Fred: "Braziliya termasidagi joy kafolatlanmagan"
18 fev 2014 19:48
Yangiliklar


Fred: "Braziliya termasidagi joy kafolatlanmagan"
"Fluminense" hujumchisi Fredning bo'lajak mundialda Braziliya safida ishtirok etishiga ishonchi komil emas.
"Skolari kimlarga ishonishni biladi. Hozir men "Fluminense"da o'zimning bor kuchimni namoyish etmoqchiman. So'ngra buni Braziliyada ham ko'rsatmoqchiman. Klubda gollar urib termadan o'rin olmoqchiman. Konfederaciyalar kubogidagi o'yinlarim JCHga borishimni taminlaydi deb o'ylamayman", - deydi Fred.

Fikrlar