So’nggi yangiliklar

10:51Поль Погба “Монако“га ўтмайди. Унинг режалари ўзгарди  0 10:23“Арсенал“ Испания терма жамоаси аъзоси билан келишувга эришди (Фабрицио Романо)  2 09:55Элдор Шомуродовга Франциядан ҳам таклиф бор  9 09:27“Манчестер Сити“ Ҳусановни Франция клубига ижарага беришни истамади  10 08:58Расман. Аббосбек Файзуллаев жамоасига янги бош мураббий тайинланди  0 08:28“Истанбул Башакшехир“ Элдорнинг трансфери учун “Рома“га қанча таклиф қилгани маълум  7 08:01Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария" сўнгги дақиқалардаги гол эвазига ғалаба қозонди  4 07:31Суперлига. Бугун 13-турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  11 07:20Суперлига. Захирадан тушган Жокичнинг голи "Нефтчи"га уч очко тақдим этди, "Насаф" эса Қашқадарё дербисида "Машъал"ни енгди  2 01:16Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария"дан 10та гол қабул қилган "Окленд Сити" "Бенфика" билан ўйинда ҳам кўп гол ўтказиб юборди  7 01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. Жексон туғилган кунида 4 дақиқадаёқ қизил карточка олган ўйинда "Челси" мағлубиятга учради  18 00:58Асрор Алиқулов: "Айрим футболчиларимиз Суперлига даражасига тайёр эмас"  2 00:38Виртц бу рейтингда учинчи бўлди  4 00:08Рўзиқул Бердиев: "Ёзда камида 2-3 футболчини олиб келамиз"  2 23:49Виталий Левченко: "Бухоро" ўзига муносиб бўлмаган жойда"  17

Fransisko Arauxo: "Rustam Umarov fantastik o'ynagani uchun yutqazdik" Yangiliklar

Fransisko Arauxo: "Rustam Umarov fantastik o'ynagani uchun yutqazdik"

Teglar :  FutzalLivan
Futzal bo'yicha Osiyo chempionati doirasidagi O'zbekiston - (2:0) uchrashuvidan so'ng matbuot anjumani o'tkazildi.
“Teng o'yin bo'ldi deb o'ylayman. Ammo hakam va o'zimizning xatolar tufayli shunday natija qayd etildi. Biz gol urishga harakat qildik, ammo O'zbekiston darvozaboni fantastik o'yin namoyish qildi. Jahon chempionatiga borishni maqsad qilgandik. Agar chorak finalga chiqqanimizda Eronga qarshi o'ynardik, buni uddalay olmadik. Ming afsus”, - deydi murabbiy.

- Xose Mariya Mendez Livan haqida jamoa yaxshi potencialga ega deb aytgandi. Siz jamoani kuchaytirish uchun yana nimalar qilmoqchisiz?

- Biz ko'proq g'alaba ruhiyatini o'stirishimiz kerak. Bu erga kelishdan oldin bir qator kuchli jamoalar bilan o'ynadik. Saralash bahslarida ham yaxshi o'ynadik. Ammo Osiyo chempionatida buni ko'rsata olmadik.

- Oldingi ikki o'yinga taqqoslaganda Livan terma jamoasining bugungi o'yini haqida nima deya olasiz?

- Agar 2012 va 2014 yildagi Osiyo chempionatlariga solishtirsak yaxshiroq qatnashdik. Birinchi o'yinda so'nggi soniyada o'tkazib yuborgan gol bizga qimmatga tushdi. Qirg'iziston bilan bahsdagi o'sha alamli gol chorak finalga chiqishga to'sqinlik qildi.

- O'ynovchi darvozabon tushganida markazdan hujum qildinglar va 3-4ta vaziyat sodir etildi. Ammo bundan tezda voz kechildi. Nimaga?

- Biz oxirgi daqiqalarda beshinchi o'yinchi bilan o'ynadik. Ammo doim ham markazdan o'ynay olmaymiz. SHu bois taktikani biroz o'zgartirib gol urishga harakat qildik. Biroq O'zbekiston darvozaboni ajoyib o'ynadi.

Narzulla Saydullaev
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика