Frenk Lempard: “Pozitivni saqlab qolish kerak”
30 sen 2020 08:15
Yangiliklar


Frenk Lempard: “Pozitivni saqlab qolish kerak”
“CHelsi” ustozi Angliya Liga Kubogi doirasida “Tottenxem”ga qarshi bahsdan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Penaltilar ceriyasida hamma narsada sodir bo'lishi mumkin. Albatta, olg'a yurishni xohlagandik. Ammo o'yinda menga yoqqan narsalar ham bo'ldi. Birinchi bo'limda biz ustunlik qildik. Ikkinchisida esa o'yin o'zgardi. Ular uzun uzatmalar bilan o'ynay boshladi, pressingimizni uzib qo'yishdi. Taktikani o'zgartirishdi. Ushbu jihatdan o'yinimizni yaxshilashimiz kerak. Agar hisobda oldinda borayotganimizda ikkinchi golni ursak, hammasi o'zidan o'zi keladi. Pozitivni saqlab qolish kerak. O'yin so'ngida futbolchilarimiz charchagan holda ko'rindi. Vaziyatni hisobga olganda hammasi tushunarli”, — deydi Frenk Lempard.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar