So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  0 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  6 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  1 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  0 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  1 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  65 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  10 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

Frenk Lempard “Bavariya” bilan o'yindan oldin: “Biz autsayder emasmiz” Yangiliklar

Frenk Lempard “Bavariya” bilan o'yindan oldin: “Biz autsayder emasmiz”

CHempionlar ligasi nimchorak final dastlabki uchrashuvi doirasidagi “CHelsi” – “Bavariya” o'yini oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Frenk Lempard o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Bu katta o'yin. Balki, raqib jamoada bizdan ko'ra ko'proq istedodli futbolchilar bordir, xalqaro maydonlarda ham yaxshiroq natijalarga erishishgandir. Muxlislarning bildirayotgan fikrlari ham “Bavariya”ni yaqqol favorit sifatida ko'rsatmoqda.  Demak, kamchiliklarimiz ko'p. Buning ustiga bir nechta asosiy o'yinchilarimiz jarohat sabab maydonga tusha olmaydi.  Raqiblarimiz o'yinini ancha yaxshi bilaman. Ular to'p nazoratini uzoq ushlay olishadi. Tarkib ham bir necha yillik.  

Lekin mening murabbiy sifatidagi vazifam nafaqat ideal taktika ishlab chiqish, balki kerakli ruhiy ko'rsatmalarni berib borishim ham kerak. Unutmaslik kerak, bu bahs ikki o'yindan iborat. SHuning uchun har qanaqasiga ham bo'sh zonalar bo'lishi aniq. Bu bahsni o'sha bitta-ikkita zarbalar hal qilib qo'yishi mumkin. Lekin biz bugun “Stemford Bridj”da o'ynaymiz. Bu ustunlik degani. Sen qachon kuchli jamoalar bilan o'ynasang, ulardan plyus tomonlarni o'rganishni ham bilishing kerak. Ular senga tajriba to'plashda yordam beradi”, - deydi londonliklar ustozi.

Eslatib o'tamiz, “CHelsi” - “Bavariya” uchrashuvi tunda Toshkent vaqti bilan 01:00 da start oladi. 

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика