Frenk Lempard: "SHunday raqibning maydonida 5 gol kiritish hammaga ham nasib etavermaydi"
15 sen 2019 14:14
Yangiliklar


Frenk Lempard: "SHunday raqibning maydonida 5 gol kiritish hammaga ham nasib etavermaydi"
"CHelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard APL doirasida "Vulverxempton"ga qarshi o'yinda qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Umuman olganda oddiy bo'lmagan raqib. "Vulverxempton" uzoq vaqt davomida o'z maydonida mag'lub bo'lmayotgan edi. SHuningdek, ular top-6 jamoalariga qarshi o'yinlarga o'zgacha kayfiyatda maydonga tushadi va vaziyatlaridan unumli foydalanadi.
Biz raqibning o'yiniga tezda moslashdik va taktik ishlanmalarni o'zgartirib yubordik. Ushbu stadionda 5ta gol urganimizdan xursandman, bu hammaga ham nasib qilavermaydi.
Raqiblarning kuchli tomonlarini o'zlariga qarshi ishlatdik. To'g'ri, juda ko'p gol qo'yib yuboryapmiz. Ammo jarohatlangan futbolchilarimiz safga qaytsa, barchasi o'z o'rniga tushib ketadi", - dedi Lempard.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar