Frank Riberi "Bavariya" bilan shartnomasini uzaytirishni istamoqda
11 mar 2016 20:30
Yangiliklar


Frank Riberi "Bavariya" bilan shartnomasini uzaytirishni istamoqda
"Bavariya" futbolchisi Frank Riberi Xitoydan qulay taklif bo'layotganiga qaramasdan klub safida qolishni istashini aytib o'tdi.
"Bavariya" bilan shartnomamni jon deb yana 1-2 yilga uzaytirgan bo'lardim. Bu erda ekanligimdan xursandman. Oilam ham bundan xursand. Agar ko'proq pul ishlash niyatim bo'lganida Xitoy jamoasining taklifini qabul qilgan bo'lardim. Lekin, bu meni qiziqtirmayapti. "Bavariya" safida yana sovrinlar yutishni istayman", - deydi Riberi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar