So’nggi yangiliklar

00:58Трент АПЛга қайтиши мумкин  1 00:39Саудия Арабистони. "Ал Насср" Роналдусиз иккинчи ўйинда ҳам ғалабага эришди  7 00:11Пеп Гвардиола: "Ливерпуль" ўзгача жамоа бўлиб қолаверади"  2 23:47"Реал" вингери сафдан чиқди  6 23:24"Ал Насср" футболчиси "Зенит"га ўтмоқда  2 22:59Роналду "Ал Иттиҳод"га қарши ўйнашга тайёр бўлган  12 22:30Хамес Родригеснинг янги жамоаси эълон қилинди  2 22:09Расман: Абдуқодир Ҳусанов - "Манчестер Сити"да ой футболчиси!  20 21:40"Мундиалда фақатгина ютамиз, ҳеч нарса йўқотмаймиз" – Фабио Каннаваро билан катта интервью  6 21:01Тажрибали футболчи фаолиятини "Манчестер Юнайтед"да якунламоқчи  3 20:37Назорат ўйини. “Бунёдкор” Россия клубига мағлуб бўлди  1 20:09ОКМК Россия жамоаси устидан ғалаба қозонди  4 19:57Ўзбекистон футзал терма жамоаси мураббийлар штаби истеъфога чиқарилди  22 19:35"Металлург" голларга бой ўйинда "Локомотив" U-21'дан устун келди  1 19:23"Барселона" Левандовскига янги шартнома таклиф қилмоқчи  7

Frank Riberi: "Oltin to'p" allaqachon siyosiy sovringa aylanib ketgan" Yangiliklar

Frank Riberi: "Oltin to'p" allaqachon siyosiy sovringa aylanib ketgan"

"Bavariya" vingeri Frank Riberi "Oltin to'p" borasidagi o'zining fikrlarini bildirdi.
"Oltin To'p"? Bu sovrin meni qiziqtirmay qo'ygan. O'tgan yili taqdirlash marosimiga tashrif buyurganimdayoq Ronaldo "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishini bilgandim. FIFA prezidenti Yozef Blatter Ronaldo va uning oila azolarini tantanali ravishda kutib olgan payti men rafiqamga sovrinni menga berishmasligini aytgandim. "Oltin to'p" dunyoning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan sovrin emas. Bu allaqachon siyosiy sovringa aylanib ketgan. Bu yil kim oladi? Noyer va Robben bu nomga ko'proq munosib. Noyer juda ko'plab sovrinlarni yutdi, jahon chempioni bo'ldi. Noyer juda kamtar yigit. Unda manmanlikdan asar ham yo'q. Robben esa butun mavsum davomida yuqori darajada o'ynadi. Jahon chempionatida fantastik o'yin ko'rsatdi. 2006 yilda Kannavaro Italiya terma jamoasi bilan jahon chempioni bo'lganda "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgandi. Bu Jahon chempionatini eng oliy musobaqa ekanligidan dalolat.
Boshqa hech narsa deya olmayman. Menda "Oltin to'p" yo'qligidan afsusdamanmi? Yo'q, bu sovrin men uchun o'z qiymatini yo'qotgan. Eng asosiysi, men "Bavariya" safida maydonga tushganimdan 70 mingdan ziyod stadion to'la muxlislar meni olqishlashadi va maydondan chiqib ketayotganimda ham ismimni baralla kuylashadi. SHu meni baxtli etadi. Boshqa hech narsa kerak emas. Men uyga xursand holda ketishim uchun shuning o'zi etadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика