi hisoblanadi. Ushbu kompaniya mamlakatdagi eng kuchli uchta bunday toifadagi kompaniyadan biri hisoblanadi. Tarkibida 15-33 yoshli 100 nafardan ortiq futbolchisi bor.


5. Aleksandr Tolstikov

Mijozlari: Stanislav Kricyuk, Andrey Sinicin, Aleksandr Eroxin

Tolstikov ham mamlakatning eng ko'zga ko'ringan futbol agentlaridan hisoblanadi.


6. Mixail CHerepovskiy

Mijozlari: Sergey Parshivlyuk, Anton Mitryushkin, Vladimir Granat

Avval Mixail CHerepovskiy "SA Futbol agentligi"da ishlardi. Keyin esa o'zining biznesini ochishga qaror qildi. Ayni paytda Misha bu borada muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqda. Bunda uning "Spartak" bilan yaxshi aloqasi ham rol o'ynaydi albatta.


7. Sergey Pushkin

Mijozlari: Georgiy SHennikov, Taras Burlak, Miroslav Lobancev

Sergey Pushkin ham "SA Futbol agentligi" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning terma jamoa asosiy tarkibida o'ynaydigan ko'plab futbolchilari bor. Kelajakda futbol yulduzi bo'ladigan yosh futbolchilar bilan ishlashni yaxshi ko'radi.


8. Arsen Minasov

Mijozlari: Kirill Nababkin, Viktor Vasin, Roman SHirokov

Arsen Minasov Rossiya terma jamoasining sobiq sardori Roman SHirokov bilan ishlash orqali tanilgan. Uning ihtiyorida RPFLning yana ko'plab futbolchilari bor. Bundan tashqari u "ASA International" agentligi bilan ham hamkorlik qiladi. Ushbu agentlik ihtiyorida Luka Modrich, Mateo Kovachich kabi futbolchilar borligini ham alohida qayd etib o'tish lozim.

9. Aleksey Safonov



Mijozlari: Sergey Rijikov, Ilya Abaev, Vyacheslav Karavaev

Aleksey Safonov Rossiyadagi eng yirik "SA futbol agentligi"ning asoschisi va xo'jayini hisoblanadi. Uning mijozlari orasida yoshi kattalar ko'p bo'lsada, agentlik yosh futbolchilarga ham etiborini qaratib turadi.


10. Leonid Istrati

Mijozlari: Kristian Noboa, Aleksandr Prudnikov, Igor Portnyagin

Moldovalik agent Leonid Istrati Qurbon Berdiev boshqaradigan jamoalar bilan ko'p ishlagan. Bundan tashqari u "Barselona"da o'ynashga ulgurgan Amir Natxoning ham agenti hisoblanadi.


sovsport.ru sayti asosida tayyorlandi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика