So’nggi yangiliklar

01:21МЮ янги устози: "Манчестер Сити" - дунёнинг энг яхши жамоаси, Гвардиола эса энг яхши мураббий"  0 01:01ЭЛИТ ОЧЛ. Неймар яна жароҳат олди, "Ал Ҳилол" йирик ғалабага эришди  5 00:06Мората ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Родри қолганлардан хотиржамроқ"  0 23:09Фирмино ва Махрезнинг голлари туфайли "Ал Аҳли" йирик ғалабани тантана қилди  0 23:04Элит ОЧЛ. Остон Ўрунов жамоаси дурангга рози бўлди  4 22:42Эшитдик-да! "Пахтакор"нинг Эрон клубига қарши ўйини Тожикистонда ўтиши мумкин  6 22:13"Арсенал"ни тарк этаётган Эду Гаспар бирданига 3та клубни бошқаради ва маоши 3 баравар ошади  1 21:35"Ал-Райян" бош мураббийи: "Дастлабки турларда Саудия "гранд"ларига қарши ўйнадик. Икки жамоа учун ҳам очколар жуда-жуда зарур"  3 21:17Аморим "Манчестер Сити"га қарши баҳс ҳақида: "Агар "Спортинг" ютса кимлардир МЮга янги Фергюсон келяпти дейди"  3 19:52Бруну Фернандеш: "Тен Хагдан кечирим сўрадим"  5 19:211 ой олдин "Насаф"га мағлуб бўлган мураббий "Рома"да Шомуродовнинг янги устозига айланиши мумкин  6 18:52МЮ афсонаси: "Манчестер Юнайтед" - мутлақо ўртамиёна жамоа"  1 18:25Дербида кучлар тенг келди ГАЛЕРЕЯ  0 17:5619 ёшли тўпурар ва бошқалар — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари  3 17:30Эшитдик-да! "Металлург" ва "Қизилқум"га таъқиқ қўйилади, "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ҳам жазоланиши мумкин  8

Frank Riberi bilan ajoyib intervyu (1,2-qism) Yangiliklar

Frank Riberi bilan ajoyib intervyu (1,2-qism)

"Bavariya" rasmiy sayti klubga kelganiga 10 yil to'lgani munosabati bilan afsonaviy futbolchi Frank Riberi bilan juda ajoyib suhbat uyushtirgan.


Biz siz aziz o'quvchilarga muxlislarni juda ham hurmat qiladigan jentelmen futbolchi - Riberining intervyusini havola etamiz.

- Frank, yaqindagina tvitterda o'z oilang seni "Bavariya"dagi 10 yillik bilan qutlayotgani haqidagi videoni ulashding. Ular senga tort sovg'a qilishgan...
- Bu shunchaki ajoyib sovg'a bo'ldi! Meni uyda bunday syurpriz kutayotgani hayolimga ham kelmagandi. Bu voqeadan keyin juda tasirlandim. Bolalarim va rafiqam hayotimda juda muhim rol o'ynashadi. Ular qiyin pallalarda doim meni yonimda bo'lishadi va qo'llab-quvvatlashadi.


- Ular Riberining Myunxendagi 10 yillik faoliyatidan faxrlanishsa kerak...
- Oilam Myunxenda baxtli hayot kechirmoqda. "Bavariya" ularga juda yoqadi. Myunxenning odamlari ularni ko'nglidan joy olishgan. 10 yillik faoliyat... Bu shunchaki ajoyib. Hozir buni so'zlar bilan tasvirlab berishim qiyin. Biz bu erda bu qadar ko'p qolib ketishimizni tasavvur ham qilmagandik. Hozirda esa "Bavariya" va Riberi alohida oila qurgan va bular ajralmas bir qism.

- 10 yillik faoliyat davomida ko'p narsalar sodir bo'lgan. Birinchi hayolingga keladigan jihat qaysi?
- Birinchi navbatda 2013 yildagi trebl albatta. O'shanda biz g'alabalarni ananaviy tarzda nishonlaganimiz va qanday hissiyotlarni kechirganimizni unutmayman.
Bu ahir ikkita ECHL finalidagi mag'lubiyatdan keyin qo'lga kiritilgandi. SHu boisdan ham bu g'alabaning tami yanada o'zgacha bo'lgan. Muxlislar bilan ajoyib bayram qilgandik.

- SHu vaqt oralig'ida sen nafaqat maydonda o'zingni ko'rsatding, balki jamoadoshlaringni ham ko'p bor "chuv tushirding", har xil o'yinlar qilarding, getralarini yirtarding, ovqatlaridagi tuzni o'rniga shakar, choydagi shakar o'rniga esa tuz separding... Qaysi bir voqea ko'proq yodingda qolgan?
- Oliver Kanni ustidan suv qo'yganim hecham yodimdan ko'tarilmaydi. "Bavariya"dagi birinchi yildayoq bu ishni amalga oshirgandim.



- Qo'rqmaganmiding? Kanning reakciyasi seni cho'chitmaganmidi?
- Marseldan Myunxenga ko'chib kelganimda Oliver Kanni juda hurmat qilardim. O'shandayoq Kan juda bir ajoyib shaxs edi. Kan "Bavariya" afsonasi. Oli hayotda juda kamtar, xotirjam inson. Kan barcha narsani to'g'ri qabul qiladi. Tushunadigan inson.



- Seni ham birov chuv tushirganmi?
- Men bilan ham juda ko'pchilik hazillashishgan. David Alaba, Rafinya, Daniel van Byuyten... Juda ko'plab bu kabi ishlar bo'lgan. Bu kabi narsalar jamoadagi muhitga juda yaxshi taraflama tasir qiladi. Hozirga kelib men yanada ko'proq hazillashadigan bo'lganman. Maydondan tashqarida ham, maydonda ham jamoadoshlarim bilan ko'p hazillashamiz. Bu muhitni ajoyib ekanligidan darak beradi.

- 10 yil avval sen "Bavariya"ning yangi azosi sifatida tanishtirilgan eding. O'shanda qanday hislar o'tgan?
- Men o'shandayoq "Bavariya" ajoyib darajaga chiqqanini bilganman. Hammasi shunchaki super bo'lgandi. Tashkiliy ishlar yuksak darajada bo'lgan. Klub men bilan juda alo munosabatda bo'lgan va men haqimda ilk kunlardanoq qayg'urgan. Bu erdagi birinchi kunimdanoq o'zimni juda erkin va qulay his etganman. Faqat bitta muammo bo'lgan. Dastlab men nemis tilini bilmasdim. Keyinchalik esa o'rgandim va bu menga juda ko'p imkoniyatlarni taqdim etdi.

- "Bavariya" 10 yil ichida qay darajada o'zgardi?
- Men kelgan yilim "Bavariya" ECHLda o'ynamasdi. Biz o'shanda Evropa ligasida qatnashgandik. Lekin, o'shandayoq "Bavariya" buyuk klub edi. Hozirga kelib jamoa yanada yuksalgan, kuchaygan. Har tomonlama "Bavariya" o'sishga erishdi. 10 yil ichida "Bavariya" yuqorilaganidan juda xursandman. Jamoani hozirgi darajasiga chiqishiga yordam berdim, shuningdek, "Bavariya" ham meni o'sishimga juda katta yordam berdi. Men va "Bavariya" o'rtasidagi aloqani so'z bilan tariflab berishimni imkoni yo'q.

- Sen aloqa bu qadar o'zgacha bo'lganini qachon his qilgansan?
- Juda tez. Men buni 2-3 oydan keyinoq sezganman. Bu erdagi dastlabki kunlarimdanoq biz bir-birimizga to'g'ri kelishimizni bilganman.

- Riberi "Bavariya" muxlislarining yoqimtoyi. Bunga juda tez erishgansan...
- Men uchun muxlislar har doim muhim bo'lgan. "Bavariya" bu juda katta oila. Muxlislari esa oilaning eng muhim bo'lagi. Ular biz quvonganda xursand bo'lishadi. Aksincha bo'lgan payt esa bizlarni qo'llab-quvvatlashadi. G'alaba quvonchida ham, mag'lubiyat alamida ham doim birgamiz. "Bavariya" ishqibozlari mashg'ulotlarimizga ham doim kelishadi. Mashg'ulotlar ham ishqibozlar bilan doim to'lib-toshadi. Yana, ko'pchilik mashg'ulotlarda bizdan ham ertaroq, bir soat oldindan kelib olishadi. Ular mashg'ulotlarga bir necha, bir necha yuz kilometr yo'l yurib kelishadi. Ular shuncha vaqtlarini, kuchlarini sarflab bizni ko'rgani kelishadi. SHuning uchun ham biz mashg'ulotlardan keyin ular uchun alohida qandaydir 10-15 daqiqani ajratamiz. Ularga dastxat qo'yib bersak, birga rasmga tushsak, muxlislarimiz uylariga alo kayfiyatda, baxtli bo'lib qaytishadi. Nega endi ular shuncha vaqtlarini ayamay kelishganiga, biz ularni o'ylamasligimiz kerak? "Bavariya"dagi barcha jamoadoshlarim klub muxlislarini hurmat qilishadi.


- Yana 7 o'yin va sen Hasan Salihamidovichning rekordini yangilaysan. Legioner futbolchilar ichidagi eng ko'p uchrashuv o'tkazgan futbolchiga aylanasan. Bu sen uchun qanday ahamiyatga ega?
- Avvalo "Bavariya" uchun shuncha o'yin o'tkazganimdan faxrlanaman, bundan benihoyat xursandman. Men yanada ko'proq o'ynab, jamoa bilan ko'plab yutuqlarni qo'lga kiritishni, muzeyni sovrinlar bilan to'ldirishni istayman. To'g'risini aytganda, hozir jamoadagi eng yoshi katta futbolchilardan biri bo'lib turganim hamda klub tarixidagi eng sovrindor futbolchilardan biri ekanligimga ishonish qiyin. Bu tushdek.

- Bundesligada yana 12 o'yin o'tkazsang, unda klub prezidenti Uli Xyonessdan o'zib ketasan...
- Bor-yo'g'i 12 o'yin? Menimcha, murabbiy bilan gaplashib olishim kerak. Murabbiy menga 12ta uchrashuv o'tkazishimga yo'l qo'yarmikan? Agarda bu amalga oshadigan bo'lsa, unda prezidentni oldiga kiraman va o'rtoq Uli, uzr shunaqa bo'lib qoldi, deb chiqaman (kuladi). Jiddiy aytadigan bo'lsam, bu juda ajoyib!

- Seni Lotar Matteus, Lam, Bekkenbauer, SHvaynshtayger kabi jamoa afsonalari qatorida tilga olishmoqda... O'zingni "Bavariya" afsonasidek his etish qanday ekan?
- Men juda baxtliman. Legioner futbolchiga bu kabi sharafli nomni berishgani quvonarli. Lekin shuni tan olishim kerakki, men o'zimni allaqachon nemisdek his qilaman. Meni mentalitetim nemislarnikidek bo'lib ketdi. Riberilar oilasiga allaqachon nemislarni qoni qo'shilgan.

Intervyuning ikkinchi qismini "Bavariya" rasmiy sayti yaqinda chop etdi.

2-qism.


- Tatildan keyingi ilk mashg'ulotlar qanday o'tdi?
- Hammasi alo darajada. To'g'ri, hali bazi futbolchilar yig'inga qo'shilishmagan, ammo yoshlar tarkibidagi bir qator futbolchilar biz bilan shug'ullanishmoqda. Ular ham yuqori darajada shug'ullanishmoqda. Xitoydagi turnedan keyin biz to'liq tarkibda yig'ilamiz hamda yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko'ramiz. Rasmiy o'yingacha jamoamiz yaxshi "qurollangan" holatda bo'lishi kerak.

- Filipp Lam va Alonsosiz kiyinish xonasida muhit qanday?
- To'g'risini aytaman, hozircha ularni yo'qligi bilinmayapti. CHunki juda ko'plab futbolchilar hali kelishmadi. To'liq tarkib yig'ilganidan keyin ularni o'rni shubhasiz bilinadi. O'shanda "Filipp qani? Xabi qani?", degan savollar tug'ilishi aniq.

- "Bavariya"ga kelishing bilanoq birinchi mashg'ulotdan keyin shunday deganding: "Futbol men uchun sinov emas, bu zavq". Oradan 10 yil o'tdi. Nima o'zgardi?
- Hozirgi kunda barchasi o'zgardi. Meni yoshim 34da. Meni tanam endi avvalgidek emas. Avvallari massaj olishga muhtoj emasdim. Hozir esa har bir mashg'ulotdan so'ng massaj olaman. Bu juda zarur. Mashg'ulotlardan 20 daqiqa oldin tanamni "qizitib" olishim zarur.

- "Bavariya"ga o'tgan yiling Villi Sanol bilan birga o'ynash nasib etgandi. Yangi mavsumdan etiboran Sanol "Bavariya"ga yordamchi murabbiy bo'lib qaytdi. Uchrashuvlaring qanday kechdi?
- Hammasi ajoyib o'tdi. Sanolda juda katta tajriba bor. Muhimi, "Bavariya"ni juda yaxshi biladi. Futbolni juda yaxshi tahlil qiladi hamda tushunadi.

- Yaqinda jamoa mashg'ulotlariga franciyalik yana bir futbolchi kelib qo'shiladi. Korenten Tolisso bilan tanishmisan? U haqida biror qiziq malumot ayta olasanmi?
- Men hozircha Tolisso bilan shaxsan tanish emasman. Biz hech qachon gaplashmaganmiz. Eshitishim bo'yicha, Korenten juda ajoyib futbolchi. Tolisso juda yosh, bu o'tish uning uchun oldinga tashlangan katta qadam bo'ladi. Boshqa jamoa, yangi mamlakat. Yangi hayot. Tolissoga albatta "Bavariya"ga moslashishi uchun barcha yordamimni ayamayman.

- "Bavariya"da Tolissoni nima kutmoqda?
- O'zgacha mentalitet. Franciyadan farqli. Buni Tolisso tezda tushinib etishi kerak bo'ladi. Tezda jamoaga kirishib ketib, maydonda mehnatni kamaytirmasligi lozim.

- "Bavariya"ning mentaliteti nimasi bilan boshqalarnikidan ajralib turadi?
- "Bavariya"ga kelayapsanmi, unda har doim g'alaba qozonishing shartligini tushinib etishing zarur. Bu erda faqat g'alaba, g'alaba va yana g'alabani o'ylashga o'rganishing shart! Har bir o'yinda g'alaba! CHorshanba kuni yutdingmi, unda ertasigayoq bu g'alabani unutib, yakshanba kungi bahsga tayyor bo'lmoq kerak. "Bavariya"da sen jamoa, klub va asosiysi, muxlislar uchun boringni berishga o'rganasan. Busiz iloji yo'q.

- Frank, sen "Bavariya" bilan imkoni bor barcha sovrinlarni yutgansan. Evropada yil futbolchisi bo'lish ham nasib etgan. Keyingi maqsadlar nimalardan iborat?
- Men buyog'iga ham futboldan zavq olishni davom ettirmoqchiman. Yangi mavsumni yaxshi o'tkazishni istardim. Treblni takrorlashni juda istayman. Bu mening navbatdagi orzuim.

- Senda g'alabaga chanqoqlik qaerdan paydo bo'laveradi?
- G'oliblik bu meni mentalitetimga xos odat. Men har doim g'alabalarga chanqoq bo'lganman. Men maydonda, xattoki mashg'ulotlarda ham g'olib chiqishga o'rganganman. Men o'zimga 7 bor Bundesligani, 5 marotaba Germaniya kubogini hamda ECHLni yutganman, bo'ldi, deya olmayman. Bu menga xos odat emas. Keyinchalik qolgan faoliyatimdagi davrda bor kuchimni maksimal ishlatmaganim uchun afsuslanishni istamayman.

- Yangi mavsumda Oliver Kan, Filipp Lam, Bastian SHvayshtayger hamda Mehmet SHoll kabi sakkizinchi bor Germaniya Bundesligasini qo'lga kiritish imkoniyatiga egasan.
- (kuladi) Ajoyib ish bo'lardi. Lekin bunga hali erishish va munosib bo'lish kerak. Katta yo'lni bosim o'tish darkor.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика