Frank Riberi: Borussiyaga qarshi yil o'yini bo'ladi
14 noy 2013 09:06
Yangiliklar


Frank Riberi: Borussiyaga qarshi yil o'yini bo'ladi
Bavariya yarim himoyachisi Frank Riberi Germaniya bundesligasining 13-turidan o'rin olgan Dortmundning Borussiya klubiga qarshi 23 noyabr kuni bo'lib o'tadigan o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
Borussiyaga qarshi o'yin – yil uchrashuvi. Agar g'alaba qozonsak raqibdan 7 ochko ilgarilab ketamiz, bu sovrin uchun kurashda bizga yordam beradi. Bu o'yinda o'zimiz yaratgan vaziyatlardan unumli foydalanishimiz kerak.
Albatta, men Oltin to'p haqida o'ylayapman. Bu sovrinni olish haqidagi o'y menga bosim o'tkazayotgani yo'q. Futboldan lazzat olishda davom etayapman, - deydi francuz.

Fikrlar