So’nggi yangiliklar

13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  2 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  0 13:05U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон Японияга қарши баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  4 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  1 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  0 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  7 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  2 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  6 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  9 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1

Fred - "Lester", jamoaning kuchli va kuchsiz tomonlari haqida Yangiliklar

Fred - "Lester", jamoaning kuchli va kuchsiz tomonlari haqida

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Fred bugun "King Pauer" stadionida bo'lib o'tadigan "Lester"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Bugungi uchrashuvdagi durang "Yunayted"ga kuchli to'rtlikda qolishiga zamin yaratadi. SHu orqali jamoa kelasi mavsumda ECHL yo'llanmasiga ega chiqadi.

"Tulkilar" hujumchisi Jeymi Vardi esa APLning ushbu mavsumdagi "Oltin butsa"si uchun kurashmoqda. Futbolchi Fred aynan undan extiyot bo'lish kerakligini aytdi.

"U tasodifan to'purar bo'lib olmadi. SHuning uchun ham uni darvozamiz oldida "qurolsizlantirishimiz" kerak. Vardi top-futbolchi va ajoyib mavsumni o'tkazmoqda.

Diqqat bilan o'ynashimiz kerak, Vardi kabi futbolchilardan ko'zni uzmaslik kerak. SHuningdek, tarkibimizda yaxshi himoyachilar etarlicha. Ular Vardini yopa olishi mumkin.

"Lester" - yaxshi jamoa va chiroyli o'yin ko'rsatadi. Ular ushbu mavsumda hatto birinchi o'rin uchun ham kurashishdi, biroq keyinchalik taslim bo'lishdi. Lekin bu ularga bo'lgan hurmatni yo'qotmaydi.

MYU esa yirik klub va har mavsumda ECHLda ishtirok etishi kerak. SHu sababli ECHLga qaytish klub uchun ham jamoa uchun ham katta narsalarni anglatadi.

Futbolchilar va klub ayni damda to'g'ri yo'ldan ketmoqda, shu sababli kelasi mavsumda ECHLda ishtirok etishga loyiqmiz deb hisoblayman", - dedi Fred.  

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика